Eshkak eshish nazariyasi va uslubiyati


Baydarkada eshkak eshishda muvozanat saqiash va



Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/111
Sana25.01.2023
Hajmi7,65 Mb.
#902499
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   111
Bog'liq
Eshkak eshish nazariyasi va uslubiyati. Korbut V.M

14.2. Baydarkada eshkak eshishda muvozanat saqiash va
baydarkani boshqarishni o‘rgatish
Texnikaning bu ikki elementi bir vaqtning o'zida egallanadi. Bular 
bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Texnikaning bu elementlarini 
tez o £z!ashtirish uchun barqarorligi kuchaytirilgan qayiqlardan va 
maxsus moslama bilan jihozlangan qayiqlardan foydalaniladi.
M uvozanat saqlashni egallash u ch u n maxsus m ashqlardan 
foydalaniladi:
Qayiq tubiga o ‘tirgan holda (o‘rindiqsiz, ya’ni slyadsiz) eshkak 
eshish, ikkitalik baydarkada yuqori malakali eshkak eshuvchi bilan 
eshkak eshish. Ikkinchi raqamdagi yuqori malakali sportchi eshkak 
yuzasi bilan suvga tayanib, qayiq muvozanatini ushlaydi.
Muvozanat saqlashni o ‘rgatish bilan bir vaqtning o'zida qayiqni 
boshqarish ham o‘rgatiladi: qirg‘oqdan uzoqlashsish va qirg£oqqa 
yaqinlashish, baydarkani to ‘xtatish, qayiqni belgilangan kursda 
ushiab turish, murabbiy buyniqJarini bajarish.
89


Baydarkani kursda ushlashni bajarishda olib o ‘tishni chap va 
o ‘ng bortlarga bir xil kuchlanish berish va rulni belgilangan holatda 
o ‘matish yo'li orqaii erishiladi. Belgilangan m o ljal yo‘nalishida eshkak 
eshish, bir eshkak bilan oldinga va ikkinchisi bilan ortga eshish 
orqaii burilishlarni bajarish baydarkani boshqarishni tez egallash 
imkonini beradi.
14.3. Baydarkada eshkak eshishda eshish texnikasini
o‘rgatish va uni takomillashtirish
Eshish texnikasini о ‘rgatish va uni takomillashtirish eshkak eshish 
basseynida o ‘quv apparatida amaiga oshiriladi.
Suvni ilish. Suvni ilishning asosiy vazifasi — eshkak yuzasining 
suvga tayanch olishidadir. Eshkak yuzasi ch o ‘zilgan qo‘l bilan iloji 
boricha oldinda ushlanadi. Eshkakni tushirish bilan bir vaqtning 
o ‘zida eshkak yuzasini yoy b o ‘yicha pastga harakatlantirisb uchun 
tortuvchi qo ‘l oldinga-yuqoriga to ‘g ‘irlanadi. Texnikaning asosiy 
elem enti — suvni ilish holatidan eshkakni tortish holatiga o ‘tishdir. 
Eshkakni tortish eshkak eshuvchi gavdasining vertikal o ‘q atrofida 
burilishi evaziga yuzaga keladi. Quyidagi mashqlarni qo‘llash m um ­
kin: eshkakning bir yuzasi bilan suvni ilish. Mashqdan eshkakning 
havodagi n o to ‘g ‘ri harakatini kamaytirish va eshkak yuzasi bilan 
suvni urishning oldini olish uchun foydalaniladi.
Eshkak eshuvchi dastlabki holatdan eshkak yuzasi bilan suvni 
iladi, keyin yana dastlabki holatga qaytadi (bu bilan noto‘liq olib 
o ‘tish kuzatiladi).
Olib o ‘tish. Gavdaning vertikal o ‘q atrofida kuchlanish yo ‘nalishi 
qayiq harakatiga parallel o ‘tishiga erishish zarur. Olib o ‘tishda gavda 
va qo‘l harakatlari bir-biriga mos harakatlanishi m uhim hisoblanadi. 
Q o‘lning tortish harakati gavda harakatiga nisbatan yengil o ‘zlash- 
tiriladi. Bu vazifani yechishni yengillashtirish uch u n quyidagi 
mashqlar qollaniladi:
Quruqlikda: yuqori tayanch da yoki o ‘quv apparatida o ‘tirgan 
holda eshkak yelkaga gorizontal va q o ln i tortib gavdani vertikal o ‘q 
atrofida aylantirish.
Qayiqda: eshkakni keng ushlab eshish. Bunday eshishda q o ‘ 
harakati turg‘unlashib, gavda harakati faollashadi.
90


Olib o lishning oxiri — eshishni bajarish ning muhim elcmeiU- 
laridan biridir. Bunda quyidagi talablarga amal qilish zarur:
• eshkak yuzasini sudan chiqarishda suv sachratmaslik;
• eshkakning dastlabki holatiga (qarama-qarshi bortga) olguncha 
eshkak yuzasining suvga tayanchini saqiash.
Olib o lis h oxirida kuchlanish berib eshkak eshish mashqi ham 
qollaniladi. Bu mashqni bajarish uchun suvni ilishda eshkak yuza­
sini biroz oldinroqqa o lk azish va olib o lish n in g ikkinchi yarmi 
ham da oxirini bajarishda panja va tirsakning to ‘g‘ri holatni saqla- 
shiga e ’tibor berish kerak. Mashq nafaqat olib o lis h oxirini baja- 
rishni yaxshilashga, balki yangi shugullanuvchilarda ko‘p uch ray- 
digan tortuvchi panjaning ichkarsga burilishini va eshkak yuzasining 
suvni orqaga «otish»ining oldini oladi.
Eshish texnikasini takomillashtirishda quyidagi mashqlar qo‘l- 
laniladi:
1. Suvni ilishga kuchlanish berish bilan eshkak eshish. Asosiy 
diqqat qo‘l harakatlariga, eshkak yuzasi va qayiq tezligining mosligiga 
qaratiladi.
2. Olib o lis h oxiriga kuchlanish berish bilan eshkak eshish. Asosiy 
diqqat eshkak yuzasining suvdan chiqish paytida panja va tirsak 
harakatiga qaratiladi.
3. Butun olib o lish g a kuchlanish berish bilan eshkak eshish. 
Asosiy diqqat gavdaning vertikal o ‘q atrofida avlanishiga va eshkak 
yuzasining suvga doimiy tayanchiga qaratiladi.

Download 7,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish