20
erkak unga bog`lanib qoladi. U erkakni
deb vaqtni qurbon qilmaydi,
xursandchiliklardan voz kechmaydi va yaxshi ayollardan farqli o`laroq u hurmatsizlikka
toqat qilib yurmaydi.
U o`zining bahosini biladi va qadrlaydi. U o`zining qimmatbaho ekaniga ishonadi va
uning har bir xatti-harakati va qarorlari ortida mana shu ishonch yotadi. U qo`rqmaydi,
shuning uchun erkak uni yo`qotishdan qo`rqadi. U mustaqil, erkakka zor emas, shunda
erkak unga zor intizor bo`ladi. U erkakka bog`liq emas, shuning uchun erkak unga
bog`lanib qoladi. Hammasi aynan aksincha bo`ladi.
Munosabatlarning natijasiga kamroq bog`liq bo`lgan odam avtomatik ravishda
boshqani unga tobe qilib qo`yadi.
Yangi , ajoyib “yomon” qiz bilan tanishing. Keling, ana shu bob yakunida bu so`zga
yangi bir ma`no kasb etamiz. Bu nomni xuddi xushomaddek tushuning. Yomon qiz injiq
yoki shallaqi emas. U qo`pol va shafqatsiz ham emas.
U muloyim, ammo samimiy. U
do`stlari, dugonalari bilan gaplashgandek erkak bilan ochiq va to`g`ri gaplashadi. Erkak
uchun bo`yniga osilib hissiyotlarga beriladigan ayoldan ko`ra shunday ochiqko`ngil ayol
bilan til topishish osonroq. Ortiqcha oh-voh chekadigan ayollar erkaklarni hamisha
cho`chitgan. U nima xohlashini biladi va uni ochiq bildirishga har doim tayyor. Natijada
u nima xohlasa, shunga erishadi. Mana, qoyilmaqom “yomon” qizning sifatlari.
1. U o`z erkini qadrlaydi va uni himoya qila oladi. U katta korporatsiyada rahbarmi
yoki arzon qahvaxonada ofitsiant, qanday kasb egasiligidan qat`iy nazar, peshona teri
bilan pul topadi. U o`zini qadrlaydi, hech kimga uni g`ururini toptatishiga yo`l
qo`ymaydi.
2. U hech qachon erkakni ta`qib qilmaydi. Uning olamida erkakdan boshqa
narsalaram bor. U uchrashuvlarini burjlar bashoratiga qarab belgilamaydi. U erkakni ov
qilib, unga tuzoqlar qo`yib yurmaydi. Shunchaki erkak uning olami markazi emas.
3. U sirli. To`g`rilik bilan hurmatsizlik orasida katta farq bor. U to`g`riso`z, ammo
hamma narsaniyam gapiravermaydi. U hamma qartlarini ochib qo`ymaydi. Rasmiylik
odamni xafa qiladi, siz haqiginsizda hamma narsaning ochiqligi esa zeriktiradi.
4. U har doim erkakning qiziqishini to`la qondirmasdan qoldiradi. U har kech
erkak
bilan uchrashavermaydi va uning avtojavobbergichida uzundan-uzoq xabarlar
qoldirmaydi. U erkakning kotibasi bilan gaplashib yurmaydi va muzokoralar vaqtida
21
undan telefonga chaqirib berishini talab qilmaydi. Erkaklar bunday xatti-harakatni
sevgidan deb hisoblashadi. Bu, albatta, tahshinga loyiq.
5. U erkakka o`zining ojiz tomonini ko`rsatmaydi.
U yaxshi kayfiyatdaligida
gaplashadi, hayotinig og`ir lahzalarida esa suhbatdan tiyiladi. U hammasini yaxshilab
o`ylab olgandan keyingina fikrini aytadi.
6. U hamisha o`z vaqtini idora qiladi. U hamma ishni shohsmasdan sekin qiladi,
ayniqsa, erkak juda shoshib turgan bo`lsa. Erkakning uning hayotini o`z nazoratiga
olishga bo`lgan urinishlariga taslim bo`lmay, o`z hayot ritmiga monand yashaydi.
7. U har doim yumor hissini saqlab turadi. Yumor hissi erkakka ayolning
mustaqiligidan darak beradi. Ammo u erkakning ustidan kulib
unga hurmatsizlik qilib
yurmaydi.
8. U o`z qadrini yuqori baholaydi. Erkak unga xushomad qilganda, u buni
minnatdorchilik bilan qabul qiladi.Bunday holda u hech qachon qarshi chiqib
suhbatdoshga aksini uqtirmaydi. U hech qachon erkakdan
uning sobiq ayollari
ko`rinishini so`ramaydi va boshqa ayollar bulan raqobatlashib o`tirmaydi.
9. Uning erkakdan tashqari ham keng qiziqishlari olami bor. Erkak o`zini ayol uchun
hamma narsa emasligini sezganda, unga bo`lgan intilish yanada ortadi. Agar uning o`zi
band ayol bo`lsa, unda erkakning bandligiga xafa bo`lib yurmaydi. Erkak uning hislari
va fikrlarining yakka hokimi emas. Shunchaki u ayol o`ylarining ma`lum bir qismini
band qilgan xolos.
10. “Yomon” ayol o`z tanasiga yaxshi sozlangan mashinaga qaragandek qaraydi. U
o`zining tashqi ko`rinishi va salomatligi uchun qayg`uradi.O`zini hurmat qilishi o`z
tashqi ko`rinishga bo`lgan munosabatdan kelib chiqadi. Yori uning qizil lab bo`yig`i
yoqmaganini aytgani bilan uni o`zgartirmaydi, chunki bu rang o`ziga yoqadi-da.
Do'stlaringiz bilan baham: