Himoya mexanizmi - bu xatar yoki xavotir manbaini buzib ko’rish rad etish yoki qochish mumkin bo’lgan har qanday jarayon. Himoya mexanizmlari, shuningdek, bizning “Men” ligimizni ideallashtirilgan obrazini tartibga solishga hamda o’zimizni qabul qilishimiz qulay bo’lishi uchun yordam beradi. Zigmund Freyd birinchilardan bo’lib, himoyaning ko’p turlarini identifikatsiyalangan va bu mexanizmlar ongsiz tarzda harakat qilishini taxmin qilgan. Himoya mexanizmlarini juda ko’p qo’llovchi insonlar yaxshi moslashmay qoladilar, chunki ular emotsional energiyalarining ko’pini xavfni nazorat qilish va o’zi haqidagi yolg‘on tasavvurlarini Shunga qaramay himoya mexanizmlarini foydasi mavjud. Ular ko’pincha xavfni engib o’tishga yordam beradi. Bizda xavfdan samarali qutilish va muammoga diqqatni qaratishga vaqt paydo bo’ladi. Agar siz bizning aytganlarimizdan o’zingizga taalluqliligini olgan bo’lsangiz, bu siz o’zingizni faqatgina himoya qilaverasiz degani emas. Avval ta‘kidlaganimizdek, hamma ham himoya mexanizmlarini qo’llab turadi.
Himoya mexanizmlarining ikkita asosiy tavsifnomalari mavjud:
1 .Reallikni rad etish yoki buzish.
2.Ongsiz darajadagi faoliyat.
Ko’pincha odamlar himoya mexanizmlarini bitta turini emas, balki ulami kompleks tarzda qo’llashni ma‘qul ko’radilar. Bundan tashqari ko’pchilik insonlarda bitta mexanizmlami boshqasidan afzal ko’rish moyilligida, ya‘ni xuddi ulaming qo’llanilishi odat tusiga aylangandek tuyuladi. Psixologik himoya mexanizmlarining turlari.
Siqib chiqarish- bu yoqimsiz flkr, istak yoki tuyg‘ulami ongsiz, beixtiyor ravishda chiqarib tashlash jarayoni. Z.Freyd motivatsion unutish orqali himoya mexanizmini to’liq ifodalab bergan. U simptomlaming shakllanishida muhim rol‘ o’ynaydi. Bu mexanizmning faoliyati xavotirlikni kamaytirish jarayonida yetarli bo’lmaganda hamda siqib chiqarilgan maiumotni buzilgan holda anglashga yordam beruvchi boshqa himoya mexanizmlari ishga tushadi. Maiumki, psixologiya fanida himoya mexanizmlarini ikkita kombinatsiyasi keng tarqalgandir:
Siqib chiqarish+siljish. Bu kombinatsiya faollik reaksiyalarining yuzaga kelishiga yordam beradi. Siqib chiqarish va siljish mexanizmlari dushmanlikka qarshi himoyani ifodalaydi.
Siqib chiqarish+konversiya - bu kombinatsiya isterik reaksiyalaming asosini tashkil qiladi.