Eynshteyn. Nisbiylik nazariyasi


Albert Eynshteyn nisbiylik nazariyasi haqida



Download 10,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/91
Sana08.07.2022
Hajmi10,84 Mb.
#756754
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   91
Bog'liq
Eynshteyn.Nisbiylik.Nazariyasi

Albert Eynshteyn nisbiylik nazariyasi haqida
.
G„ururiga qarshi borib bo„lsa ham, o„z omadini sinab ko„rish uchun Albert 
Eynshteyn bir yildan keyin, yana Bern universiteti eshiklarini qoqdi. U endi «Qora 
jism nurlanishida energiya taqsimoti qonuning nurlanish tarkibiga ta‟siri» nomli 
maqolasini taqdim etdi. Bu maqola fizika fanida katta to„ntarish yasamagan bo„lsa 
hamki, lekin universitetning mujmal ma‟muriyati nazarida katta rutbaga ega bo„lib 
chiqdi. Ularning nazdida, ushbu maqolaning hali ilmiy nashrlarda e‟lon 


76 
qilinmaganligi va muallifga tegishli bo„lmish nisbiylik nazariyasiga aloqasi yo„qligi 
hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Bern universiteti nihoyat fevral oyida 
Eynshteynning privat-dotsent lavozimiga yozgan arizasini qabul qilid va 1908 yilning 
bahorgi smestriga kelib u universitetning fizika kafedrasida to„laqonli o„qituvchiga 
aylandi. Uning issiqlikning molekulyar nazariyasi fanidan qilgan ma‟ruzalari 
haftaning sheshanba va shanba kunlari tonggi soat 7-00 ga belgilangan bo„lib, odatda 
uchtadan ortiq tinglovchi yig„a olmasdi. Ma‟ruzada doimo albatta hozir bo„ladigan 
sodiq tinglovchilardan biri Mishel Besso bo„lgan. Ba‟zan o„z akasini qo„llab 
quvvatlash uchun ma‟ruzlarga Maya Eynshteyn ham kelib turardi. U ham bu 
vaqtlarda Bernda yashab, roman tillari mavzusida dissertatsiya yozayotgan edi. O„z 
darslariga bo„lgan bunday munosabatdan so„ng, Albert Eynshteyn yana patent 
idorasidagi ishiga qaytishdan boshqa chora topa olmadi.
Keyingi yil may oyida olim, uzoq muzokaralardan so„ng, Syurix universitetida 
dotsent lavozimiga tayinlandi. Avvaliga bu lavozim, Eynshteynning Politexnika 
maktabidagi kursdosh do„sti Fridrix Adlerga tegishli bo„lgan. Biroq, yaqin do„sti va 
fan osmonida tobora charaqlab borayotgan daho olim foydasi uchun Adler o„ziga 
tegishli lavozimdan mardlarcha voz kecha oldi. Bu haqida u o„ta nozik did bilan 
shunday degan edi: «
Agar universitetimiz ma‟muriyatida bu lavozim uchun 
Eynshteyndek insonni tayinlash imkoni bo„lsa, uning o„rniga meni ushlab turish bu 
be‟mani ish bo„lur edi
». Eynshteyn ishga kirishdi. Biroq tez orada uning pedagogik 
mahorati haqida bahs-munozaralar yuzaga kela boshladi. Asosiy tanqidlar, olimning 
o„z dasrlarida olib borayotgan monologlariga nisbatan yog„ilar edi. Bunga javoban 
olim «
Mendan tashqari boshqa o„qituvchilar ham yetarli-ku
» degan ma‟noda xitob 
qilgan edi. Bir muddat o„tib, 1909 yilning fevralida Syurix Fizika Jamiyati Eynshteyn 
uchun didaktikadan imtihon topshirishni tayinladi. Eynshteyn bu imtihonni 
qiyinchiliklar bilan arang topshirdi. Universitet o„quv ishlari bo„yicha qo„mitasi 
xodimlarida dotsent Eynshteynning millati ham katta xavotir uyg„otar edi. «
Akademik 
doiralarda yahudiylarga nisbatan, nokamtarlik, qo„pollik va qo„rs muomala singari 
salbiy xarakter belgilarini bekorga biriktirishmaydi. Qolaversa ularning aksariyati, 
ilm-fan ishlariga nisbatan, bozordagi mayda-chuyda bilan savdo qiluvchi 
chayqovchining darajasi bilan munosabatda bo„lishadi
»

deb qay qilingan edi 
qo„mita hisobotlarining birida. Qaysarlik haddan ziyod edi. Lekin yakunda baribir 
universitet ma‟muriyatidagilar, antisemitizm g„oyalari borasida muayyan sog„lom 
fikrga to„xtab, bunday millatchilik illatlari o„zlarining oliy ilmiy darajalari uchun
munosib bo„lmagan pastkashlik ekanligini anglab yetishgan.
Biroq, millatchilik illatlaridan o„zini baland tutgan ma‟muriyat, yulduzi endi-
endi porlayotgan xodimiga patent idorasidagi maoshidan ham kamroq maosh 
tayinlashdan uyalmadi. Eynshteyn bu shartlarni qabul qila olmadi va o„zi uchun hech 
bo„lmasa, patent idorasida olgan maoshi, yani, yillik 4500 frank moyanani 
tayinlashlarini so„rab turib oldi. O„zi uzoq kutgan fizika fani dotsenti lavozimiga 


77 
tayinlangan Albert Eynshteyn, hamkasblarining bu boradagi tabriklariga nima uchun 
zaharhandalik bilan javob qaytarganining sababi ham shunda edi.
1909 yilning iyulida Eynshteynga Jeneva universitetining faxriy doktori 
(honoris causa) darajasi berildi, oktyabrda esa uning nomzodi ilk bora Nobel 
mukofotiga taqdim etildi. Joyidan siljishi o„ta qiyin bo„lgan olimning ilmiy karyerasi 
katta qadamlar bilan olg„a yura boshladi. U o„z alma-materi bo„lmish Pragadagi Karl-
Ferdinand Universitetida (1911 yil aprelidan) ishlay boshladi. Keyin esa, 1912 yilning 
avgustida Syurixga qaytib keldi. Vanihoyat 1914 yilda unga Berlinda o„qituvchilik 
majburiyatlaridan holi bo„lgan ilmiy lavozim taklif etishdi va Prussiya Fanlar 
Akademiyasiga a‟zolikka saylashdi.
Bu manzillar bo„ylab har bir ko„chib o„tish, Eynshteynlar oilasi uchun o„zining 
jamiyatdagi o„rnini yanada mustahkamroq belgilash hamda, moliyaviy barqarorlikni 
ta‟minlash imkonini berardi. Biroq aynan shu davrda Albert va Milevaning oilaviy 
munosabatlariga darz ketdi. Syurix shahri yakunda, Albert va Mileva dramasining 
barcha asosiy sahnalari – uchrashuv, nikoh va ayriliq syujetlari ijro etilgan maskanga 
aylandi. Aynan Syurixda Eynshteynlar oilasi bir-birlarini sevib qolishdi, ularning ilk 
oilaviy mojarosi ham 1909 yilda aynan shu yerda yuz berdi. Ikkinchi farzandalari – 
Eduard dunyoga kelishi ma‟lum bo„lgan vaqtlarda esa, ularning oilani saqlab qolish 
borasidagi so„nggi imkoniyatlari ham qo„ldan chiqdi. Eynshteyn Berlinda ishlash 
taklifini qabul qilganida, uning oilaviy hayoti uzil-kesil barbod bo„lganini yaqqol 
ko„rinib qolgan edi. 
Mileva nihoyatda ta‟sirchan va murakkab xarakterli shahs bo„lib, tez-tez ruhiy 
tushkunlikka tushib qolishga moyil edi. U bilan yashash oson bo„lmagan. Talabalik 
yillari ularning munosabatlari avvalo ilm-fanga va o„zaro muhabbat bilan yo„g„rilgan 
edi. Lekin oltin davr asta-sekinlik bilan o„tmishga aylana boshladi. O„z vaqtida ular 
birgalikda ilmiy faoliyat olib borish haqida orzular qilishardi. Lekin Milevaning 
ketma-ket homilador bo„lib qolishi, ushbu orzularni vaqtincha bir chetga surib 
turishga majbur qilgan. Oilaviy hayotning Bernda kechgan eng qiyinchilik damlarida 
ham ular turmushning zarbalariga yelkama-yelka turib qarshi kurashishgan edi. 
Mileva bu haqida juda nozik ifodali qilib «

Download 10,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish