Eritma mavzusiga doir test savollari



Download 41,9 Kb.
bet4/10
Sana19.02.2022
Hajmi41,9 Kb.
#458129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ERITMALAR

13-§. Eruvchanlik
Moddalar turli erituvchilarda erib eritmalarni hosil qiladilar. Erituvchilarda moddalarning erish xususiyati eruvchanlik deb yuritiladi.
Biz kundalik turmushimizda turli moddalarni eritib, eritma hosil qilinishini ko‘rganmiz. Masalan: osh tuzini suvda eritib, tuzli suv hosil qilishni;
shakar suvda eriganda, shirin suv hosil bo‘lishini; yod moddasini spirtda
eritib, tibbiyotda ishlatiladigan yodning spirtdagi eritmasini hosil bo‘lishini
ko‘rganmiz.
Moddalar erituvchilarda cheksiz miqdorda erimaydi, balki ularning
eruvchanligi ma’lum miqdordagina bo‘ladi. Shu miqdorni ifodalash uchun
eruvchanlik koeffitsiyenti degan tushunchani bilib olishimiz kerak.
Moddaning 100 g erituvchida ayni haroratda eriy oladigan eng ko‘p massasi
shu moddaning eruvchanlik koeffitsiyenti (eruvchanligi) deyiladi. Eruvchanlik
koeffitsiyenti S harfi bilan belgilanadi. Masalan, NaCl ning 20oC dagi eruvchanligi 36 ga tengligini bildirish uchun quyidagicha yoziladi: S (20oC) = 36
Moddalar suvda eruvchanligiga qarab 3 guruhga bo‘linadi:
1) Yaxshi eriydigan moddalar: (100 g erituvchida 10 g dan ko‘p eriydi).
KCl, NaNO3, shakar, spirt, gazlar (HCl, NH3).
2) Oz eriydigan: (100 g erituvchida (H2O)1g dan kam eriydi). CaSO4,
CaCO3, BaSO4, MgCO3, PbSO4, benzin, gazlar (CH4, N2, H2).
5 – Umumiy kimyo, 11-sinf
66
3) Amalda erimaydigan moddalar: (100 g erituvchida 0,01 g va undan kam).
oltin, kumush, mis.
Moddalar eruvchanlik xususiyati bir qancha omillarga bog‘liq, masalan:
moddaning tabiati va haroratga bog‘liq.
Qattiq moddalarning ko‘pchiligi suvda eruvchanligi harorat ortishi
bilan ortadi, chunki ko‘pchilik qattiq moddalar eriganda issiqlik yutiladi. Shuning uchun harorat ko‘tarilishi bilan ularning eruvchanligi
ortadi.
Masalan: tuzli suv tayyorlanganda, 1 stakan sovuq suvga tuz solib aralashtirsak, tuz sekin-asta eriydi, ba’zan erimay qolgan tuz idish tagida qolib ketishini ko‘rganmiz. Endi shunday miqdordagi tuzni 1 stakan issiq suvga solib
aralashtirsak, tuz tezda erib ketadi. Ushbu misoldan xulosa qilib aytishimiz
mumkin-ki, qattiq moddalarda harorat eruvchanlikka to‘g‘ri proporsional ya’ni
harorat ko‘tarilganda tuzlarning eruvchanligi ham ortib boradi va ko‘proq
miqdorda tuz suvda eriydi.
Gaz moddalarni eruvchanligi qattiq moddalardan farq qiladi,
ya’ni harorat ko‘tarilganda ularning eruvchanligi kamayadi. Harorat
pasayganda esa gazlarning eruvchanligi ortadi.
Masalan: bir stakan suv olib, uni muzlatkichga (to=3 oC) qo‘yamiz. 30 daqiqa vaqt
o‘tgandan keyin, stakandagi suvni xona harorati (to=20-25 oC) sharoitiga olamiz.
Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin stakan devorida mayda pufakchalarni ko‘rishimiz mumkin. Bu pufakchalar suv muzlatkichda bo‘lgan vaqtda unda erigan
gazlarning yuqoriroq haroratda erimay, yana gaz holatiga o‘tib qolganini bildiradi.

Download 41,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish