18
Men munosabatlarimiz uchun jon
kuydirayapman.
U judayam yaxshi, ammo
unga nimadir
yetishmaydi.
Uning “nimasidir” bor.
Biz shunday ayollik sifati haqida gapirayapmizki, uning aniq nomi ham yo`q. Bu
shunday ichki jozibaki, uni qo`l bilan tutib bolmaydi. Ho`sh, u kimda to`laligicha
namoyon bo`ladi. O`zidan norozi bo`lishni o`rinsiz deb biladigan va o`zi
bilan
uyg`unlikda yashayotgan ayolda. Biz tashqi go`zallik haqida gapirmayapmiz, go`zallar
har qadamda uchraydi. Biz intellekt haqida ham gapirmayapmiz. Shaxsiy hayotdagi
fojia
ahmoq ayollarda ham, IQ si juda baland bo`lgan ayollarda ham uchrab turadi.
“nimadir” – bu jumboq, qiziqtirib qo`yib, javob kalitini bermaslik.
Siz bu sirlilikni yo`qotganingizda munosabat so`nadi, u zerikarli va odatiyga aylanib
qoladi. Tasavvur qiling, erkak gugurt cho`pi. Uni yoqish uchun
gugurt qutisi sirtidagi
yondirgich tomoni kerak. Vaqt kelib, ana shu sirt yedirilib ketadi, ming urinma,ng endi
yondira olmaysiz. Agar erkak ayolga: “Azizam, miyamni joyiga qo`yib olishim uchun
menga vaqt kerak”, - desa. “yaxshi ayol” darrov xavotirlanib: “Iltimos, faqat meni
tashlab ketma “, - deydi. “Yomon qiz” esa
hech qachon bunday qilmaydi, aksincha,
uning narsalarini yig`ishtirishda o`z yordamini taklif etadi. Ayting-chi,
nega unday
qiladi? Quyidagi javob variantlaridan birini tanlang.
A. U yordamga tayyor.
B. U narsalarini jomadonga joylashni bilmaydi.
V. U o`zini juda sevadi.
Albatta-da, yomon qiz o`zini sevadi va unga uni xohlamaydigan odamning keragi
yo`q. U erkakning poyiga bosh urib, rahm qilishini tilamaydi. U o`z
hayoti bilan
yashaydi, bunday ayoldan esa erkak hech qayerga ketmaydi.
Ayol usiz yashay olmaydimi yoki usiz ham xotirjam kunini o`tkazishini erkak juda
yaxshi tushunadi. Poyezdni “yomon qiz” yengillik bilan boshqaradi. Aynan ana shu
yengillik unga latofat va joziba bag`ishlaydi. “Nimadir” – seksuallikning yuqori darajasi.
“Yomon qiz” nafaqat erkaklarga ehtiyoj sezmaydi, balki ko`pinchi atrofdagi erkaklarni
payqamaydi ham.
19
Hech e`tibor berganmisiz, telefonda qizg`in suhbat qurayotganingizda, yoringiz har xil
bahona bilan diqqatingizni tortmoqchi bo`ladi. Siz uni payqamaganga oling, shu paytda
uning sizga e`tibori yanayam ortadi. Erkakni mehr-muhabbatingiz va diqqatingiz
markaziga aylantiring, shuda u sizdan ertasigayoq qochib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: