5.3. Pablik rileyshnz maqsadlari, vazifalari va funksiyalari
PR asosiy maqsadi firmaning jamiyatda muvaffaqiyatini yaratish hisoblanadi.
Bundan quyidagi asosiy maqsadlar kelib chiqadi.
1. PR ob’ektini pozisiyalash (ingl, position – holat, joylashuv), ya’ni firmaning
ijobiy imidjini yaratish va qo’llab-quvvatlash, firmaga «ishonchsizlik to’sig’i»ni
bartaraf qilish.
2. Raqobatchilardan ustunlik qilish.
3. Kontrreklama – turli sabablarga ko’ra pasaygan imidjni tiklash, firma haqida
g’irrom axborotlarni inkor qilish. Kontrreklama salbiy axborotning salbiy oqibatlarini
tugatish maqsadida amalga oshiriladi.
4. Firma faoliyatiga tashqi muhit ta’sirin o’rganish, davlat siyosatini, xalqaro
vaziyatni, jamoatchilik fikrini, jamiyat kayfiyatini monitoring qilish.
Korxona tomonidan amalga oshiriladigan PR-kampaniyaning asosiy maqsadi
jamoatchilikning
ijobiy
fikrini
yaratish
va
ushbu
korxona
mahsulotlari
iste’molchilarining muayyan doirasi hurmatini qozonishdir. Bu maqsadga erishish
vositasi keng taqdimot, ko’rgazma va h.k. o’tkazish yo’li bilan korxonaning ijtimoiy-
iqtisodiy muhit: iste’molchilar, hukumat organlari, ommaviy axborot vositalari bilan
jamoatchilik aloqalarini rivojlantirish hisoblanadi.
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha ishlarning asosyi vazifalaridan biri «o’z»
jamoatchiligi doirasini to’g’ri belgilash va uning jamoatchilik fikrini shakllantirish
hisoblanadi.
PR firma va uning faoliyati borasida ko’ngilsiz mish-mishlarga qarshi kurash,
jamoatchilik bilan tushunsovchiliklar va nizolarning oldini olish bilan shug’ullanishi
82
lozim. Masalan, bironta bino qurishga kirishishdan oldin mahalliy aholi bilan juda
jiddiy ishlarni bajarish lozim. Aks holda aholi norozilik namoyishlarini
tashkillashtirishi mumkin.
PR-kampaniya jamoatchilikka korxona o’z faoliyatida avvalo, jamiyat va
uning har bir a’zosi manfaatlaridan kelib chiqishiga ishontirishi lozim. Buning uchun
PR yashirin usullaridan foydalanish mumkin. Masalan, kam ta’minlanganlarga
yordam ko’rsatish, homiylik faoliyati. Bunda firmaning xayriya ishlari haqida
axborot jamoatchilik orasida keng tarqalishi zarur.
Butunjahon PR Assosiasiyasi tomonidan or-nomus Kodeksi qabul qilingan
bo’lsada, doim ham amal qilinavermaydi. Ko’pincha tashkilotlar va ayrim mashhur
shaxslar atayin tashkillashtirilgan janjallar va mishmishlardan o’z manfaatlarida
foydalanadi.
PR sohasidagi serqirra faoliyat maqsadlarga erishish va vazifalarni hal qilish
uchun zarur bo’lgan funksiyalar majmuini o’z ichiga oladi.
Tahliliy-bashorat funksiyasi axborot siyosati, uning taktika va strategiyasini
ishlab chiqishga qaratiladi. Bu yerga hamkorlarni o’rganish, muayyan vaziyatlarni
tahlil qilish, jamoatchilik fikrini baholash, tahlil natijalarini qaror qabul qilish uchun
tayyorlash kiradi.
Tashkiliy-texnologik funksiya faol PR-kampaniyalar harakatlari, ishbilarmonlik
uchrashuvlari, anjumanlar, OAV ishtirokidagi taqdimotlar o’tkazish va
tashkillashtirish bo’yicha harakatlarni qamrab oladi.
Axborot-kommunikativ funksiya tushuntirish va targ’ibot-rkl ishlarini
bajarishda axborot tayyorlash va tarqatishni ko’zda tutadi.
Maslahat-uslubiy funksiya jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil qilish va
rivojlantirish, hamkorlik shakllarini, turli dasturlar va PR-kampaniyalar ishlab chiqish
bo’yicha maslahatlarni nazarda tutadi.
PR xizmatining ish unumdorligi quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha baholanadi:
– maqsadli va o’z doirasi bilan ishbilarmonlik aloqalari doirasini kengaytirish;
– OAV, jamiyat va hukumat strukturalari bilan faol aloqalarni rivojlantirish;
– yuzaga kelgan firmaning salbiy imidjini (ziyon keltiradigan mishmishlarni)
83
kontrreklama va PR tadbirlari yordamida bartaraf etish;
–PR yordamida inqirozli vaziyatlarni tugatish.
PR faoliyat yo’nalishlari quyidagicha bo’lishi mumkin:
– ommaviy axborot vositalari bilan ishlash;
– keng va mahalliy jamoatchilik bilan aloqalar;
– iste’molchilar bilan aloqalar;
– hamkorlar bilan aloqalar;
– o’z xodimlari (personal) bilan aloqalar;
– davlat va mahalliy hukumat organlari bilan aloqalar;
–investorlar bilan aloqalar;
– inqirozni boshqarish va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |