Eynshteyn. Nisbiylik nazariyasi



Download 10,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/91
Sana08.07.2022
Hajmi10,84 Mb.
#756754
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   91
Bog'liq
Eynshteyn.Nisbiylik.Nazariyasi

c
=3.8∙10

E=mc
2
ekanligidan,
= 65.3 k g bo„lib chiqadi. 
Boshqacha aytganda, o„rta statistik bir odam massasini energiyaga aylantirilsa, u 
butun bir mamlakatni bir yil davomida ta‟minlash uchun yetarli bo„lar ekan.


72 
1905 yilda Eynshteynning beshta mashhur maqolasi olam yuzini ko„rganidan so„ng, 
Dikkensning o„tkir qalami o„tmishga aylandi va garchi muvaffaqiyat birdaniga 
kelmagan bo„lsa-da endi, Eynshteynning yulduzli davri boshlandi. Avvaliga uning 
maqolalariga zig„ircha ham munosabat bildirilmadi – xuddi ular ko„rinmas siyoh 
bilan bosilganu, uni hech kim ko„rmayotgandek edi. Bu narsa olimni tushkunlikka 
tushirib qo„ydi. U «Keskin munosabat va qattiq tanqidlar»ni kutgan edi va bu 
narsalarni «Solnomalar»ning keyingi chiqqan sonlaridan qidirib topa olmadi. 
Vanihoyat, 1906 yilda Berlindan, mashhur olmon fizigi Maks Plankdan maktub keldi. 
Unda Plank, Eynshteynning nisbiylik nazariyasi haqidagi o„z mulohazalarini bayon 
qilgan va ba‟zi savollar bilan murojaat etgan edi. Aynan shundan keyin 
Eynshteynning taqdiri tub burilishga uchradi.
Hamma narsa bu aslida - harakatdir 
 
Kunlardan bir kun Eynshteyn o„z o„g„li Eduardga xat yozadi: «Yashash bu – xuddi velosipedda 
uchish kabidir. Agar yiqilishni istamasang, unda harakatdan to„xtamasliging kerak». Materiya 
bilan ham shunga o„xshash narsa sodir bo„ladi. Jism nurlanish taratishni boshlashi bilan, u 
yengillashib qoladi. Va askincha, nurlanishni yutish asnosida u – og„irlasha boradi. Harakat bilan 
bog„liq bo„lgan kinetik energiya ham, o„z massasini ishlab chiqaradi. Masalan, yorug„lik, faqat 
harakatlanganida massaga ega bo„ladi va tinch holatda u vaznsizdir. Bizning tanamiz 
molekulalardan tashkil topgan, molekulalar esa – atomlardan tuzilgan. Atom ichida, massa, eng 
avvalo uning markazidagi yadroda markazlashadi. Yadro esa, neytron va protondan, hamda 
kvarklardan tashkil topgan bo„ladi. Ularni o„zaro birgalikda ushlab turadigan kuchning nomi 
(kuchli o„zaro ta‟sir) va zarralarni bunday birlashishiga ma‟sul zarraning (glyuon, inlizcha «
glue
» 
– ya'ni, «kley» so„zidan) nomlari o„zi haqida o„zi aytib turibdi: neytron va protonlarni ajratib 
yuborish juda murakkab ish. Kuchli o„zaro ta‟sir bu – tabiatdagi eng qudratli kuch bo„lib, uni 
aynan Nyutonning oniy tortishishi singari tasavvur qilish mumkin. Bunda, tinimsiz va usliksiz 
ravishda glyuonlar bilan o„zaro almashinuv jarayoni kechadi va glyuonlar beto„xtov tug„ilib, 
o„lish jarayonida, kuchni o„zida tashiydi. O„lib tirilayotgan mazkur mayda zarrachalarning ushbu 
betinim harakati, kuchni massaga aylantiradi. Biz shuni tasdiqlashimiz mumkinki, tanamiz 
massasining 90% dan ortig„i, bizni tashkil qiluvchi zarrachalarning harakatidan boshqa narsa 
emas.
Biroq, ushbu janr qonuniyatlari talab qilganidek, qahramon o„z g„alabalari 
uchun biror nimaning bahridan kechishi lozim edi. Garchi otasi unga, o„ziga mos 
bo„lmagan qalliqqa uylanib, o„z kelajagini shubha ostiga qo„ygan shunchaki bir 
iste‟dodli yosh yigit sifatida qaragan bo„lsa-da, ilmiy jamoatchilik ko„z o„ngida 
Eynshteyn, Nyuton va Galileyning munosib vorisi bo„la oladigan, zamonaning eng 
mashhur olimi tarzida gavdalandi.
1902 yil kuzida German Eynshteynning yuragi urishdan to„xtadi. Hayotining 
so„nggi yillarida u kasodga uchragan ahvolda edi. Oilaviy korxonaning navbatdagi 


73 
bora inqirozga yuz tutishidan so„ng, amakisi Yakob Eynshteyn, italyan firmalaridan 
biriga ishga o„tib, u yerda muhandis bo„lib ishlay boshladi. Lekin Yakobning bilim 
darajasi ishdan-ishga bu darajada osonlikcha o„ta olish imkoni bermas edi va u ham 
keyinchalik yana tajorat tavakkalchiliklarining o„rgimchak to„rida o„ralashib qoldi. 
O„g„lining ogohlantirishlari va avrashlariga qaramasdan, Yakob yana Milanda yangi 
korxona ochdi.
O„sha yillari katta va kichik Eynshteynlar butun dunyo bilan tengsizlikda 
kurash olib borishayotgan edi. German Eynshteynning o„za tashabbusi bilan, o„sha 
zamonning eng mashhur kimyogarlaridan bo„lgan Vilgelm Ostvaldga yozgan 
maktubi, otaning o„g„ilga nisbatan bo„lgan cheksiz g„amxo„rligidan dalolat berib 
turibdi. O„z xatida ota Eynshteyn, kimyogar olimdan avvalo bezovta qilgani uchun 
uzr so„rash bilan murojaat boshlaydi va Albertning qanday bilim olgani, uning 
iste‟dodi haqida ma‟lumot beradi. Xatini davom ettirar ekan u jumladan shunday 
yozgan edi:
«[...] 
unga nazariy va amaliy fizika bo„yicha o„zining izlanishlarini davom 
ettirish imkonini beradishi mumkin bo„lgan kafedra assistenti lavozimiga 
erishishda u muvaffaqiyatsizlikka uchradi
. [...] 
Shu sababli mening o„g„lim 
hozirda o„zini baxtsiz his qilmoqda va uning ahvoli kundan-kun 
battarlashmoqda. U o„z orbitasida emasligini yaxshi anglab turibdi. Bundan 
tashqari unda, o„zi haqida juda bo„lmag„ur fikr bo„lib, u o„zining boy 
bo„lmagan ota-onasiga ortiqcha yuk deb hisoblaydi
».
German Eynshteyn, kimyogar olim Ostvalddan, o„z o„g„lining 1901 yilda 
«Solnomalar»da nashr qilingan «Kapilyarlik nazariyasidan kelich chiqadigan 
natijalar» nomli maqolasini o„qib chiqishini so„raydi: «[...] agar imkon bo„lsa, Siz 
uning hayot va mehnat quvonchlarini yana qaytadan his eta boshlashiga dalda 
beruvchi bir necha rag„bat so„zlarini yozib berganingizda edi...». bizga ma‟lumki, 
Ostvald ota Eynshteynning mazkur xatiga javob yozmagan. Patent idorasida ish 
boshlaganidan ikki oy o„tib, oktyabr oyida Albert Eynshteyn, Yevropadagi eng uzun 
temiryo„l tunneli bo„lmish Gotard tunneli orqali orqaga, Italiyaga qaytib otasi bilan 
hayrlashib keldi. Vafoti oldidan German Eynshteyn o„z o„g„li uchun o„zining mavjud 
ahvolidagi qo„lidan kelgan yagona ishni amalga oshirdi. U Albert Eynshteyn va 
Mileva Marichlarning nikohiga rozilik beribm ularni duo qildi...


74 
Akademik olam Eynshteyn zakovatiga tan berdi.
U hali Syurixda o„qituvchilik qilib yurgan paytlaridayoq o„z oldiga 
olamning relyatvistik manzarasiga gravitatsiya tushunchasini olib kirishni 
maqsad qilib qo„ygan edi. 1915 yilda, o„z maqsadiga ancha yaqin kelib 
qolgan Eynshteyn, boshqa bir olim, matematik David Gilbertning yagona 
maydon nazariyasini, yoki, «barcha narsa nazariyasini» o„zidan oldin 
keltirib chiqarishi mumkinligini bilib qoldi. Va Eynshteyn g„ayrioddiy ilmiy 
salohiyat namoyon etgan holda, Gilbert bilan musobaqalashishga kirishdi.


75 
Eynshteynning 1905 yildagi maqolalari ilmiy jamoatchilikda olamshumul 
munosabat uyg„otdi deb ayta olmasakda, lekin ularning iliq qarshi olingani rost. Bu 
maqolalarning asl mohiyatini birnichi bo„lib olim Maks Plank anglab yetgan bo„lsa, 
universitet ma‟muriyatidagilarga doimgidek oxirgi bo„lib yetib bordi. 
Ma‟muriyatdagilar bilan Eynshteynning munosabatlari o„zaro murosasozlikka 
asoslangan bo„lib, yetishib chiqayotgan olim, garchi o„zi bunga ray-hushi yo„q 
bo„lsa ham, shunday yo„l tutishni ma‟qul bilardi. O„sha davr nemis akademik 
olamidagi eng kichik lavozim privat-dotsent deb atalib, unda ishlagan odamga hech 
qanday maosh to„lanmagan. Bu lavozimdagi o„qituvchi faqat talabalarning o„zidan 
pul olib ularga dars o„tishi (agar ular shuni istashsa) mumkin edi xolos. Eynshteyn 
o„zining xizmatlari evaziga shunday kamtarona lavozimga bo„lsa ham ishga kirish 
mumkin deb xayol qilgan va 1907 yilda shunday lavozimlardan biriga ishga kirish 
uchun ariza bilan murojaat etgan. Lekin Bern universiteti ma‟muriyati bu safar ham 
aqlga sig„mas darajadagi mujmal injiqlik qildi. Ular tomonidan Albert Eynshteyn 
nomzodiga nisbatan ilgari surilgan shartlar ichida, hali e‟lon qilinmagan birorta 
maqolani ko„rsatish talabi mavjud edi. Bu vaqtga kelib Eynshteyn allaqachon 17 ta 
ilmiy maqolalar nashr ettirgan bo„lib, ulardan kamida ikkitasi keyinchalik ilm-fan 
olamidagi mumtoz shedevrlarga aylandi. Universitet ilmiy kengashi, ishga kirishga 
nomzodning alohida ahamiyatga molik xizmatlarini e‟tiborga olgan holda, unga 
nisbatan yuqoridagi talabni bekor qilishi mumkin edi. Biroq, universitetning nazariy 
fizika professori Pol Gryuner, nisbiylik nazariyasini «
haddan ziyod chigal va 
muammoli masala
» deb hisobladi. Amaliy fizika professori Ayme Forster esa, u 
darajada hushmuomala bo„lmagan va «Harakatdagi jismlar elektrodinamikasiga» 
nomli maqola borasida muallifga qarata: «
Siz yozgan narsalar ichidan birorta 
so„zni 
ham 
tushunmadim
» deb ochiqchasiga aytgan ekan. Oliygoh 
o„qituvchilarining ko„pchiligi, «zamonaviy fiziklarning aksariyati tomonidan inkor 
qilingan» degan bahonani ro„kach qilib, nisbiylik nazariyasini ko„rib chiqish uchun 
qabul qilishdan bosh tortishdi. Oqibatda Eynshteyn bu epizodlarni «kulgili» deb 
topdi va privat-dotsent lavozimida ishlash maqsadidan voz kechdi. edi. Eynshteyn 
esa, Grossmanning daftarlaridan o„qib imtihonlarga tayyorlangan va topshirgan.
Bu nazariyaning bor haqiqatini angalagan har bir shahsning
unga maftun bo„lmaslikka iloji yo„q
.

Download 10,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish