Ёш даврлар психологиясининг предмети, назарий ва амалий вазифалари


- mavzu. Psixologik maktablarda rivojlanish nazariyalari



Download 8,02 Mb.
bet35/189
Sana01.03.2022
Hajmi8,02 Mb.
#476615
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   189
Bog'liq
1 маъруза

7- mavzu. Psixologik maktablarda rivojlanish nazariyalari.
Reja:
1.Bolalik psixoanalizini shakllanishi.
2. Ijtimoiylashuv muammosi.
3. Kognitiv yo‘nalishda rivojlanish psixologiyasi.
4.Tarixiy-madaniy yo‘nalishda rivojlanish psixologiyasi.
Tayanch so’zlar: shaxs, bolalik psixoanalizi, ijtimoiylashuv, ijtimoiy o‘rganish kontseptsiyasi.


1.Bolalik psixoanalizini shakllanishi. Bolalik psixoanalizi. Klassik psixoanaliz nuqtai nazaridan bolalar bilan ish olib borish qiyinchilik tug’dirgani uchun Freydning izdoshllari A.Freyd va M.Klyayn o’zlarining bolalar psixoterapiyasi variantlarini ishlab chiqdilar. A.Freyd (1895-1982) “Bolalar psixoanaliziga kirish( 1927), “Bolalikdagi norma va patologiya” (1966) bolalar psixoanalizi asoslarini bayon etdi. Psixolog bola xulq-atvoridagi qiyinchilik sabablarini tushunish uchun nafaqat bola psixikasining ongsiz qatlamlariga kirishi, balki shaxsning barcha uch tarkibiy qismlari (Men, U, Oliy Men) haqida har tomonlama ma’lumotlarga ega bo’lishi, ulaming tashqi dunyo bilan munosabatlari, psixologik himoya mexanizmlari va ulaming shaxs rivojlanishidagi roli haqida bilishi zarur.
A.Freydning ta’kidlashicha, bolalar psixoanalizida birinchidan, kattalar bilan umumiy analitik metodlardan foydalanish mumkin emas: gipnoz, erkin assotsiatsiyalar, tushlar talqini, qarama-qarshiliklar tahlili va ko’chirish. Ikkinchidan, u bolalaming tahlil qilish texnikasi o’ziga xosligini ko’rsatib o’tdi. A.Freyd Menni tadqiq etuvchi yangi texnik metodlarni taklif etdi. Ulardan biri transformatsiyalar analizidir. Uning fikricha, kutilgan va namoyon qilingan emotsional reaksiyalarning mos kelmasligi bolada himoya mezanizmlari ishga tushganligidan dalolat beradi. Shunday qilib, bolaning Meniga kirish imkoniyati tug’iladi.
Ingliz psixoanalitiki M.Klayn (1882-1960) bolalar psixoanalizini tashkil etishda o’z variantini ishlab chiqdi. Bunda u bolaning to’satdan o’yin faoliyatidagi faolligiga e’tibor qaratdi. A.Freyddan farqli ravishda M.Klyayn bolalarning ong ostiga to’g’ridan to’g’ri kirish mumkinligi haqidagi fikrni ilgari surdi. Uning fikricha, harakat nutqqa nisbatan bolaga ko’proq xos, erkin o’yin kattalardagi assotsiatsiyaga o’xshaydi; o’yin bosqichlari - bu kattalardagi assotsiativ mahsulotning analogidir. Terapevt bolaga kichik o’yinchoqlar to’plamini, “butun dunyo kichiklashtirilgan” to’plamni taklif etadi va bir soat davomida bolaga erkin harakat qilish imkonini beradi.
Hozirgi zamon psixoanalitikasi bolalarni tarbiyalash va rivojlanishi haqida. Bolalar psixikasini psixoanaliz va o’yin texnikasi yoradamida o’rganish ularning emotsional sohasi haqidagi tasavvurlarni kengaytirdi. Bolalar psixoanalitiki Dj.Boulbi bolalarning emotsional rivojlanishiga e’tibor qaratdi. Uning bog’lanib qolish nazariyasi zamonaviy biologik va psixologik ma’lumotlar hamda rivojlanishning ana’anaviy psixoanalitik tasavvurlarini birlashtirishga asoslangan. Boulbining asosiy g’oyasi shundan iboratki, ona bolaga nafaqat dastlabki organik ehtiyojlarini qondirish uchun emas, muhimi ona bolaga bog’lanib qolish hissini yaratadi. Dastlabki oylarda bolaning yig’lashi, kulishlari onaning g’amxo’rligi, tashqi xavfsizligi, himoyalanganligidan darak beradi. Emotsional himoyalangan bolaning sog’lom psixik tarqqiyot yo’llari ochiq bo’ladi. Ona bilan bola orasidagi dastlabki emotsional “bog’lanishning buzilishi” psixik kasalliklar va shaxsiy muammolarning vujudga kelish xavfini oshiradi (masalan, depressiv holatlar). Boulbining g’oyalari hayotga tatbiq etilib, 1950 yillardan kichik bolalarlarni kasalxonalarda onasidan ajratmaslik haqida qaror qabul qilinib, amalda joriy etildi.
E.Fromning bola tarbiyasida ota va onaning roli haqidagi fikrlari ham e’tiborga loyiq. Onaning bolaga muhabbati shartsiz zarur: bola borligi uchun yaxshi ko’riladi. Ona hayotga ishonishi va ortiqcha xavotirlanmasligi zamr, shundagina u bolaga xavfsizlik hissini uzatishi mumkin. Otaning muhabbati - shartli muhabbatdir, uni majburiyatlarni bajarib, tartibga rioya qilib, kutilmalarga mos harakat qilib qozonish mumkin. Bolalar psixoanalizi ta’lim va ijtimoiy sohalarda ishni tashkil etishda, ota-onalar bilan ishlashda katta ta’sir ko’rsatadi. Uning asosida “xatar guruhi” bolalari uchun turli xil “ota-ona -bola” munosabatlarini tuzatish bo’yicha dasturlar tuzildi. Zamonaviy psixoterapiyaning maqsadlari juda keng sohalarda qo’llanilmoqda: nevrotik belgilarni yo’qotishdan, xavotirlanishni kamaytirish, aqliy faoliyatni tashkil etish o’zgarishlarigacha xulq-atvorni yaxshilashdan iborat.

Download 8,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish