Himoya mexanizmi atamasi 1894-yilda dastlab Z.Freyd tomonidan fanga kiritildi. Keyinchalik mazkur sohadagi tadqiqotlaming miqdorini ortib borishi natijasida uning amaliy va nazariy ahamiyati ham ortib bormoqda. Psixologik himoya - bu shaxsni salbiy kechinmalardan himoya qilishga yo’naltirilgan anglanmagan psixik jarayondir. Aynan psixologik himoya mexanizmlari qarshilik ko’rsatish jarayonlari asosida yotadi. Shaxsning himoya mexanizmlari uning psixikasida ilk bolalik davrida paydo bo’ladi va butun hayoti mobaynida davom etadi. Psixologik himoya mexanizmlari odamni yoqimsiz emotsional kechinmalardan himoya qiladi, psixologik qulaylik (komfort)ni saqlab berishga yordam beradi. Psixologik himoyaning funksional vazifasi va maqsadi, ongsizlikni instinktiv impulslari va tashqi ijtimoiy muhit talablarini o’zlashtirishi, oila va jamiyatning qoida va normalarini o’zlashtirish o’rtasidagi ziddiyatlar bilan shartlangan ya‘ni shaxsni ichki nizolarini (havotirlik, siqilish) engillashtirishdan iborat. Psixologik himoya mexanizmlari bu nizolami yengillashtiradi, inson xulq-atvorini himoya qiladi va uni moslashuvchanligi va psixikasini barqarorligini oshirgan holda boshqaradi.
Psixologik himoyalanganlikni ta‘minlovchi asosiy mexanizm sifatida shaxsni barqarorlashtiruvchi maxsus boshqaruv tizimi yuzaga chiqadi. Ular nizoni anglash bilan bog‘liq bo’lgan havotir tuyg‘ularini bartaraf qilish yoki minimumgacha keltirishga yo’naltirilgan. Bu yondashuv bilan bogiiq holda uning asosiy funksiyasi sifatida ong muhitini negativ shaxsni jarohatlovchi kechinmalardan “to’sish” ko’rib chiqiladi.
Keng ma'noda “psixologik himoya” atamasi psixologik diskomfortni bartaraf etish natijasida yuzaga keladigan negativizm kabi shaxs xislatlari faolligini chalkashtiruvchi “yolg'onlar” paydo bo’lishi, shaxslararo munosabatlar tizimini o’zgartiruvchi har qanday harakatlarni tushuntirishda qo’llaniladi.
Tor ma‘noda esa psixologik himoya bir qator himoya mexanizmlarini funksiyalashuvi natijasida ong tarkibini o’ziga xos tarzda o’zgarishiga olib keluvchi tushunchani anglaymiz. Ular tushkunlik, rad etish, proeksiya, identifikatsiya, regressiya, izolyatsiya, ratsionalizatsiya, konversiya va boshqalardir. Bu himoya mexanizmlarining faoliyati insonning axborot-yo’nalganlik harakatlari asosini va uning sub‘ektiv, shaxsiy munosabatlar tizimini adekvatligini oshirmasdan uni mosligini xatto tushirishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |