Eynshteyn. Nisbiylik nazariyasi



Download 10,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/91
Sana08.07.2022
Hajmi10,84 Mb.
#756754
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   91
Bog'liq
Eynshteyn.Nisbiylik.Nazariyasi

Biz birgalikda xuddi yaxlit qoya singari 
edik
» degan edi
1
. Ilmiy faoliyat borasida Albert Eynshteynning o„z orzulari ro„yobga 
chiqqan bo„lsa-da, Mileva haqida bunday deya olmaymiz. Albert Karslruega ilmiy 
anjumanga ketgan va Mileva o„zi Pragada uyda yolg„iz qolgan vaqtida «
Men ham sen 
bilan borib, o„sha ajoyib insonlar bilan o„zgina bo„lsa ham suhbat qurib, ularni 
tinglashni istardim
» deb yozgan edi. Mileva o„z eri olib borgan barcha ilmiy ishlarda 
ishtirok etishni istardi, lekin Albert uni doim «uyda bolalar bilan qoldirar edi». 10 
1
U oilaviy Eynshteyn familiyasining tarkibiy qismlarini mohirona ifodali talqin qilgan edi. 
Ya'ni, nemischada 
Ein
– bir, (yaxlit, butun ma‟nosida) va 
Stein
– tosh, qoyatosh ma‟nolarida 
ekanligiga nozik badiiy ishora qilgan.


78 
yillik birgalikda kechgan turmushdan so„ng, 1912 yilga kelib ularning ikkalasida ham 
oilaviy hayotdan noroziliklar kuchayib ketdi. Mileva kundan-kunga o„zini yo„g„iz his 
qilar va tushunarsiz ahvolda qolar edi. Albert esa borgan sari undan uzoqroq yurishga 
intilardi. Mileva uyda Albertning tobora kamnamo bo„lib borayotganligi borasida 
«
Biz anchadan buyon ko„rishmadik va sen meni ko„rib taniy olishingingga ishonchim 
komil emas
» - deb kesatiq qilgan edi. O„zining yaqin dugonasi bo„lgan Elen Savichga 
yozgan maktublarida Mileva Marich, o„zi boshdan kechirayotgan qayg„u va sog„inch 
hislari haqida ochiq hikoya qiladi: «
U o„z ilmiy vazifalari ustida betinim mehnat 
qiladi; u aynan ular uchun yashayapti desa ham bo„laveradi. Buni aytish menga uyat, 
lekin men tan olishim joizki, biz u uchun ikkinchi darajali narsalarmiz va amalda 
hech nimani anglatmaymiz...
».
Haqiqatan ham, Eynshteyn oilaviy majburiyat va ma‟suliyatdan qochib 
yurishni afzal bilardi. O„zining 50 yoshi arafasida yozgan «Men dunyoni qanday 
ko„raman» nomli essesida Eynshteyn shunday misralarni bitgan edi:
«
Menda adolatparvarlik va ijtimoiy ma‟suliyat hissi juda kuchli rivojlangan. 
Lekin bu hissiyot, g„alati tarzda, mening insoniyat tamaddunining boshqa 
vakillari bilan yoki, uning turli jamiyatlari bilan to„g„ridan-to„g„ri 
munosabatda bo„lishga nisbatan hech qanday ehtiyojim yo„qligi bilan yonma-
yon yashamoqda. Men doimo o„zim bilan o„zim bo„lganman va hech qachon, 
o„z yurtimga, o„z uyimga, o„z do„stlarimga va hatto o„z oilamga ham to„liq chin 
yurakdan taaluqli bo„lmaganman
».
Garchi ilm-fan Eynshteyn uchun eng birinchi darajaga chiqib qolgan bo„lsa, 
ham, u shaxsiy hayot haqida ham qayg„urishda davom etadi. Olim endi o„zining 
diqqat-e‟tibor obyekti bo„lgan (orzusidagi) ayolni boshqacha tasavvur eta boshlagan 
edi. 1912 yilning pasxa bayrami munosabati bilan olgan ta‟til kunlarida Albert 
Eynshteyn Berlinga yo„l oldi. Maqsad onasi Paulina Eynshteynning holidan xabar 
olish edi. Bu vaqtda Paulina o„zining Fanni ismli singlisinikida mehmonda bo„lib, 
uning eri Rudolf ham, Eynshteynlar oilasiga shajaraviy jihatdan taaluqli bo„lgan. 
Rudolfning otasi, Albert Eynshteynning otasi bo„lmish German Eynshteynga amaki 
bo„lgan. Shuni ham ta‟kidlash joizki, Yakob va German Eynshteynlarning oilaviy 
elektrotexnika korxonasi faoliyatiga Rudolf ham uncha-muncha sarmoya kiritib, 
sherikchilik qilgan edi. Fanni va Rudolfning Elza ismli qizlari bo„lib, u 1912 yilda 
eridan ajrashgan va o„z ota-onasi yashaydigan uyning yuqori qavatidan uy olib 
ko„chib kelgan edi.
Elza va Albert Myunxenda tanishib qolishdi. Elza Albertga uning bolalik va 
yoshlik chog„larida skripkada Motsartning kuylarini chalgan paytlarini eslatib, o„sha 
paytlar uni yoqtirib yurganlarini gapirib beradi. Bu safar bolalik va yoshlikdagi eski 
hissiyotlarning uyg„onishiga nima sabab bo„lganini bilmaymiz, lekin o„sha hislar 
qayta tug„ilgan bor gap edi.


79 

Download 10,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish