Adabiyotlar ro’yxati:
Hasanova O. “Oila pedagogikasi” T., 2007. 125-bet.
www.pedagogy.com
BARKAMOL YOSHLAR TARBIYASIDA IJTIMOIY-SIYOSIY TARBIYA TIZIMI
N. Odilova, G. Qodirova
Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti
“Xorijiy tillar” kafedrasi o’qituvchilari
Annotatsiya: Bugungi kunda davlatimizda juda ko’p o’zgarishlar ro’y berib,ko’pgina yangi qonunlar qabul qilinmoqda. Jamiyatimizning barcha a’zolari qonunlari o’rganib, ularga rioya qilish va hayotga tatbiq etish yo’llarini o’rganmoqdalar.
Kalit so’zlar: huquqiy madaniyat, jamiyat, qonunlar, tarbiya tizimi, huquqqiy bilimlar.
Huquqiy madaniyat-bu jamiyat muhitidir. Huquqiy madaniyat deyilganda birinchi navbatda jamiyat iqlimi tushuniladi. Huquqiy madaniyat bu qonunlarni ongli tushunish, ularga hurmat yuzasidan qarash,ularga bevosita kundalik hayotda huquqiy madaniyatni tatbiq qilish tushiniladi. Jamiyatimiz fuqorolarning huquqiy madaniyati qanchalik yuqori darajada bo’lsa uning rivojlanishi shunchalik, tez yuksak, tekkiz bo’ladi. Bunday jamiyat esa huquq buzarlik jinoyatchilikda o’rin qolmaydi. Chunki inson nima qilish kerakligini-yu, nimani qilmasligini yaxshi biladi va aksincha huquq normalariga hurmatsizlarcha tartibsizlik hamda jinoyatchilikning o’sishiga keladi.
Huquqiy madaniyat masalari turshimizmizning ko’p jihatlariga tegishlidir. Lekin ular bo’lg’usi o’qituvchilar uchun, ayniqsa dolzabdir.O’quvchilarning huquqiy ongini oshirmasdan demoktratik huquqiy davlat va erkin fuqorolik jamiyatini tasavvur etib bo’lmaydi. Huquqiy ong poydevoriga maktablarda asos solinadi. Shuning uchun ham ta’lim mussasalarida pedagog o’qituvchilarning tomonidan o’quvchilarga huquqiy bilimlar ijtimoiy hayot me’yorlarini va qoidalari to’g’risida keng ma’lumotlar berib borish uchun o’qituvchilarning o’zlari quyidagi huquqiy bilimlarga ega bo’lishi lozim:
-demakratik huquqiy davlatning eng asosiy belgisi bo’gan qonun ustuvorligini bilishi;
-Konstitutsion huquq asoslariga oid tushunchlarni o’zlashtirish;
-O’zbekiston Respublikasi Davlar suvereniteti va ramzlari haqidagi bilimlar;
-O’zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati to’g’risida;
-inson huquqlari hamda fuqorolarning asosiy huquqlari, erkinliklari to’g’risida bilimlar,ya’ni:
-siyosiy huquqlar;
-iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar;
-inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari;
-O’zbekiston fuqorolarining asosiy burchlari;
-fuqorolarning oila va nikoh huquqi;
-tabiatni muhofaza qilish haqida ekologik bilimlar;
-tartibbuzarlik, bezorilik jinoyat qilganlik uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik bo’yicha bilimlar;
-harbiy yoki muqobil hizmat to’g’risida va hokazo.
Barcha ta’lim muassasalarida huquqiy madaniyatni oshirish va yanada rivojlantirish eng muhim jihatlaridan biri huquq-targ’ibot organlari militsiya hamda prokratura hodimlari, xalq deputatalari, mahalla oqsoqollari, Mehnat va Urush veterantlari va boshqa turli huquqiy idoralarga aloqodor hodimlar bilan hamorlikda o’qituvchilarning ish olib borishdir.
Ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jaroyonida o’qituvchi-pedagoglar tarbiyachilarning quyidagi holatlarga, xususiyatlarga e’tibori qaratish hamda rioya etish muhim va maqsadga muofiq hech bir inson huquqbuzar yoki jinoyatchi bo’lib tug’ilmasligi tushuntirish :
-o’quvchi shaxsi, qadrlash, hurmat qilish hamda huquq va erkinliklarinig ta’minlanishi, uning poymol etilishi va kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik;
-o’quvchiga uning haq-huquqlarini hamda burch va vazifalarini ado etishning yoshlikdan, bolalik davridan tushuntirish;
-sinf rahbari va ota-onlar o’rtasida o’zaro munosabatni yo’lga qo’lga qo ‘yish;
-o’quvchilarning bo’sh vaqti tashkil etish hamda ota-onalar bilan hamkorlikda uni nazorat etish;
-har bir o’quvchining oilasidagi muhitdan xabardor bo’lish;
-pedagoglar tomonidan ota-onalarga voyaga yetmagan maktab o’quvchisi tijorat, savdo ishlari bilan shug’ullanishi, keyinchalik, savodsizlikka olib kelishini uqtirish, tushuntirish;
-o’qituvchilar, sinf rahbarlari tomonidan o’quvchi- yoshlarga o’zini uni nazorat qilish, iroda, mas’ulyat javobgarlik hissini, murakkab bo’lgan vaziyatlarda mustaqil fikr qaror qabul qilish hissiyotlarini uyg’otish hamda tarbiyalash;
-maktabdagi to’garakda huquqiy madaniyat targ’ibot ishini faoliyatlashtirish,
O’quvchilarning qiziqishlarining qarab buyuk ajdodlarimiz Forobiy, sohibqiron Amir Temur, Alisher Navoiy, Ulug’bek, Zahriddin Muhammad Bobur huquqiy qarashlari mavzusida davra suhbatlari, muloqot kechalarni rejaviy tarzda o’tkazishilini tashkil etish;
-huquqiy targ’ibot idoralari hodimalari bilan hamkorlilda maktablarda ota-onalar, o’qitivchi va o’quvchi o’rtasida tez-tez uchrashuvlar uyishtish, hujjatli kinofilmlar namoyishini tashkillashtish ;
-maktab sinf o’quvchilarni jamoatchilik ishlariga,turli xil o’tkaziladigan tadbir va olimpiadalarga jalb qilish;
-o’quvchi-yoshlarga « jinoyat-jazosiz qolmaydi har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortiladi »qoidasini yetkazish;
-asosiy e’tibor qonun buzarlikka va jinoiyatchilikka kurash emas, balki uning oldini olishga qaratilmog’i lozim;
Respublikamiz mehnatkashlarning, ayniqsa, yosh avlodning huquqiy madaniyat saviyasini yuqori darajada ko’tarish bilan biz qonun buzilishlarini adolatsizliklar, jinoyat oldini olgan bo’lamiz. Qonunlarlarga rioya etishimiz, ularni hurmat qilshimiz, oilalarrimizni, davlatimizni mustahkamlashga asos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |