Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/272
Sana31.12.2021
Hajmi3,26 Mb.
#207540
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   272
Bog'liq
1502-Текст статьи-4094-1-10-20200627

Anjuman  bu  –  ilmiy,  siyosiy,  professional  jamiyatlarda  muloqot  qilish, 

muammolarni  muhokama  qilish  va  hal  etish  vositasidir.  Shu  bilan  birga,  anjumanlar 

tadbirkorlar  faoliyati  samaradorligini  oshirish  maqsadida  ularning  ishbilarmonlik 

aloqalari vositasi ham hisoblanadi. 

Anjumanlar tadbirkorlarga o’z g’oyalarini hayotga tatbiq etish, o’z mahsulotini 

ilgari surish, o’zi uchun biznesda qulay vaziyatlar yaratishga imkon beradi. 

Anjumanlar  ichki  va  tashqi  anjumanlar  bo’lishi  mumkin  –  ichki  anjuman 

qatnashchilari  korxona  jamoasining  a’zolari  hisoblanadi,  tashqi  anjumanda  esa  turli 

muassasalarning  vakillari  ham  ishtirok  etadi.  Anjumanlar  ilmiy,  amaliy  va  ilmiy-

amaliy turlarda bo’lishi mumkin. Ular istalgan muammolar bo’yicha: siyosat, ta’lim, 

biznes  yoki  masalan,  raqobatbardoshlikni  oshirish  maqsadida  korxonalar  hamkorligi 

masalalari bo’yicha o’tkazilishi mumkin. 

Anjuman  boshlanishidan  ancha  oldin  so’zga  chiquvchilarning  asosiy  tarkibi 

tayyorlanadi.  Anjuman  o’tkaziladigan  kunlar,  soatlar,  ma’ruzalar  mavzulari, 

ma’ruzachilar  ko’rsatilgan  holda  anjuman  o’tkazish  tartibi  ko’rsatilgan  dastur 

oldindan shakllantiriladi. Anjuman materiallari bo’yicha hali anjmuan o’tkazilishidan 

oldin  yoki  uning  natijalari  bo’yicha  keng  omma  uchun  qiziqish  uyg’otadigan 

ma’ruzalar  yoki  tezislar  to’plamlari  chop  etilishi  mumkin.  Anjuman  dasturida 

ekskursiyalar,  korxonalar  yoki  ularning  bo’linmalariga  tashrif  buyuurish,  furshet  va 

h.k. ko’zda tutilgan bo’lishi mumkin. 

Anjuman  o’tkazish  uchun  shu  tadbir  uchun  mas’ul  shaxs  sanalgan  rais 

rahbarligidagi  qo’mita  tashkil  etilishi  mumkin.  Qo’mita  tarkibiga  ularning  har  biri 

anjuman o’tkazishning ma’lum bir bosqichi – anjumant qatnashchilarini qabul qilish 

va  joylashtirish,  ularning  ovqatlanishini  tashkillashtirish  va  furshet  o’tkazish,  OAV 

vakillari bilan aloqalar uchun javobgar bo’lgan shaxslar kiradi. 



 

87 


Anjuman va uning tashkilotchisi sanalgan korxonani reklama qilish maqsadida 

anjuman  mavzusi  va  mazmunini  shunday  tashkil  qilish  kerakki,  u  keng 

ishbilarmonlik  jamoatchiligi  uchun  katta  qiziqish  uyg’otsin,  anjumanga  ommaviy 

axborot  vositalari  qiziqib  qolsin  va  uning  materiallarini  chop  etsin.  Buning  uchun 

anjuman  tashkilotchilari  oldindan  media-kit  tayyorlashi  va  jurnalistlarga  taqdim 

etishit lozim bo’lib, u quyidalardan iborat bo’lishi ko’zda tutiladi: 

– anjuman dasturi; 

–  anjuman  tashkilotchisi  sanalgan  korxona  haqida  umumiy  axborot  (nomi, 

faoliyat turlari, qisqacha tarixi, strukturasi va h.k.); 

– anjuman qatnashchilari ro’yxati va ularning qisqacha tavsifnomasi; 

– eng muhim va jamoatchilik uchun qiziqarli bo’lgan ma’ruzalar tezislari; 

–press-reliza matni. 

Anjuman  o’tkazish  natijasida  ishbilarmonlik  jamoatchiligida  tashkilotchi 

korxona  va  uning  mahsulotlari  haqida  ijobiy  fikr  va  tasavvurlar  shakllanishi  juda 

muhim. 

«Davra  stoli»  -  muammoni  muhokama  qilish,  korxonalar  hamjamiyati  yoki 

firmaning  ishbilarmonlik  siyosati,  taktika  va  strategiyasini  ishlab  chiqish 

vositalaridan biri. 

Davra  stoli  qatnashchilari  odatda  korxonalar  rahbarlari  yoki  mos  keluvchi 

tadbirkorlik  faoliyati  sohasining  nufuzli  mutaxassislari  hisoblanadi.  Davra  stolida 

firma  vakillarining  qatnashishi  ma’lum  bir  muammolarni  hal  qilishdan  tashqari, 

uning  faoliyatini  ommaviy  axborot  vositalarida  yoritishda  keng  ishbilarmonlik 

jamoatchiligi  orasida  yetarli  darajada  mashhurlikni  qo’lga  kiritishga  ham  yordam 

beradi. 

«Pablik  rileyshnz»  sohasidagi  har  qanday  tadbir  kabi  «davra  stoli»  faoliyati 

oldindan  tegishli  ravishda  rejalashtirilgan  va  tayyorgarlik  ko’rilgan  bo’lishi  lozim. 

Davra  stoli  mavzusi,  muhokama  qilinadigan  masalalar  va  qatnashchilar  tarkibi 

oldindan belgilanadi. Davra stoli qatnashchilarini muhokama uchun taklif etilayotgan 

masalalar bilan dastlabki tanishtirish ularga o’z pozisiyalarini,  fikrlarini aniqlashtirib 

olish, dalillar va materiallar tayyorlashga imkon beradi. 



 

88 


Bunday  tadbir qatnashchilari soni 10-15 kishidan oshmasligi kerak. Ish  uchun 

haqiqatda  aylana  shaklidagi  stol  bo’lishi  shart  emas.  Qatnashchilar  bir-biriga 

yuzlangan  holda  o’tirishi  uchun  aylana,  to’rtburchak  yoki  kvadrat  shaklida 

o’rnatilgan  stollar  ortida  joylashtiriladi.  Har  bir  qatnashchining  oldida  stolda 

tablichka-identifikator  turishi  lozim  bo’lib,  unda  yirik  shrift  bilan  ularning  ismi-

sharifi, firmasining nomi va lavozimi ko’rsatiladi. 

Davra stoli ishini boshqaruvchi «stol» qatnashchilari bilan oldindan kelishilgan 

holda  ssenariy,  muhokama  qilinadigan  savollar  va  so’zga  chiqishlar  ro’yxati  va 

ketma-ketligini  tayyorlashi  mumkin. bunday tayyorgarlik, ayniqsa, tadbir televidenie 

dasturlarida  namoyish  etiladigan  bo’lsa,  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  holatda, 

muhokama  qilinadigan  muammolar  va  hal  etilmagan  masalalar  mavjudligiga 

qaramay,  «davra  stoli»  qatnashchilari,  boshlovchi  bu  tadbir  jarayonida  alohida 

shtrixlar,  iboralar  yordamida  o’z  korxonasi  yoki  davra  stoli  qatnashchisi  bo’lgan 

korxonalar  haqida  teletomoshabinlar  yoki  o’quvchilarda  ijobiy  taassurot  uyg’otishi 

lozim. 

OAV  vakillari  uchun  ular  o’z  muloqot  doirasini  bu  hodisa  haqida  xabardor 

etishda  foydalanishi  mumkin  bo’lishi  uchun  boshlang’ich  materialni  oldindan 

tayyorlab qo’yish zarur. 

Ko’plab tashkilot va muassasalar uchun ochiq eshiklar kuni jamoatchilik bilan 

aloqalar  o’rnatish,  reklama  qilish  jiddiy  vositasi  bo’lib  xizmat  qilishi  mumkin. 

Ko’proq  sonli  abiturientlar  jalb  qilish  uchun  ulardan  masalan,  oliy  ta’lim 

muassasalari har yili foydalanadi. 

Bunday tadbir o’tkazish uchun tadbirning har bir elementi uchun javobgarlarni 

belgilagan holda oldindan puxtalik bilan ssenariy tayyorlash lozim. 

Ochiq  eshiklar  kuni  o’tkazilishi  haqida  sana  va  soatlar  ko’rsatilgan  holda 

jamoatchilik  ommaviy  axborot  vositalari  va  boshqa  e’lonlar  yordamida  oldindan 

xabardor  qilinadi.  Mehmonlar  tashrif  buyuradigan  binolarda,  yo’laklarda  plakatlar, 

stendlar,  turli  ko’rgazmali  materiallar  va  reklama  qilinayotgan  muassasa  faoliyati 

haqida boshqa axborotlar joylashtirilishi lozim. 

Aniq  belgilangan  vaqtda  mehmonlar  zalga  taklif  etiladi,  u  yerda  muassasa 




 

89 


rahbari  qisqa  va  aniq  shaklda  o’z  tashkiloti,  uning  boshqalar  oldidagi  ustunliklari, 

kelgusi  rivojlanish  rejalari  haqida  so’zlab  beradi.  Shundan  keyin  muassasa 

bo’linmalarining  rahbarlari  so’zga  chiqib,  mehmonlarning  o’zlarining  faoliyat 

xususiyatlari bilan tanishtiradi. 

Etakchi  xodimlarning  so’zga  chiqishlaridan  so’ng  mehmonlarga  tashkilotning 

barcha bo’linmalari, agar mavjud bo’lsa – laboratoriyalar va h.k. faoliyatini ko’rsatish 

lozim. 

Agar  bu  tadbir  ommaviy  axborot  vositalarida  yoritiladigan  bo’lsa,  ochiq 

eshiklar  kuni  o’tkazish  natijasi  ancha  yuqoriroq  bo’ladi.  Axborot  shunday  taqdim 

etilishi  kerakki,  u  odamlarni  ushbu  tashkilot  faoliyatiga  qiziqtirib  qo’ysin,  uning 

ishida bevosita yoki bilvosita ishtirok etish istagini uyg’otsin. 

Pablik rileyshnz muhim vositalaridan biri sanalgan ko’rgazmalar korxonalarga 

bozordagi  o’z  pozisiyalarini  mustahkamlashga  yordam  beradi.  Korxona  ko’plab  va 

xilma-xil  firmalar  ishtirok etadigan  biron-bir ko’rgazma qo’mitasi tomonidan tashkil 

etiladigan  ko’rgazmalarda  qatnashishi  mumkin.  Biroq  korxona  mustaqil  ravishda 

«shaxsiy» ko’rgazma tashkil qilishi va u yerda bir o’zi ishtirok etishi ham mumkin. 

Ko’rgazma o’tkazish zarurati korxona o’z oldiga qo’yadigan quyida maqsadlar 

bilan belgilanishi mumkin: 

- korxona uchun ma’lum bir imidj yaratish; 

- o’z mahsulotlarini ilgari surish; 

- bozorni tadqiq etish. 

Biroq,  masalan,  imidj  yaratish  yoki  sotuv  hajmining  o’sishini  odatiy  reklama 

vositalari  bilan  ham  ta’minlash  mumkin.  Shu  sababli  ko’rgzmada  ishtirok  etish  yoki 

mustaqil ravishda ko’rgazma tashkil qilish har bir muayyan holatda uning maqsadga 

muvofiqligi, xarajatlar va kutilayotgan natijalarni taqqoslashni talab qiladi. Shu bilan 

birga, 


ko’rgazmalar 

tashkil 


qilgan 

holda 


bozorda 

o’z 


pozisiyalarini 

mustahkamlashning turli vositalarini uyg’unlashtirish sezilarli ijobiy samara beradi. 

Shunday  qilib,  ko’mada  ishlashga  tayyorgarlikni  boshlashni  oldin  uni 

o’tkazishdan  maqsadlarni  belgilab  olish,  shundan  keyin  bu  maqsadlarga  muvofiq 

ravishda  muayyan  maqsadga  erishishga  yo’naltirilgan,  mos  keluvchi  o’zaro  bog’liq 



 

90 


ishlar kompleksini amalga oshirish zarur. 


Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish