Lamark tashqi muhitning roli xaqida
Tabiatda gradatsiya doimo to‘g‘ri amalga oshmasdan, tashqi muhit ta’sirida taraqqiyot yo‘nalishlarida turli o‘zgarish sodir bo‘ladi. Lamark bu fikrlarni turli xil misollarda isbotlaydi. Masalan, suvda sharoit (t˚, sho‘rlik va boshqalar) doimo bir xil bo‘lsa, unda suv hayvonlari o‘zgarmaydi. Aslida esa suvda hayvonlar ham o‘zgaradi. 2-misol, Agar namlikda o‘sadigan o‘simlikning urug‘i quruqlikka tushib qolsa, bir necha avloddan keyin bu o‘simlik o‘zgaradi, hatto yangi turga aylanishi mumkin. Lamark tashqi muhit sharoitlarining ta’siriga javob reaksiyasiga qarab organizmlarni 3 guruppaga bo‘ladi.
1. Ta’sirlanish va harakatlanish xususiyatlariga ega bo‘lmagan o‘simliklar
2. Tashqi muhit ta’siri natijasiga xarakatlanuvchi, lekin o‘z xoxishi bilan xarakatlana olmaydigan hayvonlar: infuzoriyalar, poliplar, nurlilar va chuvalchanglar
3. Nerv sistemasi va sezgi organlari yuksak darajada rivojlangan o‘z xoxishi va tashqi muhit ta’sirida harakatlana oladigan hayvonlar: umurtqali hayvonlar,
tashqi muhit organizmlarga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin. M: suv ayiqtovoni (Rfnunculus fquatilus) ni bargini suvdagi qismi ipsimon, suvdan tashqari qismi yaproqsimon bo‘ladi. Agar u tuproqda yashasa poyasi qisqa va barglari yangi tur-R. hedereceus sifatida tan oladi.
Muhitni uzoq vaqt etgan ta’siri organizmlarni mashq qilish yoki qilmasligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Lamark tashqi muhitning organizmlarga ta’sir ko‘rsatish xaqida 2 ta qonun yaratdi:
1. Lamarkning birinchi qonuni “O‘z rivojlanishining oxiriga yetgan har qanday hayvonda bir organni tez-tez va uzoq ishlatilish shu organni mustahkamlab, rivojlantirib, kattalashtirib boradi va unga uzoq ishlash uchun kerakli kuch-quvvat beradi. Shu bilan birga, boshqa biror organning doim ishlatilmasligi uning asta-sekin susayib, juda zaiflashuviga olib keladi, qobiliyatini pasaytiradi va pirovardida uni yo‘qolib ketishi sabab bo‘ladi”
2. Lamarkning ikkinchi qonuni “Tabiatda individlarning qadimdan yashab kelgan sharoitlar ta’siri ostida ma’lum organning doim ishlatilmasligi ta’siri ostida shaxslarni nimaiki hosil qilishga yoki yo‘qotishga majbur etgan bo‘lsa, agar endi paydo bo‘lgan o‘zgarishlar ikkala jins yoki yangi naslni hosil qilgan shaxslar uchun umumiy bo‘lsa, shularning hammasini dastlabki formalaridan paydo bo‘lgan yangi shaxslarda ko‘paytirish yo‘li bilan saqlaydi”.
Lamark bu qonunlarni isbotlash uchun juda ko‘plab misollar keltiradi. M: o‘rdak, g‘oz, baqa, dengiz toshbaqasi va boshqa hayvonlarni barmoqlari orasidagi suzgich pardalar barmoqlarning harakati tufayli paydo bo‘lgan. 2-misol. Quruqlikda yashovchi va jirafaning bo‘ynining uzun bo‘lishiga sabab, ular o‘z ovqatini uzoq masofadan, masalan, botqoqdan terib yegan, jirafa o‘simlik barglari bilan oziqlanadi.
Organlarni mashq qilmasligi ularni yo‘qotib ketishiga sabab bo‘ladi. Masalan: ilonlarning tor joydan sudralib o‘tishi ularning oyoqlarining yo‘qolishiga, ko‘rsichqon tuproq ostida yashashi ko‘zining yo‘qolishiga olib kelgan.
Lamark har bir organning rivojlanishi darajasi uning bajarayotgan vazifasiga, ishlatilishiga bog‘liq ekanligi to‘g‘ri ta’kidlangan.
Lamark filogenezda mustahkamlangan xossalar bilan irsiy o‘zgaruvchanlikni teng ma’noda tushundi. O‘zgaruvchanlik masalalari Lamark davrida to‘liq o‘rganilmaganligi sababli u irsiy irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikni bir xil deb noto‘g‘ri tushunadi.
Lamark odamni paydo bo‘lishi masalasida odam organizmi boshqa sut emizuvchilarni organizmiga o‘xshaydi, deb aytadi. Odamning maymunga o‘xshash belgilari va o‘z navbatida farqlarini aytib ketgan.
Lamark ta’limotiga berilgan baho.
Lamarkning evolyutsion ta’limotini asosiy ijobiy tomonlari quyidagilardan iborat:
1. Lamarkning evolyutsion ta’limoti bir butun ta’limotdir. Uning g‘oyalarida evolyutsion jarayon tarixiy taraqqiyot natijasida sodir bo‘lishini isbotlashga uringan. U evolyutsiyaning sabablari-irsiyat va o‘zgaruvchanlik, evolyutsiyaning asosiy yo‘nalishlari-sinflar gradiatsiyasi, evolyutsiyaning sabablari-tashqi muhit faktorlari ekanligini analiz qilishga uringan.
2. Lamarkning asosiy g‘oyasi turlarni o‘zgaruvchanligi hisoblanadi. Uning fikricha, tabiatda bir-biridan farqlash qiyin bo‘lgan turlar uchraydi. Bu turlar orasidagi chegarani bilib bo‘lmaydi. Tur hosil bo‘lishi uzoq davom etadi, shuning uchun ham bu jarayonni ko‘rib bo‘lmaydi, faqat uni natijasini bilish mumkin.
3. Lamarkning hayvonlar gradatsiyasi prinsipini “organik olamning oddiydan murakkabga qarab borishi” prinsipiga asoslangan. Lamarkning gradatsiyalari XVIII-asrdagi boshqa avtorlarni “zinopoya” prinsiplaridan keskin farq qiladi. Lamark o‘z gradatsiyasida organik olamning tarixiy taraqqiyotini hisobga olgan.
4. Evolyutsion ta’limotni tushuntirishda Lamarkning turlar evolyutsiyasi, o‘zgaruvchanlik hamda moslanish xaqidagi g‘oyalar juda katta ahamiyatga ega. Turlar tabiatni turli faktorlari ta’sirida o‘zgaradi va moslashadi.
5. Lamark tashqi muhit faktorlari ta’sirida paydo bo‘lgan o‘zgaruvchanlik irsiy o‘zgaruvchanlikka aylanishini isbotlashga harakat qilgan.
6. “Zoologiya filosofiyasi” kitobida XVIII-asrgacha bo‘lgan fan yutuqlarini baholab chiqadi va asosiy muammolarni ko‘rsatib beradi.
Lamarkning aytib o‘tilgan muhim ilmiy yutuqlari bilan birgalikda teleologik va mexanik g‘oyalarga asoslangan XVIII-asr faniga xos bo‘lgan fikrlari ham bor.
Bular quyidagilar:
1. Tirik materiya passif bo‘lib, uning hayotiyligi tashqi muhitdan olinadigan “qandaydir kuchlarga” bog‘liqdir, deydi.
2. Evolyutsiyaning asosiy yo‘nalishi-gradatsiyaning oshishiga bog‘liq bo‘lib, bu oshish tashqi muhitga bog‘liq emas. Moslanish evolyutsiyaning asosiy yo‘nalishi emas, deydi.
3. Moslanish yo‘li bilan o‘zgaruvchanlikni teng yoki bir narsa deb qaraydi.
4. Tirik organizmlarda moslanishni kelib chiqish sabablari. Bu muammoni Lamark juda keng muhokama qiladi. Lekin uning sabablarini ochib bera olmaydi.
5. Butun organik olam evolyutsiyasining sabablarini ochib bera olmaydi..
6. Turlarning bir-biridan kelib chiqishi va evolyutsiyaning sabablari aniqlab bera olmaydi.
7. Lamark dialist edi. U 1797 yilgacha turlar o‘zgarmaydi, deydi, keyinchalik esa turlar o‘zgarishini tan oladi. Lamarkning evolyutsion talimotini zaif tomoni u yashagan davrda ilmiy dalillarni nihoyatda kamligi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |