Ёшларни тарбиялашда сўздан фойдаланиш


Фойдаланилган адабиётлар рўйхати



Download 0,57 Mb.
bet18/40
Sana25.02.2022
Hajmi0,57 Mb.
#268323
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
Bog'liq
4-шуъба туплам

Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:
1.Мирзиёев.Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. - Т.: «Узбекистан» НМИУ, 2016. – 56 б
2.Каримов .И.A. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Ўзбекистон, 2008. – 176 б.
3.”Таълим тўғрисида” ги Ўзбекистон Республикасининг Қонуни. – Т., 2020 йил 23 сентябрь
4.Шарипова.Ў. Тилшунослик асослари - Т.: Низомий номидаги ТДПИ 2006 92 б
5.Хожиев А. Тилшунослик терминларининг изоxли луғати. - Т.: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси, 2002


YOSHLAR TARBIYASIDA HADISLARIMIZNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI
Mirzayeva N.S. katta o‘qituvchi
Andijon iqtisodiyot-qurilish instituti,
G‘ulomova M.U. 1-kurs talabasi
Andijon iqtisodiyot-qurilish instituti
Annotasiya: Maqolada yoshlarimizning tarbiyasida ajdodlarimizning merosi katta ahamiyatga ega ekanligi haqidagi fikrlar yoritilgan.
Кalit so‘zlar: yoshlar tarbiyasi, ajdodlar merosi, e’tiqod, ixlos, milliy an’analar, umuminsoniy qadriayatlar, hadis ilmi.
Muborak hadisi shariflarda “Al-ulamou varisatu I-Anbiyo” yaʼni “Olimlar Paygʻambarlarning meʼrosxoʻrlaridir” deb taʼkidlangan. Buni gʻazal mulkining sultoni buyuk mutafakkir bobokalonimiz Alisher Navoiy hazratlari ham quyidagicha nazmga solgani maʼlum:
Kishikim qilsa olimlarga taʼzim
Andoqki qilur Paygʻambarga taʼzim “.
Yoshlarni tarbiyasi, dunyoqarashi, butun ma’naviy fazilatlarining shakllanishi jamiyat taraqqiyotida juda katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda yoshlarimizning tarbiyasini ajdodlarimiz merosi orqali amalga oshirish davr taqozosi bo‘lib qolmoqda. Jamiyatni yangillash, taraqqiyot imkoniyatlarini tezlashtirishda ma’naviy olamni yangilash va boyitish kerak bo‘ladi. Tarbiya ishlarini amalga oshirishda dunyoqarash, e’tiqod, ixlos, milliy an’analar, umuminsoniy qadriayatlarni reja asosida uzluksiz amalga oshirib borishda ajdodlarimizning xadislari katta ahamiyatga ega.
Hadis ilmini oʻrganishdan maqsad talaba yoshlarni vatanga, oilaga mehr-muhabbatli boʻlish, sabr-toqat tushunchalarini anglash, insonparvar boʻlish, Islom va uning asosiy taʼlimoti mujassamlangan “Qurʼoni Karim”da insonni ham aqliy, ham axloqiy, ham jismoniy shakllantirishda, bir soʻz bilan aytganda komil insonni tarbiyalashda muhim manba sifatida oʻrganish.
Hadislar insonni kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan boʻlib, ushbu fazilatlar sirasiga oʻzgalarga mehr-oqibat koʻrsatish, sahiylik, ochiq koʻngillik, ota-ona, kattalarga va qarindoshlarga nisbatan muruvvatli boʻlish, ularga gʻamxoʻrlik qilish, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni ulugʻlash, halollik, poklik, doʻstlik, oliyjanoblik, rahm-shafqatlilik, kamtarlik, rostgoʻylik va vijdonlilik kabi xislatlar kiritiladi. Bundan tashqari insonning oʻzini yomon illatlardan tiyilishi, yaxshilik sari intilishi kerakligi borasida pand-nasihatlar ham oʻz aksini topganki, bularning barchasi Qurʼoni Karimda qayd etilgan koʻrsatmalarga asoslangan va komil insonni shakllantirishda asosiy mezon boʻlib xizmat qiladi.
Islom taʼlimoti gʻoyalariga koʻra har bir musulmon eng avvalo iymonli boʻlishi kerak. Qurʼoni Karimda taʼkidlanganidek, Islom dini taʼlimotining yaratilishidan muddao, murod kishilarda iymon, eʼtiqodni shakllantirishdir. Hadislarda iymonning mukammal va mustahkam boʻlishi quyidagi 3 shartga qatʼiy amal qilinishiga bogʻliqligi koʻrsatilgan:

  • Toʻgʻri eʼtiqodli boʻlmoq;

  • Kishilar bilan yaxshi munosabatda boʻlmoq;

  • Kishi oʻz ustida ishlamogʻi va oʻzini ibodatga va itoatga chaqirmogʻi.

Iymon daraxtga tenglashtiriladi va uning oltmishdan ortiq shohlari bor deya iymonning belgilari sanab oʻtiladi. Sanab oʻtilgan belgilarning har biri inson maʼnaviy qiyofasini shakllantiruvchi va mukammallashtiruvchi xislatlardir. Bular quyidagilardan iborat: “qoʻli bilan va tili bilan oʻzgalarga ozor bermagan kishi musulmondir”, “oʻzingiz yaxshi koʻrgan narsani birodaringizga ravo koʻrmaguningizgacha hech biringiz chinakam moʻmin boʻla olmaysiz” (3-4 boblar)”, uchta xislatni oʻzida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal boʻlgaydir:

  • Insofli va adolatli boʻlmoq;

  • Barchaga salom bermoq;

  • Kambagʻalligida ham sadaqa berib turmoq.(20-bob);

Hadislarda inson maʼnaviy kamolotining mezoni, uning tafakkur doirasi, dunyoqarashining kengligi, ilmiy bilimlarni qay darajada egallaganligi, oʻz bilimi bilan atrofdagilar va jamiyatga foyda keltirguvchi shaxs boʻlib yetishishida muhim omildir deya koʻrsatiladi.
“Tolibi ilm qilish farzdir. Tolibi ilmga har bir narsa istigʻfor aytadi, hatto dengizdagi baliqlar ham”. Bilimsiz kishilarning nodonligiga zamin hozirlashi, ilmsiz jamiyatda esa jaholat hamda razolatning hukmronlik qilishi alohida taʼkidlab koʻrsatiladi. “Ilm oʻrganmoq va oʻrgatmoqning fazilati” borasidagi hadis (21-bob)da ilm oʻrganish koʻp yoqqan yomgʻirga qiyoslanadi va ilm ahli quyidagi 3 turga boʻlinadi:
“Baʼzi yer sof, unumdor boʻlib, yomgʻirni oʻziga singdiradi-da, har xil oʻsimliklar va koʻkatlarni oʻstiradi va baʼzi yer qurgʻoq, qattiq boʻlib, suvni emmasdan oʻziga toʻplaydir, undan Alloh taoloning bandalarifoydalangaydir. Odamlarsuvni ichgaydilar, hayvonlari va ekinlarini sugʻorgaydirlar. Baʼzi yer esa tekis boʻlib, suvni oʻzida tutib qolmaydir, koʻkatni ham koʻkartirmaydir. Buni quyidagicha muhoyasa qilishmumkindir: Bir kishi Alloh ilmini (Islomni) teran oʻrganadir, teran tushunadir, undan manfaatlanadir va Alloh yuborgan hidoyatni oʻzi oʻrganib, oʻzgalarga ham oʻrgatadir. Ikkinchi bir kishi ilm oʻrganib, odamlarga oʻrgatadir. Ammo, oʻzi amal qilmaydir. Uchinchi bir kishi mutakabbirlik qilib, oʻzi ham oʻrganmaydir, oʻzgalarga ham oʻtgatmaydir”.
Ammo ilmga eʼtiborsizlik va nodonlik (jaholat)ning avj olishi jamiyatning inqiroziga olib keladi. Hatto “Rasululloh (s.a.v) quyidagilar qiyomatning alomatlaridir, deganlar: ilmning susaymogʻi, jaholatning kuchaymogʻi, zinoning avj olmogʻi, xotinlarning koʻpaymogʻi, erkaklarning ozaymogʻi”.
Demak, qiyomatni odamlarning oʻzlari sodir etadilar. “Ilm ravnaq topmagan mamlakatda zino avj olgan, oʻzaro urushlar kuchayib, erkaklar ozayib ketganda albatta qiyomat qoyim boʻladi” (22-bob). Shu bois” Ilmga amal va rioya qiluvchi boʻlinglar, uni faqat hikoya qiluvchi boʻlmanglar”-deyiladi (673-hadis). Islomda ikki xil ilm haqida soʻz yuritiladi. Biri huquqiy (fiqh), diniy yoʻl-yoʻriqlar toʻgʻrisidagi ilm boʻlsa, ikkinchisi dunyoviy ilmlardir. Har ikki turdagi bilimlarni chuqur egallash va unga qatʼiy amal qilish har bir moʻmin uchun farz hisoblanadi. “Ilmning ofati unutishdir. Uni noahil kishiga gapirish esa uni zoye qilishdir” mazmunidagi hadis orqali va puxta bilimlarigagina ega boʻlgan kishilarning atrofidagilarga ilm berishining maqbul ekanligiga urgʻu beriladi. Shuningdek, hadislarda ilmning kishilarni fahm-farosatli, oʻtkir zehnli, zukko hamda hotirani kuchli qilishdagi ahamiyati ham taʼkidlanadi va “Ilmu hunarni Xitoydan boʻlsa ham borib oʻrganinglar”-deya daʼvat etiladi. “Olim boʻl, ilm beruvchi boʻl yoki ilm oʻrgatuvchi boʻl yoki tinglovchi boʻl. Beshinchisi boʻlma halok boʻlasan” mazmunini ilgari suruvchi hadisning bayon etilishi orqali ham ilmli boʻlish insonni falokat va uning yomon oqibatlaridan saqlovchi omil ekanligiga urgʻu beriladi (41-hadis).
Yoshlarimizni allomalar haqidagi va hadislarimizdagi tarbiyaviy pand-nasihatlarni haqidagi bilimlarini boyitib, ularning madaniy va intellectual salohiyatini oshirishga harakat qilish har birimizning vazifamizdir.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish