Foydalanilgan adabiyotlar royhati.
1.Imom G`azzoliy.”Tavba kitobi’’
2.Abdulla Avloniy ‘’Turkiy Guluston Yohud Ahloq”
3.Imom G`azzoliy.”Hyuo Ulimid –Dil’’
4 Hadislar to`plami. Imom Muslim rivoyatlari.
5.Muhammad Atiya.”Islomiy tarbiya va uning falsafasi.”
6 .“Til va adabiyot’’ jurnali.
YER YUZIDAGI ENG MASHHUR TIL
To’ychiyev Abdumalik Tursunovich,
“Materialshunoslik va yangi materiallar texnalogiyasi”
kafedra assistenti
Madaminova Inoyatxon Olimjon qizi AnDMI
“Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi”
Mutaxassisligi 1-kurs talabasi
Annotatsiya: Ma`lumki, o`zlikni anglash milliy ong va tafakkurni ifodasi, avlodlar o`rtasidagi ruhiy – ma`naviy bog`liqlik til orqali namoyon bo`ladi. Zamon bilan ham nafas yashash uchun esa chet mamlakatlari bilan o`zaro aloqalar bo`lishi muhimdir. Bu bog`liqlikning poydevori bo`lib xizmat qiladigan predmetimiz bu tillardir.
Kalit so`zlar: til, davlat, o`lik tillar, tirik tillar, paleolit, kompyutr, smartfon.
Inson zoti borki kundan kunga taraqqiylashib, rivojlanib bormoqda. Komyutr, smartfonlar, turli detal va aparatlarni yasab chiqaradigan dastgohlar mavjud zamonda yashsayapmiz. Haqiqatdan ham XXI asr elektronika, texnalogiya asri desak to`g`ri bo`ladi. Xo`sh bularning bu taraqqiyotning o`tmishi, boshlanish davri, qisqacha qilib aytganda insonlarning rivojlanishiga asosiy sabab nima bo`lishi mumkin? Albatta bu biz insonlarning nutqimiz, bir-birimiz bilan so`zlasha olish qobilyatimiz bu kabi rivojlanishning poydevori bo`lib xizmat qiladi. Odamlar bir birlariga o`z fikrlarini so`zlar bilan, imo ishoralar bilan ma`lum bir tillarda tushuntirib muloqot qiladilar. Qadimgi paleolit davri, ya`ni Insoniyatning Ibtidoiy jamoa tuzumidan boshlab hozirgacha bo`lgan davrlarda bir necha minglab tillar almashinuvi ro`y bergan va hozir ham bu jarayon davom etmoqda.
Biz sizlar bilan dunyo tillarini o`rganar ekanmiz, ularni ikkiga bo`lib o`rganishimiz maqsadga muvofiqdir. Chunki tillar har yuz yillik va hatto bir necha o`nyillikda o`zgarib borishi kuzatilmoqda. Masalan, Qadimgi Yunon tili, Lotin tili, Qadimgi Slavyanlar tillari hozrigi kunda juda ko`plab guruhlarga bo`linib ketgan. Keling avvalo dunyo tillarini ikkiga bo`lib olaylik:
O`lik tillar
Tirik tillar
O`lik tillar guruhiga yuqorida aytilgan Lotin, Yunon, Qadimgi Slavyan, Prus, Vestgot, Gall, Qadimgi Fors, Eski O`zbek va shunga o`xshash jonli iste`moldan chiqqan, ya`ni foydalanilmayotgan tillar kiradi. Bu kabi tillarning yuqolib ketishining asosiy sababi mustamlakachilik paytida biron davlat yoki qabila boshqa to`dalarni jangda mag`lub qilgandan so`ng o`zlarining tillarini majburan mag`lub tomon xalqiga singdirgan yoki aksincha mag`lub tomon tillarini o`zlari o`rganishgan. Masalan: Qadimgi Rim imperiyasi davrida Galiya qabilasi bo`ysindirilgandan so`ng Rim imperiyasi tili majburan yo`lga qo`yilgan bo`lsa, milodiy IV-V asrlarda German qabilalari tomonidan Rim imperiyasi ishg`ol qilinib German qabilalari imperiya tilini o`rganib olishgan. Tllarning yo`qolib ketishining yana bir asosiy misollaridan biri bo`lgan Lotin tili juda mashhur bo`lishiga qaramasdan hozirgi kundagi ingliz, fransuz, ispan, portugal, italyan va nemis tillarga bo`linib parchalanib ketgan. Lekin hali hanuzgacha o`z meroslarni shu tillarda mujassamlashtirgan: chunki bu sanab o`tilgan tillarning qariyb hamasi lotin alifbosiga asoslangan bo`lib, o`zgartirishlar kiritilgan holda ishlatilib kelinmoqda. Qadimgi slavyan tili ham, xuddi shu tarzda parchalanib, rus, belarus, Ukraina, Moldava, Ruminiya, Latviya, Litva kabi turli mamlakatlar davlat tiliga asos bo`lgan. Garchi bu mamlakat tillari bir biridan ma`lum darajada farq qilsada lekin bularning kelib chiqishi, ajdodi, alifbosi bir xil edi, hozirgi alifboga o`zgartirishlar kiritilib davlat tiliga aylantirilgan. Biz dunyo tillari tarixi bilan ozmi ko`pmi xabardor bo`lib ma`lumot oldik, endigi navbat hozirgi hayotimizga ishlatiladigan jahon tillari mavzusiga to`xtalsak qaysi bir til jahonda mutlaq ustun. Bu mas`alada turli insonlarning fikri turlicha bo`lib, ba`zilar ingliz tili desa, ba`zilar rus tili deyishadi,ba`zilar esa fransuz yoki arab tillari afzalroq deyishlari mumkin. Lekin hozirgi kunda eng aholisi ko`p bo`lgan Xitoy tili ham kata ahamiyat kasb etadi. Dar haqiqat bu tilde bir milliarddan ziyod inson so`zlashadi. Bizlar bu savolga javob topishimiz uchun avvalo tarixga nazar solishimiz va kelajakka ongli ravishda boqishimiz lozim. Quyida bu gapning isbotini ko`ramiz:
Bizga ma`lumki XVII-XX asrlarda dunyoni bo`lib olish harakati, mustamlakachilik siyosati juda avj oldi. Bu jarayonga daxldor eng muhimlarini sanab o`tadigan bo`lsak bu mamlakatlarga Angliya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Turkiya, Rossiya, Portugaliya va o`rta asrlarda kuch qudratga to`lgan Arab xalifaligi misol bo`la oladi. Bir gina Angliya o`z yer maydoni 300 ming km2 bo`la turib 30 million km2 yer maydonlarini zapt etib o`zig abo`ysundirgan. Asosiy katta hudud mustamlakalariga, AQSh, Kanada, Hindiston, Avstraliya, Misr va Afrika mamlakatlari mamlakatlarini mustamlaka qilib olgan. Yoki Rossiya mamlakatini olsak butun O`rta osiyoni, Bolqon dengizi atrofidagi mamlakatlarini bosib olgan. Germaniya bilan Fransiya ham mustamlakalardan bebahra qolmaganli sizu bizga sir emas. Ispaniya va Portugaliya Janubiy Amerikaning ko`plab mamlakatlarini bo`ysundirganlar. Hozirda ko`plab Janubiy Amerika davlat tillari Portugal yoki Ispan tillaridir. Angliya mustamlakalari bo`lgan, Hindiston, Avstraliya, Kanada va AQShda ham ingliz tili juda muhim rol o`ynaydi. Osiyo mamlakatlarida turkey tillar, fors-tojik tili, rus tili, arab tili va asosiy so`zlashuv tilidir.
Endi qaysi tilni o`rganish muhim? Keling endi mavzuga boshqacha nigoh bilan nazar solamiz. Biz O`zbekistonda yashayapmiz, shu yurtning bir bo`lagimiz. Yuqorida sanab o`tilgan tillarning hech qaysi biri jonajon o`zbek tilimizga teng kela olmaydi. Ona tilimiz juda chiroyli, lig`aviy jihatdan boy, hisoblanadi. Bolaligimizda tilga kirib birinchi aytgan so`zimiz anashu tilimizda chiqdi. Yaqinlarimiz bilan shu tilde so`zlashamiz, quvonamiz, qayg`uga tushamiz, xayol suramiz, ya`ni ongimizda biron narsani tahlil qilsak ham o`zbek tilida amalga oshiramiz. Lekin shu joyida afsuski lekin degan so`zni aytishga majburmiz. Bizlar dunyo taraqqiyoti, ilm fani bilan barobar ketishni xohlasak chet tillarini o`rganishga majburmiz. Hozirda ko`plab texnika dasturlari ingliz tilida yozilmoqda. Buning sababi hozirgi kunda AQSh dunyo bo`yicha har tomonlama birinchi o`rinda turibdi. Goh im-fan, goh elektronika deymizmi, harbiy sohani olamizmi, iqtisodiy jihatdan qaraymizmi har tomonlama rivojlangan mamlakat. Tabiiyki ularning davlat tili ingliz tilidir. Demak biz yoshlarga kerak bo`lgan eng muhimlari ingiz tili, rus tili, nemis tili va yapon tilidir. Yurtimizga munosib xizmat qilmoqlikni istasak shunga intilishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |