Фойдаланилган адабиётлар рўйхати 1. Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент. “Маънавият”. 2008. 2. Авесто – тарихий маданий ёдгорлик. А. Маҳкам таржимаси. Тошкент. “Шарқ”. 2001.
3. Маннапова Н. Талабаларда соғлом турмуш тарзини шакллантиришнинг баъзи жиҳатлари //Фалсафа ва ҳуқуқ. 2011/№1.
TIL VA YOSH AVLOD TARBIYASI Temirova Gulsanam Abdusamatovna, Andijon viloyati, Izboskan tumani, 8-o’rta maktab o’qituvchisi Annotatsiya. Maqolada til va tarbiyaning bugungi kundagi ahamiyati, yosh avlodning tilga bo`lgan e`tibori, muhabbati haqida soz boradi. Ushbu tushunchalar har qanday jamiyat va harqanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning tili va tarbiyasi bilan yetarlicha qiziqmagan va etiborsiz bo`lgan mamlakating kelajagi ham mo`rt bolishi tayindir. Shunday ekan yoshlarimizning hayotda adashishi, tuzatib bo`lmas hatolari tarbiyada yo`l qo`yilgan hato va befarqlikning yaqqol isbotidir.
Kalit so`zlar: islomiy tarbiya,tarbiyada ota-onaning ro`li, til va tarbiyaning so`z orqali ifodalanishi.
Bugun bilimdon yoshlarimiz juda ko`p .O`quvchilarimiz va talabalarimiz nafaqat Respublika fan olimpiadalari balki xalqaro fan olimpiadalarida ham yetakchi o`rinlarni egallab kelmoqdalar. Ularning aqliy saloiyatini ko`rib xursand bo`lasan kishi. Shu o`rinda qalb hazinasini boyitadigan, ruhiy kamolot sari eltadigan tilimiz va tarbiyamizning ahamiyati yuksakligi, uning o`rnini hech narsa bosolmasligini alohida takidlashimiz zarur. Zero aql va qalb muvozanatiga erishgan insongina chinakamiga bahtli bo`la oladi. Til har qanday jamiat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.Yosh avlodning tili va tarbiyasi bilan shug`ullanmagan mamlakatning kelajagi yoqdir. Bunga misol tariqasida yosh bola boshlangich ta`lim va tilga doir qoidalarni yod olganidan keyin u mashg`ul bo`lishi mumkin bo`lgan biron bir narsaga yo`llaymiz. Albatta buning uchun bolalarning maylini inobatga olamiz. Bundan roppa rosa bir asr oldin ma`rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy tarbiya haqida bunday degan edi ”Tarbiyani kimlar qilur?Qayday qilunur? Bu savolga javoban; biirinchi uy tarbiyasidir. Bu onalar vazifasidir. Ikkinchi maktab tarbiyasidir. Bu otalar ,muallim va hukumat tarbiyasidir. Yoshlarning tilga bo`lgan etibori va tarbiyasi –hayot mamot masalasi ekanlgini juda yahshi bilamiz. Chunki o`z tilini hurmat qilmagan, tarbiyasi mo`rt bo`lgan mamlakat yoshlaridan jamiyat, mahalla, oilasi uchun ham hech qanday naf yo`q . ’’Olamda eng avval inson aqli bilan yaralgan aql qalb posbonidir. Aql yana uch qo`riqchi; til, ko`z, quloqning ustidan ham posbonlik qiladi. Zero, ezgulik va yovuzlik aynan ana shular orqali qalbga kirib boradi’’ degan buyuk mutaffakkir Abulqosim Firdavsiy. Darhaqiqat, tilimizdan oldin qalbimizni tarbiya qilishni yoshlarimiz ongiga sindirishimiz zarur. Chunku,so`z qalbdan kelib, tildan chiqadi. Til va tarbiya bir-biriga chambarchas bog`liqdir.O`zbekiston mustaqillikga erishgach til va yoshla tarbiyasiga va unga bog’liq jarayonlarga sog’lom yondashuv qaror topa boshladi. Tilimizning milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buyuk mutaffakkirlarning pedagogik qarashlari sinchikovlik bilan o’rganilmoqda. Sho’rolar pedagokikasida til orqali harqanday odamni istalgan qiyofaga solish mumkin degan qarash hukmron bo’lganligi uchun ham shaxsni shakllantirishdagi o’rniga ortiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsning tilga berilish yoki berilmaslik hususiyatlarini hisobga olinmasligi tarbiyaviy tadbirlarga mahliyo bo’lishdek pedagogik hatolikga olib keldi. Buning natijasida til maqsadsiz bo’lib qoldi. Tarbiyalanuvchilarga alohida shaxs sifatida emas, istalgan ijtimoiy yo’nalishga solishga mumkin bo’lgan qiyofasiz olomon tarzida qarash qaror topdi, bi hol tilning samarasizligiga olib keldi. Til va tarbiya ta’lim bilan chambarchas holdagina mavjud bo’ladi. Chunki til va tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamyatga egadir. Tarbiya shaxsda muayyan ruhiy, ahloqiy ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan jarayondir. Tarbiya insonning insonligini taminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tilsiz va tarbiyasiz inson jamiyatda mavjud bo’la olmaydi. Chunki inson jamiyat mavjudligini taminlaydigan qadriyatdir. Til va tarbiya tufayli bi ravloddan boshqasiga o’tadi. Odam til bilan boshqa hayvonlardan imtiyozlidir. Uning tili orqali boshqa odamlardan afzalligi bilinadi. Til shuncha sharafi bilan nutqning qirolidir. Ko’pincha til bilan berilgan jarohat qilich bilan yetkazilgan jarohatdan og’irroqdir. Tilning vazifasi shuki unda kishi bir narsani aytganda boshqa bir kishi uning maqsadini to’liq anglashi kerak. Qalblar ham qozon kabi ichidagi bor narsasi bilan qaynab turadi. Tillar esa uning cho’michidir degan edi Yahyo Ibn Muos. Til va tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas , balki butun ijtimoiy tizim , unug yetakchi g’oyalari ,adabiyot, san’at , kino ,radio, televideniya va boshqalarni o’z ichiga oladi. Shuningdek keng ma’nodagi til va tarbiya tusunchasi o’z ichiga ta’lim va ma’lumot olishni ham qamrab oladi. Shu o’rinda Abdulla Qahhorning quydagi so’zlari yodimizga tushadi: “Nima uchun ko’cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtakchaladi –yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi”. Darhaqiqat dili va tili bir bo’lmagan inson yuz tilni bilsa ham tilsiz sanaladi.Hadisi shariflarda “ Bolalaringizga odob beringlar va odoblarini chiroyli qilinglar” deyilgan edi (Imom Muslim rivoyati.) Tarbiya haqida Imom G’azzoliyning “Ihyou Ulumud din” kitobida bunday deyiladi:” Bola ota-ona qo’lidagi omonatdir, unung qalbi turli naqsh va rasmlardan holi, qanday naqsh solinsa qabul qiladi, nimaga moyil qilinsa , moyil bo’laveradi. Agar yaxshilikka undalsa va o’rgatilsa soadatli bo’ladi, ota-onasi hamda odob, ta’lim tarbiya bergan ustozlariga sherik bo’ladi, agar yomonlikka undalsa halok bo’ladi . Muborak hadislarda hech bir ota-ona farzandiga go’zal tarbiyadan ko’ra qimmatliroq meros qoldira olmaydi deyilgan. Muhtasar qilib aytganda mamlakatimiz aholisining 64 foizini yoshlar tashkil etadi. Ularni ulg’ayib, komil inson bo’lishlari uchun yangi 2021- yilda ulkan imkoniyatlar eshiklari ochilishiga shubha yo’q. Zero muhtaram yurtboshimiz buni har jihatda bayon qilib bergan.