Foydalanilgan adabiyotlar
1.Sahakian, W.S. (1976) Kearsley, G. Drive Reduction. Theory. Retrived November 9, /2002 from http: tip. Psychology.org/hull.html
2. Watson J. (1913). Psychology as the Behaviorist Views it. Psychological Review, 20,158-177
3.David G. Myers “Psychology ninth edition in modules”. NY, WORTH PUBLISHER-2010. 4-5pages.
10-11 mavzu. Psixologik maktablarda rivojlanish nazariyalari.
Reja:
1. Psixoanaliz rivojlanish talqini.
2.Z.Freydning klassik psixoanalizi.
Tayanch so’zlar: psixoanaliz, bolalar psixoanalizi, tushlar talqini, U, Men, Oliy Men, libido, ong osti holatlari, edip kompleksi.
1. Psixoanaliz rivojlanish talqini. Freydizm - bu o’z nomini avstriya nevropotologi va psixologi Zigmund Freyd (1856- 1939y) nomidan olgan bo’lib, psixologiya va nevropotologiyadagi alohida yo’nalishdir. Freyd ta’limotiga ko’ra, shaxs psixologik hayotining asosi jinsiy lazzat olishga qaratilgan, tug’ma ongsiz mayl(instinkt)dir. Lekin tarixan tarkib topgan odat, ahloqiy printsiplar tufayli, ijtimoiy «tsenzura»ning mavjudligi tufayli bu mayil to’g’ridan-to’g’ri to’siladi. Shuning uchun ham ba’zi kishilarda bu ongsiz tabiiy mayil bilan anglab turilgan vaziyat o’rtasida ichki ruhiy konflikt (to’qnashuv) paydo bo’ladi. bu to’qnashuvlar ba’zan barqaror asab kasalligiga (nevrozga) olib keladi.
Zigmund Freyd o’zining shaxs nazariyasiga oid ta`sirli qarashlari bilan mashhur bo’lgan avstriyalik fizik hisoblanadi. Uning fikriga ko’ra, bolalik davrida hissiyotlarga ko’rsatilgan ta`sir, keyinchalik shaxsning o’z-o’zini anglashida namoyon bo’ladi. Shundan boshlab 1920-yilda psixologiya “ ruhiy hayot” haqidagi fan sifatida vujudga keldi. Freyd nazariyasi gumanistik nazariyaga qarshi qaratilgan hisoblanadi8.
Z.Freyd psixoanalizning asoschisi hisoblanadi. Ko’pchilikning fikriga ko’ra, bu sohadagi yutuqlari Ch.Darvin va A.Eynshteyn kabi olimlar bilan bir qatorda turadi. U o’ziga qadar inson haqida mavjud bo’lgan tasavvurlarni ag`dar-to’ntar qilib tashladi. R.Dekart, J.Lokk va I.Kant fikriga ko’ra, tabiat har bir individni iroda erki bilan ta`minlagan. Erkin tanlovni amalga oshirish layoqati individning eng asl mohiyatini bildiradi va ongli “men” bilan bog`langan bo’ladi. Inson psixikasi (jon) haqidagi fikrni Z.Freyd illyuziya sifatida talqin qiladi. Ongli “men” qudratli ongsiz mental hayotning faqat cho’qqisi xolos. Shunday qilib, Z.Freyd sub`ekt haqidagi bizning tasavvurlarimizda inqilobni amalga oshirdi. Ongli mental hayot insonning umumiy mental hayotida faqat kichkina bo’lak hisoblanadi.
Bizning ongimizdagi jarayonlar ongsiz omillar bilan qat`iy determinatsiya qilinadi. Bu holatni illyustratsiya qilish uchun ko’pincha aysberg bilan qiyoslashadi. Barcha ongli jarayonlarni aysbergning suv ustidagi qismiga o’xshatilsa, unda ongsizlik muzning ancha katta, ko’rinmas suv ostidagi qismiga o’xshatiladi. Aynan mana shu ko’rinmas massa ham og`irlik markazini, ham aysbergning harakat yo’nalishini aniqlaydi. Shunga o’xshash ongsizlik ham bizning individualligimiz negizi hisoblanadi. Asr boshida yozilgan ikki muhim asarida Z.Freyd barcha individlarda ongsiz mental jarayonlar mavjudligi haqida gapiradi va psixoanaliz kundalik hayotning ongsiz sabablarini aniqlab berishga qodir ekanligini ko’rsatadi. Bu o’z navbatida inson ruhining yangi va har tomonlama nazariyasini ishlab chiqishga olib keladi. “Tushlar ta`birida” (1900) tushlar mazmunga ega ekani va anglanmagan mayllarning ongga buzilgan va o’zga shaklda bostirib kirishlari natijasi ekanligi qayd qilinadi. Tushlarga yashiringan ongsizlik mazmunini faqat murakkab talqin jarayoni yordamidagina aniqlash mumkin. “Kundalik hayot psixapatalogiyasi” asarida kundalik hayotdagi nutqdagi adashishlar va xotiradan ko’tarilib qolishlar kabi “xatoliklar” tadqiq qilinadi.
Z.Freydning fikricha, bunday fenomenlar tasodifiy va ma`nosiz emas, balki ongsizlik va niyatlarni ifodalaydi. Masalan: biz o’zimizga yoqmay qolgan kimsadan olingan tassurotni yo’qotamiz yoki esdan chiqarib qo’yamiz. Mana shu erning o’zidayoq aytish mumkinki, psixoanaliz insonni yangicha tushunishni taklif qiladi, bizning tushlarimiz, noadekvat reaktsiyalarimiz, hazillarimiz va asariy “alomatlar” ortida aksariyat hollarda ongsiz motivlar bo’lishini ta`kidlaydi. Boshqacha qilib aytganda, Z.Freyd mulohazalariga amal qilsak, sub`ektning ongli motivlari va niyatlari asnosida tushunarli bo’lgan narsalar ongsizlikni psixoanalitik tadqiq qilish natijasida yangi ma`no kasb etishi mumkin. Bir qarashda tushunarsiz va ma`nosiz bo’lgan “alomatlar”, ularga ongsiz motivlar va niyatlar ifodasi sifatida qaralsa ma`no kasb etadi. Demak, biz Z.Freyd “shubha germenevtikasi”ni asoslayapti deb aytishimiz mumkin.
Nerv jarayonlari xastalikka uchragan bemorlar bilan muloqot qilar ekan, Z.Freyd ular o’zlarining “ichki xorij”i bo’lgan ongsizligini anglamayotganliklarini aniqladi. Shu bilan birga bemor psixoanalitikni o’zidagi nervozlik alomatlari deb tushunishga olib kelishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, alomatlar mazmunga ega, biroq bu alomatlarning egasi ham, doktor ham bu mazmun haqida bevosita bilimga ega emas. Shu o’rinda talqin zarur bo’lib qoladi.
Z.Freyd aytishicha, (yashirin yoki xavotirli) seksual mayllar ma`nisiz ko’rinadigan simptomlar yoki tushga aylanishi mumkin. Xo’sh nima uchun bunday mayllar ong ostiga siqib chiqariladi? Z.Freyd fikricha, emotsional kechinmalarni psixikaning xotira etib bora olmaydigan qismlariga siqib chiqarish mexanizmlari mavjud. Namoyon bo’lishi jihatidan almashtirilgan kechinmalar travma bo’ladi (travma o’zbek tilida “yara” ma`nosini bildiradi). Travmaning kelib chiqishi oxir oqibat ilk bolalikkacha tekshirilishi mumkin. Muhokamaning o’ziga xos (erkin assotsiatsiyalar) usulidan foydalanib, bemor va psixoanalitik travmaning ildizlarini aniqlashadi. Demak, psixoanalizning terapevtik maqsadi ong osti va siqib chiqarilgan axborotni qayta tiklash va uni ego tassarufiga uzatishdan iborat. Ongosti (podsoznanie)ni turli usullar bilan o’rganish mumkin. Jumladan, ana shunday usullardan biri “erkin assotsiatsiyalar” bo’lsa, ikkinchisi tush va yanglish harakat (ibora)larni chuqur germenevtik talqin qilishdir. Z.Freydning o’zi tushlarning ta`biriga markaziy o’rinni ajratgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |