1
Erkaklar Nega “yomon” qizlarni yoqtirishadi?
Sherri Argov
(psiholog Shahnoza Xalilovaning moslashtirilgan tarjimasi)
2016 yil
2
Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma.
Sarlavhadagi “yomon qiz” so`zini juddiy olmang. Kitobimni o`qib chiqib har bir narsaga
yumor bilan yondoshish kerakligini bilib olasiz, shu jumladan sarlavhaga ham. Bu kitob
ko`pgina ayollar o~ylab ammo hech qachon aytmaydigan gaplari haqida. Har bir ayol
erkakka bog`langan va talabchan bo`lib kurinishdan qo`rqadi. Har bir ayolni
hayotida uni izidan qolmagan erkak bo`lgan , ammo unga yon berishi bilan ayol darhol
o`z jozibasini yo`qotgan. Talay fazilatlari bo`la turib qadrlanmaslik nima ekani har bir
ayol biladi. Bu muammolar barcha ayollarga tanish hoh u oilali bulsin hoh yolg`iz.
Ho`sh nega erkaklar “yomon qiz”larni yoqtirishadi? “Yomon qiz”- Bu so`zni
so`zlashuvdagi ma`nosi bilan men bermoqchi bo`lgan ma`no orasida jiddiy farq
borligini bilishingiz zarur. Albatta men ayollarga yalmog`izga aylanishni maslahat
bermayman. Men aytaytgan yomon qizlar Joan Kollinz romani qahramonlari yoki
barcha hamkasabalarini ko`ra olmaydigan offis hizmatchilari ham emas. Men hikoya
qilyotgan ayollar mehribon ammo kuchli. Ularda uncha ko`p bo`lmasada ammo
yetarlicha kuch bor. Ular o`z hayotini begona qo`llarga tutqazib qo`ymaydi, ular
erkaklarni hech qachon ta`qib qilmaydi. Erkak ularga yuz foiz egaman deb o`ylashiga
imkon berishmaydi. Bordiyu erkak haddidan oshsa, uni o`z joyiga qo`yib qo`yish
qo`llaridan keladi.
Bunday ayol nima hohlashini biladi, ammo unga erishaman deb murosaga bormaydi.
Shu bilan birga u ayollik jozibasini yo`qotmaydi huddi “po`lat magnoliyadek” – usti gul
ichi metin. U jozibasini o`z manfaati yo`lida ishlatadi. U erkaklarni laqilatib yurmaydi,
balki halol o`yin o`ynaydi. Unda “ yahshi qizlarda” yetishmaydigan bitta sifat bor –
hushyor ong. U romantic orzu hayolga berilmaydi. Qiyin vaziyat kelib qolganda
hushyor ong uni tushkunlikka tushmasdan, masuliyatni o`z qoliga olib o`z kuchlaridan
foydalnishida yordam beradi. Bundan tashqari u har qanday bosimga qarshi tura oladi.
Agar “Yahshi qiz” ado bo`lguncha o`zini erkakka fido qilaversa, fido qilaversa, fido
qilaversa, Hushyor ong egasi bo`lgan qahramonimiz esa qachon ko`rpani o`ziga tortish
kerakligini yahshi biladi.
Bu kitobni yaratish mobaynida men yuzlab erkaklar bilan suhbatlashdim,ularni 90%
kitobni bir ko`rishdayoq kulishdi va nomida aytilgan gapni tasdiqlashdi. Ayrim erkaklar
kitob nomini eshitganda buni ayollarga nima uchundir fosh qilinmagan, erkaklarning
3
asosiy siri deb atashdi. Ular nuqul:”Erkaklarga aqlni shoshiradigan narsa kerak”
deyishardi ..
Va biz qayta qayta bu mavzuga qaytaverdik
Men suhbatlashgan erkaklar buni har hil tasvirlashdi ammo ma`nosi baribir bir hil
qoldi. “Erkaklarni o`tkir tig`li ayollar maftun etadi” deyashardi ular. Bundan ikki narsa
aniq bo`ldi. Ular zo`r berib “aqlni shoshiradigan” deb tavsiflmoqchi bo`layotgan ayollar
ularning nazdida hech narsaga zor emas. Ikkinchidan esa ana shu “yomon qiz”
tushunchasi aynan “ aqlni shoshiradigan ” degan ibora bilan sinonim bo`lib keldi.
Aynan mana shu jihatni u eng maftun qiladigani deb topishdi. Erkaklar bilan suhbatda
aqlni shoshiradigan” degan so`zni ishlatishim bilan gap qanday sifat haqida
ketayotganini darrov ilg`ashdi. Ammo yuzlab ayollar bilan so`zlashganimda ular nimani
nazarda tutganimni mutlaqo tushunishmadi.Bunday intervyulardan keyin bu kitobni
yozish zarurligini tushundim.Agar bu narsa erkaklar uchun tabiy ekan ayollar uchun
ham sir bo`lib qolmasligi kerak.
Bu kitob erkaklar hech qachon qilmagan ishlari haqida. Ular “ Hey, pol latta bo`lishni
bas qil” “ Meni hamma gapimga rozi bo`laverma” “Meni atrofida hamma narsa
aylanadigan olaming markazi deb bilma”. Bu kitob shunisi bilan kerakli- ki unda siz
erkak zotini o`z juftiga aytolmaydigan gaplarini bilib olasiz.
Kitobning boblaridan quyidagi bitta asosiy ma`noni ilg`aysiz: Sevgi bobidagi omad
tashqi ko`rinishga emas balki o`zingizni tutishingizga bo`gliq. Ommaviy ahborot
vositalari bizni aksiga ishontirmoqchi bo`lishadi. Qizlar o`qiydigan jurnalalarda yigitlarni
e`tiborini kiyinish va upa elik bilan tortishga maslahat beriladi. “Bu lab bo`yig`I yoki u
kosmetikani atrofdagi barcha erkaklar payqaydi” deb qayta qayta`kidlashadi. Bundan
qizlar nimani o`rganadi? Odamlar ko`ngliga yo`l topishi, barchani e`tiboriga sazovor
bo`lishi zarurlignimi.
Jurnallar qarish uyoqda tursin, ulgayishga qanday qaraydi? O`smir qiz endi yigirmaga
kirdi ammo jurnallarda qarishning ming bir dahshatli oqibatlari haqida bong uradi.
Barcha reklama e`lonlarining ma`nosi bir:’ Yuzingda ikkta ajin va biroz qorin bormi,
bo`ldi sening bozoring kasod. Juda omading kelib qolsa arzonlashgan bahoda ketasan”
Ho`sh, bundan ayol nimani o`rganadi? Kimgadir yoqmaslikni oldini olishnimi.
Ulardan farqli o`laroq mening kitobim nimani o`rgatishi mumkin? Sizni o`z o`zingizga
beradgan bahoingizni oshirish uchun sizni fe`lingizga birozgina betakluflikni paydo
4
qilishni. Men odamlarga behurmatlik qilishga chaqirmayapman balki ularning siz
haqingidagi fikriga parvo qilmaslikni o`rgatmoqchiman. “Yomon qiz” _ kuchli ayol u o`z
kuchini mustaqil fikrlashdan oladi. Zamonaviy jamiyat esa zo`r berib ayolni o`zligidan
kechishga undaydi. “ Yomon qiz” boshqalarning o`lchami bilan yahsamaydi, uning o`z
o`lchovi bor.
“ Yomon qiz” hamisha o`z qoidasiga ko`ra o`ynaydi, u o`ziga ishonadi, u mustaqil va
kuchli. Umid qilamanki kitobni o`qib chiqib ko`pgina ayollar o`zlarida ana shunday
ajoyib jihatlarni kashf etadilar.
Atrofdagilarga “Men poezdni boshqaraypman. Qayerga borish va qaerda tushish
kerakligni o`zim sizga aytaman” deyayotgan, erkaklar borasida omadi chopgan ayollar
esa bu kitobdan o`zlarida yumor va sehrli ayura kashf etadilar.
Bunday ayol o`z foydasi uchun nima qilish kerakligini yahshi biladi, bu borada u hech
kimga va hech narsaga muhtoj emas. U o`z tanloviga ko`ra shu yerda.
Erkaklar tomonidan sevilgan “yomon qiz” hushchaqchaq va albatta o`tkir qirrali va
shunisi bilan havfli. Aynan mana shu havf erkaklarni ohangrabodek tortadi.
Boshqalardan farqli o`laroq bu ayol ana shu sifatlarni tashqaridan izlab yurmaydi. Bu
uning tabiatida mujassam.
Izoh: Kitobda ko`rsatilgan intervyu berganlarning ism va familyalari iltimoslariga ko`ra
o`zgartirilgan holda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |