Gaz moddalarning eruvchanligiga bosim ham ta’sir ko‘rsatadi. Bosim
yuqori bo‘lsa, gazlarning eruvchanligi ortadi, bosim pasaysa eruvchanlik ham kamayadi.
Gazlarning suvda eruvchanligiga bosimning ta’sirini g‘avvosning suvga
sho‘ng‘ishi misolida ko‘rsak bo‘ladi. G‘avvos suv ostiga qanchalik chuqur tushgani sari bosim ham ortib boradi va shunga mos ravishda g‘avvosning qonida
erigan gazlar (O2, CO2 va boshqalar) miqdori ham orta boradi. G‘avvos suv
ostidan yuqoriga qaytib chiqayotganida atrofdagi bosimni kamayishi hisobiga
qonda erigan holatda bo‘lgan gaz moddalari qondan ajralib chiqib g‘avvosni
o‘pkasi orqali tashqariga chiqib ketadi. Shuning uchun g‘avvosni yuqoriga ko‘-
tarilishi sekin-asta bo‘lishi kerak. Agar g‘avvos suv ostidan yuqoriga juda
tez ko‘tarila boshlasa, qondan ajralib chiqayotgan gazlar o‘pka orqali chiqib
ketishga ulgurmay qoladi va bosh miya va turli a’zolarida qon tomirlarga tiqilib
qoladi, qon aylanishi buziladi. Shu payt zudlik bilan yordam ko‘rsatilmasa,
g‘avvos halok bo‘lishi mumkin.
Gazlar yuqori bosim va past haroratda suvda yaxshi erigani uchun
gazli ichimliklarni tayyorlashda shu sharoitdan foydalaniladi. Biz gazli ichimliklarni qopqog‘ini ochishimiz bilan bosim kamayadi va atrofdagi haroratda
yuqori bo‘lgani uchun ichimlik tarkibida erigan gazlarning eruvchanligi
kamayib, gazlar erigan holatdan gaz holatiga o‘tib, tez ajralib chiqa boshlaydi.
67
Yuqorida keltirilgan misollar gazlar eruvchanligi bosimga to‘g‘ri proporsional, haroratga teskari proporsional ekanligini tasdiqlaydi.
Biror moddani eruvchanligini aniqlash uchun, stakanga 100 g distillangan
suv solib, haroratni aniq belgilab olinadi va distillangan suvga oz miqdorda
modda qo‘shib, aralashtiriladi. Agar modda to‘liq erib ketsa, moddadan yana
solinadi va aralashtiriladi. Moddani qo‘shish modda erimay stakan tagiga
cho‘kib qolguncha davom ettiriladi. Shu 100 g distillangan suvda necha
gramm modda erigani aniqlanadi va bu massa shu moddaning ayni haroratdagi eruvchanlik koeffitsiyenti bo‘ladi. Hosil bo‘lgan eritmani esa shu
harorat uchun to‘yingan eritma deyiladi.
Eritma tarkibidagi erigan modda miqdoriga ko‘ra eritmalar:
1. To‘yingan eritma.
2. To‘yinmagan eritma.
3. O‘ta to‘yingan eritmalarga bo‘linadi.
Ayni haroratda berilgan erituvchida eritilayotgan modda boshqa eriy
olmaydigan eritma to‘yingan eritma deyiladi.
Agar biror eritmada ayni haroratda eriyotgan modda yana erishi mumkin
bo‘lsa, bunday eritma to‘yinmagan eritma deyiladi. To‘yinmagan eritmadagi erigan modda miqdori shu haroratda tayyorlangan to‘yingan eritma tarkibida bor bo‘lgan modda miqdoridan kam bo‘ladi. Biz amalda asosan
to‘yinmagan eritmalar bilan ishlaymiz.