MUNDARIJA
KIRISH
I.BOB TURKIY TILLAR TARIXIDA ARABIZMLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
1.1. Arabizmlarning turkey tillar leksikasiga o‘zlashish tarixi: sabablari va usullari.
1.2. Abdulla Avloniyning “Advakatlik osonmi?” asarida arabizmlarning ro‘li va ahamiyati.
II.BOB ARAB TILIDAN O‘ZLASHGAN SO‘ZLARDAGI SEMANTIK O‘ZGARISHLAR
2.1. Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarda semantik o‘zgarishlar: ma’no kengayishi, ma’no torayishi va ma’no siljishi.
2.2. Arabcha o‘zlashmalarning sinonimiya, omonimiya, antonimiya va frazeologizmlarga munosabati.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Har qanday milliy tilning lug‘at tarkibi, uning so‘z boyligi mazkur millatning butun tarixiy taraqqiyoti davomida
shakllangan hodisadir. U doimo harakatda, o‘sishda bo‘ladi. Tilning lug‘at tarkibi
boyib, rivojlanib borishda ikki asosiy manba muhim rol o‘ynaydi. Bular tilning o‘z
ichki imkoniyatlari asosida yangi so‘zlar yasash hamda o‘zga tillardan so‘z
o‘zlashtirishdir. Har ikkala holat ma’lum ehtiyoj, zaruriyat tufayli amalga oshadi va u murakkab jarayon bo‘lib, unda turli xil lisoniy va nolisoniy (ekstralingvistik)
omillar amal qiladi. Hozirgi zamon o‘zbek tili leksikasi, ayniqsa uning arabcha
o‘zlashmalarga oid bir muncha tadqiqotlar qilingan bo‘lishiga qaramay, bu sohada
hali o‘z yechimini kutayotgan muammolar kam emas.
Mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining o‘z tili, adabiyoti, san’ati va tarixini
yanada chuqurroq, uning o‘ziga xos nafosatini ulug‘lagan holda o‘rganish
imkoniyati kengaydi.
Ma’naviyatimizning ajralmas qismi bo‘lgan tilimizni tadqiq qilish ham
istiqlol bergan ne’matlardan sanaladi.
Muxtaram birinchi prezidentimiz ta’kidlaganidek, ―“Albatta har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odatlar va an’analari, hayotiy
qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy
meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri
bo‘lib xizmat qiladi.”1 Shu ma’noda millat ma’naviyatining uzviy qismi bo‘lgan
ma’naviy meroslar tilini o‘rganish ham ulkan ahamiyat kasb etadi. Ushbu xususda
yana birinchi prezidentimiz I.A.Karimov shunday deydi: ―“Behbudiy, U.Nosir, Cho‘lpon, Fitrat va boshqalarning ijodi va dunyoqarashini ham teran va xolis tadqiq etish zarur bo‘ladi.”2 Bu esa jadidchilar qatori Avloniy ijodini o‘rganish va uning faoliyatiga to‘g‘ri baho demakdir.
I.A.Karimov yana Avloniy va boshqa ma’rifatparvarlarning faoliyatiga
shunday baho beradi: “M.Behbudiy, Munavvarqori, A.Avloniy, Is’hoqxon Ibrat, A.Fitrat, A.Qodiriy, A.Cho‘lpon, U.Nosir kabi yuzlab ma’rifatparvar fidoyi
insonlarning o‘z shaxsiy manfaati, huzur-halovatidan kechib, el-ulus manfaati,
yurtimizni taraqqiy toptirish maqsadida amalga oshirgan ezgu ishlari avlodlar
xotirasidan aslo o‘chmaydi.”3
Ushbu fikrlardan kelib chiqib, jadidchi namoyondalarimizning faollaridan
biri bo‘lmish Abdulla Avloniy asarlari tilini o‘rganish ilm talabida bo‘lgan yoshlar uchun katta bir qadamdir.
Ma’lumki, o‘zbek tili leksikasining rivojida boshqa tillarga oid o‘zlashmalar
bilan bir qatorda arabcha o‘zlashmalarning salmog‘i katta. Mazkur bitiruv malakaviy ishida
Abdulla Avloniyning “Advakatlik osonmi?” asarlarida qo‘llangan arabcha o‘zlashmalar qatlamiga mansub leksemalarni aniqlash va ularning tahlili ilk bor amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |