8. Organik dunyoning rivojlanishi xaqida K.F.Rulye
Ber umurtqali hayvonlarning individual taraqqiyotidagi umumiylikni aniqladi. Lekin ulardan evolyutsion xulosalar chiqari olmadi. Bu vazifani Moskva universitetining professori Karl Fransevich Rulye (1814-1858) bajardi.
Rulye o‘zigacha yashab ijod qilgan rus olimlari ishlarini davom ettirdi va uni o‘sha davrdagi ulug‘ rus olimlari qatoriga qo‘ymoq kerak.
Rulye 1845 yilda “Tashqi muhitning hayvonlar hayotiga ta’siri to‘g‘risida”, 1851 yilda “Tashqi sharoitga nisbatan hayvonlar hayoti” nomli leksiyalar to‘plami e’lon qilindi. Shundan keyin uning dushmanlari professor va boshqa jamoatchilik vakillari orasida ko‘payib bordi. Maxviy 2-aprel komitetiga noma’lum xatlar tushdi. Natijada ko‘chada miyasiga qon quyilib o‘lib qoladi. U o‘z qarashlari bilan Darvinizmga juda yaqin edi. Rulye hayvonlarni muhit bilan birgalikda o‘rganish, turlarni o‘zgarishini ko‘plab materiallar asosida isbotlab berdi. U organik olam tarixiy taraqqiyotini tahminiy yo‘lini aniqlashga urindi. Rulyening fikricha, yerda hayot 60˚ s dan past issiqlikda, oqsil ivimaydigan paytdan boshlab sodir bo‘lgan. Dastlab eng sodda tuzilishdagi o‘simlik va hayvonlar paydo bo‘lgan. Uzoq o‘zgarishlardan keyin ulardan murakkablari paydo bo‘lgan. Keyingi o‘zgarishlar muhit sharoitlarini o‘zgartishi bilan amalga oshgan.
Rulye evolyutsiyaning 3 ta qonunini ilgari surgan:
1. Borliqning asta-sekin paydo bo‘lish qonuni. Bu qonunga ko‘ra, tabiatdagi hamma narsa asta-sekin paydo bo‘lgan. Tabiatdagi evolyutsion jarayonlar doimiydir.
2. Organizmlar tuzilishining murakkablashuvi qonuni. Bu qonunga ko‘ra, organizmlarning tarixiy taraqqiyoti ularning tuzilishini murakkablashuviga olib keladi. Masalan, Rulye kovakichlilar bilan xalqali chuvalchanglarni hazm qilish, nafas olish, harakatlanish, ko‘payish, sezuv, nerv organlarini o‘zaro taqqoslab xalqali chuvalchanglarda ko‘proq takomillashganligini aniqlaydi.
3. O‘simlik va hayvonlar turining xilma-xilligining ortishi qonuni. Bu qonunga ko‘ra tarixiy rivojlanish bir necha yo‘nalish bo‘yicha boradi. Natijada vaqt o‘tishi bilan xilma-xil turlar paydo bo‘ladi.
Rulye evolyutsion ta’limotni isbotlashda paleontologiya, solishtirma anatomiya, embriologiya fanlari, hamda honakilashtirish va iqlimlashtirish tajribalaridan foydalandi. Turli geologik davrlarda bir-biridan farq qiladigan hayvonlar va o‘simliklar paydo bo‘lgan va yashagan. Ular o‘rtasida oraliq formalar bor. Masalan, baliqlar bilan amfibiyalarning o‘xshashligini isbotlashda itbaliqdan foydalanadi.
Hayvonlar evolyutsiyasining asosiy sababi tashqi muhit ta’siri va mashq qilishdir. Tur tushunchasini isbotlashda u anatomik-morfologik hamda ekologiya mezonlardan foydalanish zarurligini aytdi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Rulye fikrlari Lamark fikrlariga nisbatan bir qadam olg‘a siljishdir. Chunki Rulye o‘z fikrlarini chorvachilik va o‘simlikshunoslikka asoslanib bayon qilgan. Uning fikricha, hayvonlarni har qayday belgisi tarixiy taraqqiyot tufayli paydo bo‘lgan. Ammo u tabiiy tanlanishning evolyutsiyadagi rolini ochib bera olmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |