Evolyutsiya nazariyasi


Tarixiy geologiyaning vujudga kelishi



Download 10,57 Mb.
bet37/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

7. Tarixiy geologiyaning vujudga kelishi
Poleontologik dalillar asosida yer tarixini o‘rganishning M.V.Lomonosov va J.Byuffon qayd qilganlar. Lekin XVIII-asrning oxiri XIX-boshlarida geologiyada Kyuvyening “halokatlar nazariyasi” hukumron edi.
Ingiliz olimi Charlz Lyayyel (1797-1867) 2 tomli “Geologiya asoslari” asarida “halokat nazariyasi”ni tanqid qildi va yer tarixida suv, shamol, vulqon, issiqlik katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan. Lyayyel fanda birinchi bo‘lib yer qobig‘ini o‘rganishda tarixiy metodni qo‘lladi va tarixiy geologiyaga asos soldi.
Lyayyelning yer qobig‘i asta sekinlik bilan o‘zgarishi xaqidagi nazariyasi tur doimiydir, degan ta’limotga ziddir. Lyayyel ta’limoti evolyutsion g‘oyalarni keyingi rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
K.A.Temiryazov Lyayyel g‘oyasini umuman tabiatshunoslikning ayniqsa biologiyaning kelgusi rivojiga shubhasiz ijobiy ta’sir ko‘rsatganligini ta’kidlaydi. Lyayyel ishlari tufayli tabiatni o‘rganish bo‘yicha tarixni tushuntirishda hozirgi vaqtda ta’sir etayotgan faktorlarni o‘rganish lozimligi ta’kidlandi.

1 Ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar
XII-asrda Angliyada burjua revolyutsiyasi g‘alaba qilib, kapitalizmning rivojlanishi uchun mavjud bo‘lgan barcha to‘siqlar olib tashlandi. Angliya, asta-sekin Kanada, Hindiston, Avstraliya, Yangi Zillandiya, Tasmaniya, Janubiy Afrikani bosib oldi. Bu mamlakatlar xalqlarini ekspluatatsiya qilish natijasida to‘plangan boyliklarni Angliya sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga sarfladi. 1765 yilda mexanik to‘quv stanogi, 1769 yilda bug‘ mashinasi kashf etilishi va boshqa texnikalarning ishga tushirilishi tufayli qo‘l mehnati tobora mexanizmlar zimmasiga yuklatildi. Natijada 19- asrning o‘rtalariga kelib Angliya yirik industriallashgan mamalakatga aylandi. Telefon, telegraf, temir yo‘l ishga tushdi, shaharlararo aloqalar kuchaydi.
Bu davrga kelib Angliya shahar bozorida birinchi o‘ringa chiqib oldi. Chunki mahsulot ishlab chiqarish, cho‘yan, po‘lat eritish, og‘ir va yengil sanoat sohalarida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu davrga kelib yirik sanoat shaharlarining soni ortdi. Agar XIX asrning boshlarida Angliyada aholi soni 50.000 ming bo‘lgan shaharlar 5 ta bo‘lsa, shu asrning o‘rtalariga kelib ularning soni 28 taga yetdi.
Shahar aholisining ortishi tufayli oziq-ovqat, kiyim-kechakka bo‘lgan talab ham oshdi. Bu esa qishloq xo‘jaligini jadal su’ratlari bilan rivojlantirishni taqozo etadi. Va masulotlarning sifatiga bo‘lgan talab ham ortadi.
Ana shularning natijasida metodik seleksiya rivojlana boshladi. Bu davrda o‘simliklar seleksiyasi sohasida Lekutyor, SHeyrif va Galletlarning muvaffaqiyatli ishlari e’lon qilindi. Lekutyor tanlash yo‘li bilan o‘simliklarni yangi navlarini chiqarish mumkinligini birinchi bo‘lib isbotladi. SHeyrif va Gallerlar ham o‘z tajribalarida bu fikrlarni to‘g‘riligini isbotladilar.
Chorvachilik sohasiga bir qancha yutuqlarga erishildi. Amaliy seleksiyaga mashhur ingliz olimi R.Bekvell asos soldi. U tanlash yo‘li bilan qisqa vaqt ichida Leychester qo‘y zotidan yangidan sermahsul zot yaratdi. Aka-uka Charlz va Robert Kollinzlar qoramolning shartgorn, J.Sebrayt tovuqning yangi sermahsul zotini yaratdi.
Xo‘jalik talablariga mos keladigan zot va nav yaratish mumkinligini turli xil ko‘rgazmalarda namoyish etila boshladi.
CH.Darvin o‘zining evolyutsion ta’limotida seleksiyaning yutuqlaridan keng foydalandi. Sanoat revolyutsiyasi, qishloq xo‘jaligining taraqqiyoti kambag‘alni yanada kambag‘al qilib qo‘ydi, qarama-qarshiliklar yanada kuchaydi. Angliyalik iqtisodchi va ruhoniy T.Maltus 1798 yilda “Aholining ko‘payish qonuni to‘g‘risida tajriba” nomli asarini e’lon qildi. Bu asarda u aholi geometrik protses bo‘yicha ko‘payadi (1,2,3,4,5,6,7,8..), deydi. Uning fikricha, ana shu sababli aholining bir qismi ochlikda yashashi bu tabiiy holdir.
CH.Darvin mana shu bilimlarni tanqidiy baholab o‘zining evolyutsion ta’limotida foydalandi. Ammo XIX-asrning birinchi yarmida tabiiyot fanlari sohasidagi yutuqlar evolyutsion ta’limotning asosiy zamini bo‘ldi. Bu yutuqlar asosan quyidagilar edi:
1. Organik olamning tabiiy sistemasi:
2. Organizmlarning tuzilishi rejasi:
3. Organik olam shajara daraxti, gradatsiyalar:
4. Gomologik organlar xaqidagi ta’limotlar:
5. Turlarning o‘zgarishi xaqidagi tasavvurlar:
6. Embriologiya sohasida K.Ber, K.F. Volf, X.Pander ishlari:
7. Geologiyada tarixiy metodning qo‘llanilishi:
8. Yerning turli geologik davrlaridagi o‘simlik va hayvonot olami:
9. Organik va anorganik tabiatini o‘xshash ximiyaviy elementlaridan tuzilganligi:
10. Hujayra nazariyasi.
Bu davrga kelib solishtirma metod biologiya fanining hamma sohalariga qo‘llanila boshlandi. Tirik tabiatning tuzilishidagi umumiy o‘xshashlik prinsipial ahamiyat kasb eta boshladi. Ana shu yutuqlar bo‘lishiga qaramay, kreatsionizm va teleologiya oqimlarining hukumronligi tufayli evolyutsiyaning asosiy sabablari ilmiy tomondan ochib berilmadi. To‘plangan juda ko‘p materiallar yetarlicha analiz qilinishi lozim edi.
Hayotning paydo bo‘lish masalasida hali to‘liq diniy ma’lumotlar hukumron edi. Umuman 2 ta juda muhim muammo hal bo‘lmay qolib kelaverdi. Ular quyidagilar:

1. Bir organik formaning boshqa organik formaga aylanishi yoki bir turdan yangi tur hosil bo‘lishi muammosini hech kim isbotlab bergan emas edi. Ammo ko‘plab ilmiy dalillarga asoslanib, turlar o‘zgaradi, degan fikrlar aytilgan edi.


2. Organik formalarning maqsadga muvofiqligi muammosi. Uning mohiyati tabiatda haqiqatdan ham tarixiy taraqqiyot jarayoni davom etayotgan ekan, nima uchun har bir organik forma o‘zining atrofidagi tashqi muhit sharoitlariga moslashgan bo‘ladi? XIX-asrning birinchi yarmida yashagan evolyutsionistlarning birortasi bu muammoni hal eta olmadi.
Mana shu ikki muammo bilogiya fanida xaqiqatdan ham burilish yasagan Ch. Darvinning evolyutsion ta’limoti tufayli xaqiqiy ilmiy asosda hal etildi.



Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish