6-Mavzu: J. B. Lamarkning evolyutsion ta’limoti Tayanch so‘zlar: J.B.Lamarkninghayoti va ijodi, falsafiy va biologik qarashlari, Lamark ta’limotida tabiiy sistema va tur masalasi, Lamarkning organik olam gradatsiyasi, Lamark tashqi muhitning roli xaqida, Lamark ta’limotiga berilgan baho.
J. B. Lamarkning (1744-1829) buyuk Fransuz tabiatshunosi, birinchi evolyutsion ta’limotni yaratgan olimdir. Jan Batist Lamark 1744 yilda kambag‘al oilada tug‘ilgan. U oilada 11-bola edi. Otasi kenja o‘g‘lini ruhoniy bo‘lsin deb uni Amyendagi diniy maktabga joylashtirdi. Biroq otasining o‘limidan keyin 17 yoshida maktabni tashlab, Fransiya burjua revolyutsiyasi davrida urushga ketdi.
Jasorati uchun ofetser darajasiga ko‘tariladi. Ammo kasalligi tufayli istefoga chiqadi. Shundan keyin Lamark Parijga ko‘chib keladi va tabiatni o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
U 1772-1776 yillarda Parij universitetining meditsina fakultetida o‘qiydi. Betinim mehnat tufayli 1778 yilda “Fransiya florasi” nomli 3 tomli kitobi chiqadi. Bu asar kishilar orasida katta qiziqish bilan kutib olinadi. 1779 yilda Fransiya FAning botanika kafedrasida adyudant (asistent) lavozimiga o‘tadi. 1781-1782 yilda Byuffonning o‘g‘li bilan Yevropa bo‘ylab sayohat qiladi va yirik botanikalar bilan uchrashadi. Shu davr ichida u “botanika lug‘ati”, “Avlodlar surati” nomli asarlarini yozadi va yirik botanik sifatida taniladi.
1783 yilda Parijdagi Tabiiy tarixiy muzeyda Lamarkni “Hasharotlar va chuvalchanglar” kafedrasiga taklif etib, Linney sistemasining “Hasharotlar va chuvalchanglar” sinflarini o‘rganish va sistematikada tegishli tuzatishlar kiritish topshiriladi.
Umuman o‘sha davrgacha umurtqasiz hayvonlar kam o‘rganilgan edi. 50 yoshli Lamark umurtqasiz hayvonlarni o‘rganishga birinchi marta kirishadi. Ana shu ishlarning natijalari asosida 1815-1822 yillarda “Umurtqasiz hayvonlarning tabiiy tarixi” nomli 7 tomlik kitobini yozdi. Bu kitobda fanda birinchi marta hayvonot olamini “Umurtqasiz hayvonlar” va umurtqali hayvonlar deb ikki guruppa bo‘ldi. Bu bo‘limlar hozir ham qo‘llaniladi va fan sifatida o‘qitiladi. “Biologiya” termini ham birinchi marta Lamark va nemis olimi Treviranuslar qo‘llagan.
Lamarkning evolyutsiyaga doir fikrlari 1801 yilda yozilgan “Zoologiya sistemasiga kirish”, 1809 yilda yozilgan mashhur “Zoologiya falsafasi” nomli asarlarida bayon etilgan.
1797 yilgacha Lamark turlar o‘zgarmaydi, degan g‘oyalar ishonadi. Keyinchalik adabiyotlarga va o‘z tadqiqotlarga asoslanib turlar o‘zgaradi, degan xulosaga keladi.
Lamark hayvonot olamning sistemasini tuzib, “organik olam oddiydan murakkabga qarab boradi” degan dohiyona fikrni birinchi bo‘lib aytgan. Bu hozirgacha biologiya fanining aksiomasi sifatida qaralmoqda. Lamark zamondoshlardan ancha ilgarilab ketgan olim edi, shuning uchun uning fikrlarini zamondoshlari tushunmagan va yetarli baho bermaganlar. Kyuvye unga nisbatan ashaddiy dushman edi. Juda mayda hayvonlarni lupa va mikroskop bilan tekshirishga o‘z umrining ko‘p yillariini sarflagan Lamarkning ko‘zi 1820 yilda ko‘r bo‘lib qoladi. Lamark qolgan umrini nihoyatda kambag‘allikda o‘tkazadi va umrining oxirgicha o‘z asarlari ustida ishlashni davom ettiradi. O‘z fikrlarini qiziga aytib turib yozdiradi. Lamarkning genial g‘oyalari uzoq yillar xuddi ko‘milgandek qolib ketadi.
Uning g‘oyalari oradan 50 yil o‘tgandan keyin Darvinning o‘lmas ijodida yana jonlanadi va biologiya fanida o‘ziga mustahkam o‘rin oldi. Lamark 1829 yilda vafot etdi. 1909 yilda “Zoologiya falsafasi” nomli asarning bosmadan chiqqaniga 100 yil to‘lishi munosabati bilan Parijda J.B.Lamarkka haykal o‘rnatiladi. Haykal pyedistaliga ko‘zi ko‘r Lamark va uning qizi Korneliya tasvirlangan barelyef toshga o‘yib ishlagan. Barelyef ostiga Korneliyaning qo‘yidagi so‘zlari yozilgan: “Ota, kelgusi avlod Siz bilan faxrlanadi, Siz uchun o‘ch oladi”.