c
=3.8∙10
8
E=mc
2
ekanligidan,
= 65.3 k g bo„lib chiqadi.
Boshqacha aytganda, o„rta statistik bir odam massasini energiyaga aylantirilsa, u
butun bir mamlakatni bir yil davomida ta‟minlash uchun yetarli bo„lar ekan.
72
1905 yilda Eynshteynning beshta mashhur maqolasi olam yuzini ko„rganidan so„ng,
Dikkensning o„tkir qalami o„tmishga aylandi va garchi muvaffaqiyat birdaniga
kelmagan bo„lsa-da endi, Eynshteynning yulduzli davri boshlandi. Avvaliga uning
maqolalariga zig„ircha ham munosabat bildirilmadi – xuddi ular ko„rinmas siyoh
bilan bosilganu, uni hech kim ko„rmayotgandek edi. Bu narsa olimni tushkunlikka
tushirib qo„ydi. U «Keskin munosabat va qattiq tanqidlar»ni kutgan edi va bu
narsalarni «Solnomalar»ning keyingi chiqqan sonlaridan qidirib topa olmadi.
Vanihoyat, 1906 yilda Berlindan, mashhur olmon fizigi Maks Plankdan maktub keldi.
Unda Plank, Eynshteynning nisbiylik nazariyasi haqidagi o„z mulohazalarini bayon
qilgan va ba‟zi savollar bilan murojaat etgan edi. Aynan shundan keyin
Eynshteynning taqdiri tub burilishga uchradi.
Hamma narsa bu aslida - harakatdir
Kunlardan bir kun Eynshteyn o„z o„g„li Eduardga xat yozadi: «Yashash bu – xuddi velosipedda
uchish kabidir. Agar yiqilishni istamasang, unda harakatdan to„xtamasliging kerak». Materiya
bilan ham shunga o„xshash narsa sodir bo„ladi. Jism nurlanish taratishni boshlashi bilan, u
yengillashib qoladi. Va askincha, nurlanishni yutish asnosida u – og„irlasha boradi. Harakat bilan
bog„liq bo„lgan kinetik energiya ham, o„z massasini ishlab chiqaradi. Masalan, yorug„lik, faqat
harakatlanganida massaga ega bo„ladi va tinch holatda u vaznsizdir. Bizning tanamiz
molekulalardan tashkil topgan, molekulalar esa – atomlardan tuzilgan. Atom ichida, massa, eng
avvalo uning markazidagi yadroda markazlashadi. Yadro esa, neytron va protondan, hamda
kvarklardan tashkil topgan bo„ladi. Ularni o„zaro birgalikda ushlab turadigan kuchning nomi
(kuchli o„zaro ta‟sir) va zarralarni bunday birlashishiga ma‟sul zarraning (glyuon, inlizcha «
glue
»
– ya'ni, «kley» so„zidan) nomlari o„zi haqida o„zi aytib turibdi: neytron va protonlarni ajratib
yuborish juda murakkab ish. Kuchli o„zaro ta‟sir bu – tabiatdagi eng qudratli kuch bo„lib, uni
aynan Nyutonning oniy tortishishi singari tasavvur qilish mumkin. Bunda, tinimsiz va usliksiz
ravishda glyuonlar bilan o„zaro almashinuv jarayoni kechadi va glyuonlar beto„xtov tug„ilib,
o„lish jarayonida, kuchni o„zida tashiydi. O„lib tirilayotgan mazkur mayda zarrachalarning ushbu
betinim harakati, kuchni massaga aylantiradi. Biz shuni tasdiqlashimiz mumkinki, tanamiz
massasining 90% dan ortig„i, bizni tashkil qiluvchi zarrachalarning harakatidan boshqa narsa
emas.
Biroq, ushbu janr qonuniyatlari talab qilganidek, qahramon o„z g„alabalari
uchun biror nimaning bahridan kechishi lozim edi. Garchi otasi unga, o„ziga mos
bo„lmagan qalliqqa uylanib, o„z kelajagini shubha ostiga qo„ygan shunchaki bir
iste‟dodli yosh yigit sifatida qaragan bo„lsa-da, ilmiy jamoatchilik ko„z o„ngida
Eynshteyn, Nyuton va Galileyning munosib vorisi bo„la oladigan, zamonaning eng
mashhur olimi tarzida gavdalandi.
1902 yil kuzida German Eynshteynning yuragi urishdan to„xtadi. Hayotining
so„nggi yillarida u kasodga uchragan ahvolda edi. Oilaviy korxonaning navbatdagi
73
bora inqirozga yuz tutishidan so„ng, amakisi Yakob Eynshteyn, italyan firmalaridan
biriga ishga o„tib, u yerda muhandis bo„lib ishlay boshladi. Lekin Yakobning bilim
darajasi ishdan-ishga bu darajada osonlikcha o„ta olish imkoni bermas edi va u ham
keyinchalik yana tajorat tavakkalchiliklarining o„rgimchak to„rida o„ralashib qoldi.
O„g„lining ogohlantirishlari va avrashlariga qaramasdan, Yakob yana Milanda yangi
korxona ochdi.
O„sha yillari katta va kichik Eynshteynlar butun dunyo bilan tengsizlikda
kurash olib borishayotgan edi. German Eynshteynning o„za tashabbusi bilan, o„sha
zamonning eng mashhur kimyogarlaridan bo„lgan Vilgelm Ostvaldga yozgan
maktubi, otaning o„g„ilga nisbatan bo„lgan cheksiz g„amxo„rligidan dalolat berib
turibdi. O„z xatida ota Eynshteyn, kimyogar olimdan avvalo bezovta qilgani uchun
uzr so„rash bilan murojaat boshlaydi va Albertning qanday bilim olgani, uning
iste‟dodi haqida ma‟lumot beradi. Xatini davom ettirar ekan u jumladan shunday
yozgan edi:
«[...]
unga nazariy va amaliy fizika bo„yicha o„zining izlanishlarini davom
ettirish imkonini beradishi mumkin bo„lgan kafedra assistenti lavozimiga
erishishda u muvaffaqiyatsizlikka uchradi
. [...]
Shu sababli mening o„g„lim
hozirda o„zini baxtsiz his qilmoqda va uning ahvoli kundan-kun
battarlashmoqda. U o„z orbitasida emasligini yaxshi anglab turibdi. Bundan
tashqari unda, o„zi haqida juda bo„lmag„ur fikr bo„lib, u o„zining boy
bo„lmagan ota-onasiga ortiqcha yuk deb hisoblaydi
».
German Eynshteyn, kimyogar olim Ostvalddan, o„z o„g„lining 1901 yilda
«Solnomalar»da nashr qilingan «Kapilyarlik nazariyasidan kelich chiqadigan
natijalar» nomli maqolasini o„qib chiqishini so„raydi: «[...] agar imkon bo„lsa, Siz
uning hayot va mehnat quvonchlarini yana qaytadan his eta boshlashiga dalda
beruvchi bir necha rag„bat so„zlarini yozib berganingizda edi...». bizga ma‟lumki,
Ostvald ota Eynshteynning mazkur xatiga javob yozmagan. Patent idorasida ish
boshlaganidan ikki oy o„tib, oktyabr oyida Albert Eynshteyn, Yevropadagi eng uzun
temiryo„l tunneli bo„lmish Gotard tunneli orqali orqaga, Italiyaga qaytib otasi bilan
hayrlashib keldi. Vafoti oldidan German Eynshteyn o„z o„g„li uchun o„zining mavjud
ahvolidagi qo„lidan kelgan yagona ishni amalga oshirdi. U Albert Eynshteyn va
Mileva Marichlarning nikohiga rozilik beribm ularni duo qildi...
74
Akademik olam Eynshteyn zakovatiga tan berdi.
U hali Syurixda o„qituvchilik qilib yurgan paytlaridayoq o„z oldiga
olamning relyatvistik manzarasiga gravitatsiya tushunchasini olib kirishni
maqsad qilib qo„ygan edi. 1915 yilda, o„z maqsadiga ancha yaqin kelib
qolgan Eynshteyn, boshqa bir olim, matematik David Gilbertning yagona
maydon nazariyasini, yoki, «barcha narsa nazariyasini» o„zidan oldin
keltirib chiqarishi mumkinligini bilib qoldi. Va Eynshteyn g„ayrioddiy ilmiy
salohiyat namoyon etgan holda, Gilbert bilan musobaqalashishga kirishdi.
75
Eynshteynning 1905 yildagi maqolalari ilmiy jamoatchilikda olamshumul
munosabat uyg„otdi deb ayta olmasakda, lekin ularning iliq qarshi olingani rost. Bu
maqolalarning asl mohiyatini birnichi bo„lib olim Maks Plank anglab yetgan bo„lsa,
universitet ma‟muriyatidagilarga doimgidek oxirgi bo„lib yetib bordi.
Ma‟muriyatdagilar bilan Eynshteynning munosabatlari o„zaro murosasozlikka
asoslangan bo„lib, yetishib chiqayotgan olim, garchi o„zi bunga ray-hushi yo„q
bo„lsa ham, shunday yo„l tutishni ma‟qul bilardi. O„sha davr nemis akademik
olamidagi eng kichik lavozim privat-dotsent deb atalib, unda ishlagan odamga hech
qanday maosh to„lanmagan. Bu lavozimdagi o„qituvchi faqat talabalarning o„zidan
pul olib ularga dars o„tishi (agar ular shuni istashsa) mumkin edi xolos. Eynshteyn
o„zining xizmatlari evaziga shunday kamtarona lavozimga bo„lsa ham ishga kirish
mumkin deb xayol qilgan va 1907 yilda shunday lavozimlardan biriga ishga kirish
uchun ariza bilan murojaat etgan. Lekin Bern universiteti ma‟muriyati bu safar ham
aqlga sig„mas darajadagi mujmal injiqlik qildi. Ular tomonidan Albert Eynshteyn
nomzodiga nisbatan ilgari surilgan shartlar ichida, hali e‟lon qilinmagan birorta
maqolani ko„rsatish talabi mavjud edi. Bu vaqtga kelib Eynshteyn allaqachon 17 ta
ilmiy maqolalar nashr ettirgan bo„lib, ulardan kamida ikkitasi keyinchalik ilm-fan
olamidagi mumtoz shedevrlarga aylandi. Universitet ilmiy kengashi, ishga kirishga
nomzodning alohida ahamiyatga molik xizmatlarini e‟tiborga olgan holda, unga
nisbatan yuqoridagi talabni bekor qilishi mumkin edi. Biroq, universitetning nazariy
fizika professori Pol Gryuner, nisbiylik nazariyasini «
haddan ziyod chigal va
muammoli masala
» deb hisobladi. Amaliy fizika professori Ayme Forster esa, u
darajada hushmuomala bo„lmagan va «Harakatdagi jismlar elektrodinamikasiga»
nomli maqola borasida muallifga qarata: «
Siz yozgan narsalar ichidan birorta
so„zni
ham
tushunmadim
» deb ochiqchasiga aytgan ekan. Oliygoh
o„qituvchilarining ko„pchiligi, «zamonaviy fiziklarning aksariyati tomonidan inkor
qilingan» degan bahonani ro„kach qilib, nisbiylik nazariyasini ko„rib chiqish uchun
qabul qilishdan bosh tortishdi. Oqibatda Eynshteyn bu epizodlarni «kulgili» deb
topdi va privat-dotsent lavozimida ishlash maqsadidan voz kechdi. edi. Eynshteyn
esa, Grossmanning daftarlaridan o„qib imtihonlarga tayyorlangan va topshirgan.
Bu nazariyaning bor haqiqatini angalagan har bir shahsning
unga maftun bo„lmaslikka iloji yo„q
.
Do'stlaringiz bilan baham: |