U kuchli iroda va ishonch egasidir.
Kitob ustida ishlash davomida bir qancha erkaklar bilan suhbatlashib kitobni nomi
ularga qanday ta`sir qilishini bilmasdim. O`ylovdimki ularning aksariyati
bu gapni
eshitib “erkaklar yomon qizlarni yoqtirishmaydi”deb keskin rad etishadi.Ammo buning
aksi bo`ldi.Deyarli barcha suhbatdoshlarim ularga
kuchli ayollar yoqishini
aytishdi.Ba`zida ular nega ularni sevishlarini tushuntirb berishdi, ba`zida esa
“Chindanam nega ularni buncha sevamiza?” deb so`rab qolishdi. Ammo 90% erkaklar
kuchli ayollarni yoqtirishlarini inkor etishmadi.
Shahsiy manfaatlaringiz haqida o`ylab siz erkakni aslo ranjitmaypasiz.Aksincha bu bilan
uning hurmatiga sazovor bo`layapsiz. Mustaqil ayol bilan muloqot qilayotgan erkak
elkasidagi yuk yengillashganini his etadi. Chunki u tinimsiz
sizni bahtli qilish haqida
o`ylayvermaydi. U sizni o`ziga ishongan ayol deb hisoblaydi. siz o`zi nima
hohlashingizniyam bilmaydigan ojiz ayol emassiz.
Siz qaytadan sanashni o`rganishingizga to`gri keladi. Matematikada bir ikkidan avval
keladi. Siz hamisha birinchi raqamlisiz. Uchi? Siz o`z joyingizda bo`lsangiz demak u
ikkinchi. Shu paytgacha hato qilib keldingiz ikkinchini birinchidan oldin turishi mumkin
deb o`ylab. Ehtimol umuman bir raqamini unutib yuborgandirsiz.
Siz uni
unutganingizga sabab miyangiz ikki soniga to`lib ketgan ya`ni uni hayoli bilan band
bo`lib o`zingizni unutgandingiz.
Hayot – bu boshlang`ich maktab emas. Maktabda uchunchi sinf o`quvchisi birinchi sinf
o`quvchisini pullarini olib qochib ketishi mumkin.
157
Ammo birinchi sinfdagi ham bo`sh kelmay,unga teng kelib pullarini qaytarib olishi
mumkin.
Yangi ajoyib yomon qiz bu prinsipni kattalar hayotiga qo`llay oladi. Odamlar har doim
bir narsani takrorlashadi. Ular
sizni kaltaklab, keyin qochib ketishadi, ular hoh ishdagi
hamkasblar,hoh uydagi oila a`zolari, do`stlar … ha ha hatto sevishganlar ham. Bu
odamlar orasidagi yagona farq sizni tushlik pulingizni tortib olishmaydi. Buni o`rniga
anglab yoki anglamay sizni o`zingizga bo`lgan ishonchingizni o`g`irlashadi.
O`zingizga ishonish uchun bir nuqtaga qarang va ko`zingizni katta oching. Agar
sizda
maqsad orzu va hohish bo`lsa, u manzilga olib boruvchi yo`lni tanlang, va yo`lga
chiqing.
Hayotingiz davomida atrofdagilar sizni o`zingizga bo`lgan ishonchingizga rahna solishga
urinishadi. Shunda o`zingizga eslating siz ruhsat bermagunigizcha ular sizdan ishonchni
tortib ololmaydi. Hayot yo`lidan borar ekansiz boshingizni baland tuting va yolingizdan
chekinmang. O`zingizga bo`lgan ishonchingizni tebratishga hech kimga ruhsat bermang
chunki bu siz ega bo`lgan yagona narsa.
Maftunkorlik omili 100
Sizning eng maftunkor shahsiy sifatingiz – o`z qadr qimmatingizdir