Ёш даврлар психологиясининг предмети, назарий ва амалий вазифалари



Download 8,02 Mb.
bet40/189
Sana01.03.2022
Hajmi8,02 Mb.
#476615
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   189
Bog'liq
1 маъруза

Ettinchi bosqich inson hayotiy yo’lining ulg’aygan bosqichida markaziy bosqich sifatida ko’rib chiqiladi. E.Erikson bo’yicha shaxs rivojlanishi uning butun hayoti davomida davom etadi. (Eslatib o’tamiz, Z.Freyd uchun “inson o’z bolaligining jamiyat tomonidan doimiy ravishda cheklovlami his qiladigan o’zgarmas mahsuli bo’lib qoladi!”). Shaxs rivojlanishi bolalar tomonidan o’zining boshqalarga kerakliligi sub’ektiv tuyg’usini tasdiqlaydigan ta’sir sharofati bilan davom etadi. Unumdorlik va natija (naslning davom etishi) bu bosqichda shaxsning asosiy tavsifnomasi sifatida yangi avlod tarbiyasi to’g’risidagi g’amxo’rlikda, mahsuldor mehnat faoliyati va ijodkorlikda ro’yobga chiqadi. Inson nimaiki qilsa, o’zining “Men”idan bir qismini qo’shadi va bu shaxsiy boyishga olib keladi. “Yetuk inson, - deb yozadi E.Erikson, - kerakli bo’lishga ehtiyojmand bo’ladi va yetuklik g’amxo’rlik qilish kerak bo’lgan o’z zurriyotlari tomonidan rahbarlik qilish va rag’batlantirishga muhtoj bo’ladi”. Bunda gap faqat o’z bolalari to’g’risida borishi shart emas.
Aksincha, agar rivojlanishning noxush vaziyati yuzaga kelgan holatda qoloqlik va sustlik, shaxsiy ma’naviy qashshoqlikka olib keladigan o’ziga nihoyatda yuqori e’tibomi jamlash paydo bo’ladi. Bunday odamlar o’zlariga o’zlarining shaxsiy va yagona farzandi sifatida qaraydilar. Agar sharoit bunday tendensiyaga qulaylik tug’dirsa, unda shaxsning jismoniy va psixologik jihatdan nogironlashuvi boshlanadi. Agar oldingi bosqichlar oqimida kuchlar nisbati omadsiz tanlov foydasiga hal bo’lsa, demak u awalgi bosqichlarning barcha bilan tayyorlangan. Takrorlanmas individuallikning bo’lagi joylangan boshqalar to’g’risida g’amxo’rlik qilish, ijodiy imkoniyat, buyumlar yaratish istagi o’z-o’zini eb bitirish va shaxsiy inqirozga yuz tutishning ehtimoliy shakllanishini bartaraf etishga yordamlashadi.
Hayotiy yo’lning sakkizinchi bosqichi egotenglikning yangi tugallangan shakllariga erishish bilan xarakterlanadi. Qay tarzdadir odamlar va buyumlarga nisbatan g’amxo’rlikni namoyon qilgan va hayotning ajralmas qismi bo’lmish muvaffaqiyat hamda umidsizliklarga moslashgan, bolalar ota-onasi va buyumlar hamda g’oyalar yaratuvchisida - faqat unda sekin-asta barcha etti bosqich mahsuli - shaxs yaxlitligi aks etiladi. E.Erikson bunday qalbga oid holatning bir necha tarkibiy qismlarini ta’kidlaydi: bu tartib va mazmunlilikka o’zining sodiqligida o’sib bomvchi shaxsiy ishons; bu qanday baho evaziga erishilishidan qat’i nazar yashab o’tgan luiyotning ma’naviy mazmuni va jahon miqyosidagi tartibni boshdan kechirish kabi postnarsistik muhabbat; bu o’z hayotiy yo’lini yagona kerakli va alishtirishga muhtoj bo’lmagan sifatida qabul qilish; bu yangi, oldingisidan farqli, o’z ota-onasiga bo’lgan muhabbat; bu o’tgan vaqt tamoyillari va har xil turdagi faoliyatga ulaming insoniy inadaniyatda qay tarzda namoyon bo’lishlariga ko’ra ko’ngil qo’ygan munosabatdir. Bunday shaxs egasi alohida odamning hayoti faqat tarixning yagona bo’lagi bilan yagona hayotiy siklning tasodifiy bir -biriga mos kelishi va bu fakt oldida о’limning o’z kuchini yo’qotishini tushunadi. Donishmand hind, asl jentel’men va vijdonli dehqon bu shaxsiy bir butunlikning yakuniy holatini to’liq darajada idrok etadi va uni bir- biridan bilib oladi.
Rivojlanishning bu bosqichida E.Erikson o’lim oldida hayotga chetlashgan qiziqish sifatida ta’rif bcrgan oqillik vujudga keladi. Aksincha, bu shaxsiy integratsiyaning yo’qligi o’lim qo’rquviga olib keladi. Umidsizlik yuzaga keladi, shaxsiy yaxlitlikka boshqa yo’llar bilan erishish niyatida hayotni yangidan boshlash uchun nihoyatda kam vaqt qolgan. Epigenez davomida asosiy vazifalami hal qilishda ijobiy va salbiy tendensiyalaming kurashi natijasida shaxsning asosiy “yaxshi fazilatlari” shakllanadi. Biroq modomiki ijobiy tuyg’ular doimo mavjud bo’larkan va bir-biriga qarshi turarkan, unda “yaxshi fazilatlar” ham ikki qutbga ega bo’ladi. Demak, asosli ishonch asosli ishonchsizlikka qarshi UMID - YIROQLASHISHni; uyat va shubhaga qarshi avtonomlik - IRODA - TA’SIRCHANLIKni; aybdorlikka qarshi tashabbuskorlik - MAQSADGA INTILUVCHANLIK - LOQAYDLIKni; shaxsiy to’laqonli emaslikka qarshi mehnatsevarlik - KOMPETENTLILIK - INERSIYAni; tenglik diffuziyasiga qarshi tenglik - SADOQAT - VOZ KECHISHni; yolg’izlikka qarshi yaqinlik - MUHABBAT - ODAMOVILIKni; o’z-o’zini eb bitirishga qarshi natija - G’AMXO’RLIK - RAD ETISHni; hayotga qiziqishni yo’qotishga qarshi egointegratsiya - OQILLIK - NAFRATni tug’diradi.
E.Erikson 3.Freydning izdoshi. AQSH ning 200 yilligiga bag’ishlab nashr qilingan “Mashhur amerikaliklar lug’ati”da u “Freyddan keyin psixoanalitik an’anada ishlaganlar ichida ijodiy munosabatda birmuncha yorqin” shaxs sifatida tilga olingan.N.Lyalikov ta’kidlaganidek, E.Eriksonda birmuncha qadrlisi - bu uning ta’limotidagi asosiy mag’iz, ya’ni shaxsiy va guruhli tenglik, psixik moratoriya tushunchalarini ishlab chiqqani, tenglikning o’spirinlik inqirozi to’g’risidagi ta’limotidir. E.Erikson o’zini Freyd konsepsiyasini kengaytirgan, uning doirasidan chiqqan deb hisoblaydi.
Birinchidan, u urg’uni “UNDAN” “MENGA” ko’chirdi. E.Erikson so’zlari bo’yicha uning “Bolalik va jamiyat” kitobi - “Men”ning jamiyatga munosabati to’g’risidagi psixoanalitik ishdir. E.Erikson anglanmagan motivatsiya g’oyasini qabul qiladi, biroq o’z tadqiqotlarini asosan ijtimoiylashuv jarayoniga bag’ishlaydi. Ikkinchidan, E.Erikson bola rivojlanadigan yangi tizimni kiritadi. 3.Freyd uchun bu uchburchak: bola-ona-ota. E.Erikson rivojlanishni “Men” rivojlanadigan tarixiy reakllikni ta’kidlagancha ijtimoiy munosabatlaming hiyla keng tizimida ko’rib chiqadi. U oila a’zolari va ijtimoiy-madaniy reallik o’rtasidagi munosabatlar dinamikasiga taalluqli. Uchinchidan, E.Erikson nazariyasi vaqt va uning o’zi mansub bo’lgan jamiyat talablariga javob beradi. E.Eriksonning maqsadi - psixologik hayoti inqirozlami bartaraf etish uchun genetik imkoniyatlami aniqlaydi. Agar Z.Freyd o’z ishlarini patologik rivojlanish etiologiyasiga bag’ishlagan bo’lsa, unda E. Erikson asosiy e’tibomi psixoanalitik nazariyaga yangi yo’nalish bergancha psixologik inqirozlami muvaffaqiyatli hal qilish shartlarini o’rganishga jamladi.
E.Eriksonning konsepsiyasi shaxs hayotiy yo’lining epigenetik konsepsiyasi deb nomlanadi. Ma’lumki, epigenetik tamoyil embrional rivojlanishni o’rganishda foydalaniladi. Shu tamoyilga ko’ra barcha o’sayotgan narsa umumiy rejaga ega. Bu umumiy rejadan kelib chiqqancha, alohida qismlar rivojlanadi. Shu bilan birgalikda, ulaming har biri imtiyozli rivojlanish uchun birmuncha yoqimli davrga ega. Barcha qism rivojlanib, funksional yaxlitlikni shakllantirmaguncha shunday davom etadi. Biologiyada epigenetik konsepsiyalar yangi shakl va tuzilmalaming yuzaga kelishida tashqi omillaming rolini ta’kidlaydi. E.Erikson nuqtai nazari bilan bosqichlaming izchilligi - biologik yetilish natijasi, biroq rivojlanish mazmuni inson mansub bo’lgan jamiyat undan nimani kutishi bilan beglilanadi. E.Erikson bo’yicha har qanday odam, u qanday madaniyatga mansub bo’lmasin, bu barcha bosqichlami o’tashi mumkin, hammasi uning hayoti qanday davomlilikka ega ekani bilan bog’liq. Amalga oshirilgan ishlarni baholagancha E.Erikson uni davrlarga bo’lishni shaxs nazariyasi sifatida ko’rib chiqib bo’lmaydi. Uning fikriga ko’ra bu faqat bunday nazariya yaratishga kalit, xolos.
Erikson sxemasining diagonali shaxs rivojlanishi bosqichlarining ketma-ketligini ko’rsatadi, biroq uning shaxsiy so’zlari bo’ycha u tezlik va jadallikda variatsiya uchun bo’shliq qoldiradi. “Epigenetik diagramma bir biriga bog’liq bo’lgan bosqichlar tizimini sanab o’tadi, va garchi individual bosqichlar kam yoki ko’p izchillik bilan tadqiq etilgan yoxud kam yoki ko’proq munosib tarzda nomlangan bo’lsa-da bizning diagrammamiz tadqiqotchiga ulami o’rganish qachonki bosqislarning bor tizimini yaxlit holda inobatga olganda maqsadga erishtirishini aytib beradi. Diagramma uning barcha bo’sh kvadratlarini fikrlashga undaydi”. SHunday qilib, E.Erikson so’zlariga ko’ra “epigenez sxemasi metodologiya va frazeologiya qismlarini kelgusida o’rganish uchun ochiq qoldirgancha tafakkur va mulohaza qilishning global shaklini nazarda tutadi”. Erikson konsepsiyasining bayonini uning suyukli faylasufi K’erkegoming: “Hayot teskari tartibda tushunilishi mumkin, biroq uni boshidan yashash kerak”, - degan so’zlari bilan yakunlash mumkin.

Download 8,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish