Ёш даврлар психологиясининг предмети, назарий ва амалий вазифалари



Download 8,02 Mb.
bet34/189
Sana01.03.2022
Hajmi8,02 Mb.
#476615
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   189
Bog'liq
1 маъруза

Ratsionallashtirish - aslida mumkin bo’lmagan fikr, tuyg'u, xulq-atvorlarini oqlashga ishonchli sabablami topuvchi himoya mexanizmi. Ratsionallashtirish - psixologik himoyaning eng keng tarqalgan mexanizmi, chunki bizning xulq- atvorimiz ko’plab omillar orqali aniqlanadi va biz uni o’zimiz uchun ma‘qul bo’lgan yo’l bilan tushuntirganimizda ratsionallashtirgan bo’lamiz. Ratsionallashtirishni ongsiz mexanizmini to’qib chiqarilgan yolg‘on, firib yoki mug‘ombirlik bilan aralashtirib bo’lmaydi.
Intellektualizatsiya - bu himoya mexanizmi emotsional his-tuyg‘u va kechinmalami bartaraf etish maqsadida namoyon bo’ladi. Intellektual zaxiralami katta miqdorda qo’llashni taqozo etadi.
Kompensatsiya yoki sublimatsiya bu real yoki hayotiy kamchiliklami ongsiz tarzda bartaraf etish harakati. Kompensatorlar harakat universialdir, chunki statusini egallush deyarli barcha insonlarning istagidir. Kompensatsiya ijtimoiy yaroqli (ko’zi ojizning musiqachiga aylanishi) va yaroqsiz (bo’yi past insonni) agressivlik va hokimlikka intilishi bilan kompensatsiyalash, nogironlikni qo’pollik va nizolashuvchanlik bilan kompensatsiyalash bo’lishi mumkin. Shuningdek, to’g‘ri kompensatsiya (yutuqsiz yutuqqa erishib bo’lmaydigan sohada omadga intilish) va bavosita kompensatsiyaga (o’zini o’zi boshqa muhitda tasdiqlashga intilish) ajratiladi.
Reaktiv tuzilmalar himoya mexanizmini anglash uchun to’g'ri kelmaydigan mayl, istak va tuyg'ulami, ayniqsa, jinsiy va agressiv ma'no jihatdan unga qarama qarshi munosabat yoki harakatlarni rivojlantirish yoki urg‘u berish yo’li bilan almashtiradi. Bu himoya mexanizmining rivojlanishi inson oliy ijtimoiy (axloqiy) qadriyatlami o’zlashtirishi bilan bog'laydilar. Reaktiv tuzilish xursandchilik emotsiyalarini ushlab turish uchun qo’llaniladi. Bu mexanizm harakatdagi qarama-qarshi ustanovkalami amalga oshirishni taqozo etadi. Shu jumladan, qarashlaming mustahkam belgilanganligi, uyatchanlik, muruwat hamda raxmdillik va boshqalar.
Himoya ikki bosqich xarakterga ega. Avval mumkin bo’lmagan istak siqib chiqariladi, so’ng uning antitezasi kuchayadi. Masalan, haddan tashqari vasiylik rad etilganlik hissini, haddan ziyod ijobiy va muloyim xulq dushmanlikni berkitishlari mumkin va boshqalar.
Reallikni rad etish bu anglanilgan vaziyatda og'riqli bo’ladigan o’y-fikr, tuyg‘u, istak, talab yoki reallikni rad etuvchi mexanizm. Rad etish atrofdagilaming befarqligi va rad etilishini ko’rsatsalar, ulami qabul qiluvchi emotsiyalami ushlab qolish maqsadida rivojlanad, harakatlaridan xuddi muammolari yo’qdek tuyuladi. Rad etish mexanizmining ko’p miqdori bolalar uchun xarakterlidir. Kattalar rad etish mexanizmini inqirozli vaziyatlarda qo’llaydilar.
Siljish (o’rnini almashtirish) - kuchliroq, kattaroq va ahamiyatliroq sub‘ekt bilan nizoli vaziyat yuzaga kelganida o’zining agressiya, jahl emotsiyalarini chiqarib tashlaganda bu xavfga aylanadi.
Bolalikdagi jinsiylik tushunchasiga yondashuvlar Freyd tomonidan 20 asr boshida “Jinsiylik nazariyasi bo’yicha 3 ocherk” nomli asarida yoritilgan. U quyidagi fikrdan kelib chiqqan, inson ba‘zi miqdordagi jinsiy energiya bilan tug'iladi (libido) u ma‘lum ketma-ketlikda tananing turli a‘zolariga ko’chadi. Freyd psixojinsiy bosqichlami ochilishi ketma-ketligini organizmning yetilishiga ko’ra, belgilangan (rivojlanishning biologik omillari) va bu bosqichlar universial va barcha insonlarga ulaming madaniylik darajasiga qaramay xosdir. Z.Freydning yosh rivojlanishi davrlarini shaxsning psixojinsiy nazariyasi deb ataldi, chunki uning nazariyasini markazida jinsiy instinktlar turadi, bu keng ma'noda qoniqish deyiladi.
Jinsiy rivojlanish bosqichlari. Psixologiya deb nomlangan ilm-fanning yangi sohasi falsafa va biologiya fanlari negizida rivojlangan. Vundt ham faylasuf, ham psixolog bo’lgan. Zigmund Freyd o’zining shaxs nazariyasiga oid ta‘sirli qarashlari bilan mashhur bo’lgan avstriyalik fizik hisoblanadi. Shvetsiyalik biolog Jan Piaje o’tgan asrda bolalami kuzatish sohasida yetakchilardan bo’lgan.
Zigmund Freyd fikriga ko’ra, bolalik davrida hissiyotlarga ko’rsatilgan ta'sir, keyinchalik shaxsning o’z-o’zini anglashida namoyon bo’ladi. Shundan boshlab « 1920-yilda psixologiya “ruhiy hayot” haqidagi fan sifatida vujudga keldi. Freyd nazariyasi gumanistik nazariyaga qarshi qaratilgan hisoblanadi. Freyd nazariyasi psixoseksual nazariya hisoblanadi, yoshni darlarga bo’lishda ham u jinsiy ehtiyoj “libido”ga tayanadi.
1. Oral bosqich tug‘ilgandan 18 oygacha davom etadi. Psixojinsiy rivojlanishning boshlang‘ich bosqichida asosiy qoniqish manbai asosiy organik talabni qoniqtirish bilan qo’shiladi va ko’krak bilan oziqlantirish bilan bog‘liq harakatlami qo’shadi: emish, tishlash va yutish. Oral bosqichda boshqa odamlarga munosabatiga nisbatan ustanovkalari shakllanadi, ya‘ni tobelik, tayanch yoki mustaqillik, ishonch ustanovkalari va boshqalar. Ona bolasida jinsiy qiziqishlami yuzaga keltiradi uni sevishga o’rgatadi. Aynan qoniqishning optimal darajasi (stimul) oral zonada (ko’krakdan oziqlanish, emish) sogiom mustaqil katta hayot asoslarini yaratadi. Hayotining birinchi olti oyida onalik munosabatlarining chegarasi haddan ziyod yoki aksincha yetishmayotgan stimulyatsiya shaxsiy rivojlanishni buzadi, oral passivlik fiksatsiyasi sodir bo’ladi. Bu shuni anglatadiki, katta odam atrofdagi dunyoga moslashish usullaridan biri sifatida ishonuvchanlik, nochorlikni namoyish etadi, o’z harakatlarini chetdan ma'qullanishiga yordam sezadi. Haddan ziyod ota- ona mehri jinsiy etilishni tezlashtiradi va bolani “erkatoy” tobe qilib qo’yadi. Hayotni birinchi yilining ikkinchi yarimda tishlar chiqishi bilan asosiy e‘tibor tishlash va chaynashga qaratilganda oral bosqichni oral sadistik fazasi keladi. Oral sadistik fazasidagi katta odamda shunday xususiyatlami keltirib chiqaradiki, janjalkashlik, boshqalarga haddan ziyod tadlabchanlik munosabati pessimizm. Og‘iz qismi Freyd fikricha, odamning butun hayoti mobaynida muhim erogen zona bo’lib qoladi. Libidoni oral zonaga bog‘lanib qolishi ba‘zida tishlash, saqish chaynash va shu kabilarda namoyon bo’ladi.
2. Anal bosqich. Ochko’zlik, timoqlaming tishlanishi anal bosqichi Egoning yuzaga kelishi bilan bogiiq bo’lib, 1-1,5 yoshdan 3 yoshgacha to’g‘ri keladi. Anal erotika Freyd bo’yicha ichakni yaxshi ajratib chiqarish funksiyalari bilan bog'liq. Bu bosqichda ota-onalar farzandlarini hojatga o’rgatadilar, ilk bora unga instiktiv rohatlanishdan voz kechishni talab qilib, hojatga o’rgatish usullari kelajakda o’zini nazorat qilish va o’zini boshqarish shakllarini aniqlaydi. To’g‘ri tarbiyaviy yondashuv bolaning holatiga diqqat qilishga bolalami doimiy ichagini bo’shatishni rag‘batlantirib turishga tayanadi. Ozodalikni emotsional qo’llab quwatlash o’zini o’zi nazorat qilishni ifodalash sifatida Freyd bo’yicha tartiblilik shaxsiy sog'liq va hatto tafakkur egiluvchanligining shakllanishida uzoq muddatli ijobiy natijaga ega. Rivojlanishning salbiy variantida ota-onalar o’zlarini haddan ziyod qattiqqo’l va talabchan tutadilar, ozodalikni iloji boricha erta talab qiladi. Bu nnmlckvat talablarga javoban bolalarda norozilik an'analari yuzaga keladi. Bu fikNiitNiyiilnngan rcaksiyalar keyinchalik xulq-atvoming boshqa turiga ko’chib o’ziga yarasha shaxs tipini keltirib chiqaradi anal ushlab turuvchi (o’jar, qizg‘anchiq) yoki anal itarib chiqarib tashlovchi (xavotirli, impulsiv, buzilishga moyil).
3. Fallik bosqich (3-6 yosh) -psixoijtimoiy rivojlanish bosqichi shaxsiy genetal zonalarini inobatga olgan holda. Psixojinsiy rivojlanishning faollik bosqichida bola ko’pincha o’z jinsiy organlarini o’rganadi, bolalami dunyoga kelishi va jinsiy munosabatlar bilan bog‘liq savollarga qiziqish uyg'otadi. Aynan bu davrda har bir odamning individual rivojlanishida tarixiy nizo Edip kompleksi yuzaga keladi. 0’g‘il bolada onani egallash va otasini chetlashtirish istagi yuzaga keladi. Otasi bilan ongsiz raqobatga kirishib bola, u tomonidan jazoning qo’llanilishidan qo’rqadi. Bolaning ambivalent tuyg‘ulari (otaga nisbatan muhabbat) nafrat Edip kompleksi bilan kechuvchi 5-7 yosh oralig'ida bartaraf etiladi. O’zini otasi bilan tenglashtirish (intonatsiya, xulq-atvori gaplariga taqlid qilish, me‘yor, qoida, ustanovkalarini egallash) super Egoni yoki burchni, shaxsning tuzilmasini so’nggi komponentini yuzaga keltiradi. Qizlarda Freyd yetakchi kompleks elektra kompleksni nazarda tutadi. Elektra kompleksini hal etish ham o’zini onasi bilan tenglashtirib otasiga intilishni bosish bilan sodir bo’ladi. Qiz onasi bilan o’xshashligini kuchaytirib, otasiga simvolik yo’lni egallaydi.
4.Latent bosqich - jinsiy sokinlik 6-7 yoshdan 12 yoshgacha o’smirlik yoshi boshlangungacha davom etadi. Asosiy energiya kuchi o’qish, sport, bilishga intilish asosan o’zining jinsidagi tengdoshlari bilan do’stlashishga yo’naltiriladi. Freydning shaxs jinsiy shakllanishidagi bu uzilishining ahamiyatini oliy insoniy madaniyatni rivojlanishi uchun sharoit sifatida alohida ta'kidlaydi.
5.Genetal bosqich (12-18 yosh) - pubertat davrda biologik etilish bilan asoslangan va psixojinsiy rivojlanishni yakunlovchi bosqich. Jinsiy va agressiv tuyg‘ulaming ko’payishi sodir bo’ladi hamda Edip kompleksi qaytadan yuzaga keladi. Autoerotizm yo’qoladi, uning o’miga boshqa jinsiy ob‘ektlarga qiziqish paydo bo’ladi. Normada o’smirlikda jamiyatda o’z o’mini topish, turmush o’rtog‘ini izlash, oilasini yaratish harakatlari bo’ladi. Bu bosqichning muhim vazifalaridan biri ota-ona qaramog‘idan qutilishdir.


Download 8,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish