9
Maftunkorlik omili №3
Erkak ayolni to`laligicha qo`lga kiritganiga ishonch hosil qilmagandagina uni “aqlni
shoshiradigan” deb qabul qiladi.
Sizni erkak bilan birga o`tkazadigan vaqtingiz ham ko`p narsani anglatadi. Bir haftalik
tanishuvdan so`ng erkak o`z ishlari bilan band bo`lsa, yaxshi qiz jimgina yumshoq
o`rindiqda o`tiradi. Erkak xuddi oldida kecha tanishgan qizi yo`qdek sport dasturi
ko`rishi, mashinasini tuzatishi, gitarasini sozlashi mumkin. Qiz eziladi, siqiladi, ammo
lom-mim demaydi. Ozgina vaqt bo`lsa ham yigiti bilan vaqt o`tkazish uchun u bor kuchi
bilan o`z zerikishini yashirishga urinadi.
Yomon qiz esa darhol noroziligini namoyish qiladi. Bekorga ham yomon emas-da.
Qaytaga uning pol latta emasligini erkak tushunadi. Bu degani erkak bilan urishish,
shallaqiliq qilish degani emas. Gap sizning xatti-harakatingiz va o`z qiziqishlaringizni
qanchalik darajada himoya qila olishingiz haqida ketayapti. Aytaylik, erkak unga sariq
sochlilar yoqishini aytdi. Siz esa qorachadan kelgansiz. Kelasi uchrashuvda sizning
sochlaringiz va qoshingizng sarg`aytirilgan holda ko`rsa, nima deb oy`laydi?
To`laligingizcha uning qo`lida ekanligingizni tushunadi.
“Erkak ko`ngliga eng yaqin yo`l oshqozondan”, degan xalq naqli bor. Bu shunday,
albatta, ammo bu degani erkakni to`ydirish uchun xuddi kanizakdek kuningizni o`choq
boshida o`tkazing degani emas. Siz o`z qolingiz bilan antiqa ovqatlar pishirasizmi yo
yaqiningizdagi do`kondan yarim tayyor ovqat olib kelib tayyorlaysizmi, bari bir
oshqozonga tushadi va to`ldiradi. Ana sizga muhabbat ta`minlanadi. Bu yerda bir sir
bor: ovqatning issiq bo`lishi, qolgani esa bekorchi ovoragarchilik xolos.
Ayollar o`zlarini qurbon qilishga, o`z qiziqishlarini esdan chiqarishga o`rganib
qolishgan. Birorta ekaklar jurnalida ayollarga 4 xil taomdan iborat tushlik tayyorlash
tavsiya etilmagan.
Bu nashrlar nari borsa bodibilding bilan shug`ullanuvchilarga maslahat beradi.
Ko`pgina ayollar pishir-kuydirga o`ralashib, o`z qadr-qimmatlarini unutib qo`yishadi.
Albatta, men oshxonaga yo`lni mutlaqo unuting demayapman. Yo`q, albatta, siz
to`yingizning bir yilligi yoki uning tug`ilgan kuni munosabati bilan bayram dasturxoni
tuzashingiz mumkin. Bu juda yoqimli. Tantanali kunlarda erkak rag`batga sazovor
bo`lganini tushunadi va sizni atay u uchun tayyorlagan taomingizni sovrindek qabul
10
qiladi. Agar har kuni shunaqa o`lib-tirilaversangiz, sizning bu urinishlaringizni u xuddi
odatiy holdek qabul qiladi.
Kitob ayollar uchun ekan, men bir nechta taomlar retseptini taklif qilishga haqqim
bor deb hisobladim va bu taomlarni tanishuvning ilk haftalari uchun tavsiya qilinadi.
Professional oshpazlarning retseptlaridan farqli o`laroq ularni eslab qolish qiyin emas.
Hatto yozib olish ham shart emas
Gazak.
Popkorn (qo`lbola bodroq).
Nima uchun popkornni tanladim, chunki u tayyorlashga oson va ko`p vaqt talab
qilmaydi. Popkorn paketchasini mikroto`lqinli pechga avaylab joylang, barcha donlar
po`qillab bo`lgandan keyin paketni pechdan ehtiyot bo`lib oling, ular ancha issiq
bo`ladi. Har ehtimolga qarshi qo`lingizga qo`lqop kiyib fartuk taqing va albatta,
ushlagichdan foydalaning. Bu ko`rinishingiz bilan nafaqat mehmonda taassurot
qoldirasiz, balki o`z ishingizning ustasi ekaningizni ham bildirib qo`yasiz. Agar bodroq
kuyib ketgan bo`lsa, yaxshilab ko`zdan kechiring. Faqat ustidagilari kuygan bo`lsa, qora
donachalarni olib tashlab, sariqlarni idishga solib, dasturxunga tortavering. Keyingi
paketni o`zingiz uchun pechga qo`yishingiz mumkin.
Kerakli mahsulotlar: bir yarim paket popkorn yetarli.
Asosiy taom.
Shinavandalar uchun tansiq taom.
Qaynab turgan suvga 2 ta sosiskani soling, 5 minut qaynating. Bu vaqtda mehmoni
ham unutmang. Unga bir stakan salqin ichimlik berib, oynaningiz hatto avto to`xtash
joyiga qaragan bo`lsa ham, manzaradan bahra olishi uchun ayvonga chiqarib yuboring.
Sizni ko`rmay turgandan foydalanib, sosikalarni yupqa parrak qilib kesing va har bir
bo`lakka tish kavlagich suqib chiqing. Ijodkorlik qobiliyatingizni ko`rsatish uchun tish
kavlagichlarning har xil ranglisidan foydalaning. Bu taomni ajoyib ikki delikates qayla
hantal va ketchup bilan torting. Mehmonga esa hech qachon bularning oddiy sosiskalar
ekanini aytib yurmang, balki ularni shinavandalar uchun delikates deb atang.
11
Ana endi desert haqida kichik tavsiya: do`kondan tayyor rulet sotib oling va uni qahva
bilan torting. Tushlik uchun ideal yakun yalpizli saqich.
Kelasi safar erkak sizni restoranga taklif qilganida tayyorlagan tushligingiz
ko`ngildagidek chiqqanini anglaysiz. Hayotingiz davomida undan “Bugun tushlikka
nima?” degan asabga tegadigan iborani ortiq eshitmaysiz.
Agar vaqt o`tib u nogoh sizdan tushlik tayyorlashni so`rab qolsa, siz dadil o`z shohona
taomlaringizni taklif eting: popkorn, sosiska, rulet va saqich, keyin esa
tayyorlanavering: siz hademay restoranga taklif etilasiz.
Shu yerda sharh bermasdan o`tolmadim. Bizning o`zbek qizlari, albatta, ayollari ham
odatda erkakni to`ydan oldin mehmon qilib yurishmaydi. Uyga taklif qilish haqida esa
gap bo`lishi ham mumkin emas. Ammo ayrim qizlar bekalik mahoratlarini namoyish
qilish uchun yigitlarni antiqa pishiriqlar bilan mehmon qilmoqchi bo`lishadi. Bu katta
xato. Birinchidan, u sizni zo`r berib unga yoqmoqchi ekaningizdan xabar topadi.
Ikkinchidan, va hammadan ham yomoni keyingi paytda yigitlarimiz har xil ilmi amal,
sehr-u jodudan qo`rqib qolishgan. Sizni ne hasratda qilgan mehnatingiz nafaqat yaxshi
baholanadi, balki sizni jodugarlikda gumon qilishlari ham mumkin. Yaxshilik
bilmaydigan bandalarni boqishni to`xtating.
To`ydan avval qizlar alohida taomlar tayyorlash kurslariga borib har xil tushgayam
kirmagan taomlarni o`rganishadi, bu yaxshi, albatta. Ammo bu taomlar ko`p mehnat
vaqt va harajat talab qiladi. Hatto turmush qurgandan keyin ham qancha ko`p
qayg`ursam, mehnat qilsam, shunchalik mehr qozonaman deb yotog`iga yarim tundan
keyin burnidan tortsa yiqilgudek bo`lib kirib boradigan kelinlar talaygina. Rostdan ham
baxt uchun shu pishiriqlar muhim deb hisoblaysizmi? Erkak yuragiga eng yaqin yo`l
oshqozondan deb o`ylab oshxonada qolib ketmang. Gap shirin yoki bemaza ovqat
haqida ketmayapti, balki erkak uchun qanchalik urinish haqida ketmoqda.
Yomon qiz uyda o`tirib, o`zining vaqtini erkakni ushlab qolish san`atini charxlash
uchun ketkazadigan ayollar sirasiga kirmaydi. U uchun zarur yagona narsa – bu yaxshi
do`stlar davrasi. Erkak do`stlikdan ortiqrog`iga sazovar bo`lishidan avval esa unga
buning o`zi kifoya.
Munosabatlarning ilk bosqichida quyidagilarga ahamiyat bering. Agar erkak
xushomad bosqichida siz uchun hech narsa qilishni istamasa bilingki, u kelajakda ham
12
sizga tayinli taklif kiritmaydi. Siz undan yaxshirog`iga loyiqsiz. Shunday qilingki, erkak
buni anglasin.
“Yahshi qizlar” xatti-harakatlari bilan o`zlarini yerga urishadi. Ularning xatti-harakati
“Senga taklif qila oladigan narsam aniq yetarli emas”, “Mening o`zim unchalik
emasman” degan ong osti signallarini jo`natadi. “Yomon qizlar” esa, aksincha, o`z
juftiga mutlaqo boshqacha “Men shundog`am mukammalman”, “Xohlamasang, katta
ko`cha” degan ishonch signallarini yuboradi. Ana endi qisqacha solishtiruv.
Munosabatlar poydevori birinchi kundan qo`yiladi. Avval boshdanoq erkak ongli
ravishda (ha-ha, mutlaqo ongli) munosabatdan u nima olishi mumkinligni bilishni
istaydi. Telefon qo`ng`iroqlari ko`p narsaga oydinlik kiritadi. O`z rejalaringizni tuzish
uchun uning qo`ng`iroqlarini kutasizmi? Agar u qo`ng`iroq qilmay qolsa, aqldan
ozasizmi? O`zingiz qayta qo`ng`iroq qilasizmi yoki qo`ng`irog`ini kutganingizi
ko`rsatasizmi?
Aslida, erkaklar atay ayolga qanday ta`sir qilishini aniqlash uchun qo`n`giroq
qilishmaydi. Agar ayol xavotirlanayotgan bo`lsa, demak, uni boshqarish oson. Shunda
erkak ayolni uni qanchalik xohlaytgani va zor-intizorligini tushunadi. Sizdan iltimos,
ommabop jurnallarda ruhshunoslarning nega erkak buncha kam qo`ng`iroq qilishi
sabablarini tushuntiruvchi maqolalarini unuting.
Do'stlaringiz bilan baham: |