Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B


 Pablik rileyshnz tadbirlarini tashkil qilish



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/272
Sana31.12.2021
Hajmi3,26 Mb.
#207540
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   272
Bog'liq
1502-Текст статьи-4094-1-10-20200627

 

5.4. Pablik rileyshnz tadbirlarini tashkil qilish 

PR  sohasida  turli  tadbirlar  o’tkazish  jamoatchilik  e’tiborini  firmaga,  uning 

faoliyati va mahsulotlariga qaratishi ko’zda tutilgan. 

Tadbir  maqsadi  va  unga  erishish  vositalarini  aniq  belgilab  olish  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi.  Maqsadga  qarab  turli  tadbirlar  foydalanilishi  mumkin.  shunga 

intilish kerakki, tadbirlar jamiyatda keng aks topsin, ular haqida axborot esa ommaviy 

axborot vositalari yordamida va boshqa yo’llar bilan keng tarqatilsin. 

PR  tadbirlarini  samarali  o’tkazish  uchun  puxta  tayyorgarlik  ko’rish  zarur. 

Buning  uchun  barcha  bosqichlar  ketma-ketligi  ko’rsatilgan  holda  to’liq  ssenariy, 

shuningdek,  mufassal  dastur  tayyorlanadi.  Mos  keluvchi  bosma  materiallar: 

prospektlar, press-reliz, katalog va h.k. oldindan tayyorlanishi va chop etilishi lozim. 

Tadbirda  ishtirok  etish  uchun  taklif  etiladiganlar  doirasi  belgilab  olinadi. 

Ularga  tadbir  o’tkazish  vaqti,  joyi  va  boshqa  axborotlar  ko’rsatilgan  dastur  bilan 

maxsus taklifnomalar yuboriladi. 

PR sohasida firmaning asosiy tadbirlari quyidalar hisoblanadi: 

– taqdimotlar; 

– anjumanlar; 

– davra stollari; 




 

84 


– ochiq eshiklar kuni; 

– ko’rgazmalar; 

– qabul marosimlari. 

Taqdimot  (prezentasiya  -  presentation)  –  birno-bir  firma,  shaxs,  mahsulotni 

jamoatchilik vakillariga taqdiy etish, ko’rsatish, tanishtirish. 

Korxona taqdimoti quyidagi sabablarga ko’ra o’tkazilishi mumkin: 

— korxona ochilishi; 

— korxona qayta tashkil qilinishi, yangi bo’linmalar ochilishi; 

– faoliyatda yuqori, sifat jihatidan yangi yutuqlarga erishilishi va h.k. 

Qoidaga  ko’ra,  taqdimot  yangi  korxona  faoliyatining  boshlang’ich  bosqichi 

hisoblanadi.  Biroq  bu  tadbir  mavjud  korxonaning  biron-bir  yangi  bo’linmasi  –  sex, 

filial  va  h.k. ochilishi  munosabati bilan  ham o’tkazilishi  mumkin.  Taqdimot nafaqat 

ishlab  chiqarish  korxonasi,  magazin,  restoran,  mehmonxona  uchun,  balki  ta’lim 

muassasasi, tibbiyot muassasasi va h.k. uchun ham foydali bo’lishi mumkin. 

Bu  tadbir  unga  keng  jamoatchilik  vakillari,  ya’ni  potensial  xaridorlar, 

mijozlardan  tashqari,  birinchi  navbatda,  shahar  ma’muriyati,  qonunchilik  organlari, 

mashhur  shaxslar  ham  taklif  etilgan  hollarda  samarali  bo’ladi.  Agar  ochilish 

marosimiga ommaviy  xab  vositalari, ya’ni gazeta, radio, televidenie  xodimlari taklif 

etiladigan bo’lsa, natijaning yuqori bo’lishi muqarrar. 

Ta’kidlash  joizki,  marosimda  shahar,  mintaqa  yoki  mamlakat  miqyosida 

mashhur  bo’lgan  shaxslar  ishtirok  etadigan  bo’lsa,  OAV  xodimlari  taqdimotda 

bajonudil  ishtirok  etadi.  Masalan,  agar  yirik  shaharda  yoki  mamlakat  poytaxtida 

qo’shma korxona ochiladigan bo’lsa, tashkilotchilar mos keluvchi mamlakat elchisini 

taklif qilishlari mumkin. Jurnalistlarda elchiga joriy siyosat masalalari, dunyoda ro’y 

berayotgan  hodisalar  va  mamlakatlar  o’rtasidagi  munosabatlar  haqida  savol  berish 

imkoniyati  paydo  bo’ladi  va  bu  ularni  tadbirga  tashrif  buyurishga  majbur  qiladi. 

Kichik  shaharlarda  mahalliy  jurnalistlarda  mahalliy  ma’muriyat,  qonunchilik 

organlari rahbariyati bilan uchrashish va ulardan intervyu olish imkoniyati ham katta 

qiziqish uyg’otishi mumkin. 

Shuni  e’tiborga  olish  kerakki,  shahar  yoki  mintaqa  rahbariyati,  deputatlarni 



 

85 


taklif  qilishdan  farqli  ravishda,  ochilish  marosimiga  mashhur  artistilar,  sportchilarni 

taklif qilish ularga gonorar, qimmatbaho sovg’alar taqdim etilishi ko’zda tutiladi. 

Taqdimot odatda kunning ikkinchi yarmida o’tkaziladi. 

U  shartli  ravishda  ikki  qismga  bo’linishi  mumkin.  Birinchi,  rasmiy  qismda 

firmani taklif etilganlarga tanishtirish ko’zda tutiladi,  ikkinchi,  norasmiy qism esa  – 

furshet va h.k.ni o’z ichiga oladi. 

Taqdimotning  birinchi  qismi  firma  rahbarlaridan  birining  kirish  so’zidan 

boshlanib,  u  korxona,  ishlab  chiqariladigan  mahsulotlar,  kelgusi  rejalar  haqida 

qisqacha  tavsifnoma  beradi.  Mahalliy  hukumat  vakili  o’z  chiqishida  bu  tadbirning 

shahar xo’jalik yoki ijtimoiy tizimidagi o’rni haqida gapirishi mumkin. 

Yuqorida  aytilgan  so’zga  chiqishlardan  so’ng  mehmonlarda  turli  savollar 

vujudga kelishi mumkin bo’lib, firma rahbarlari bu savollarga to’liq va batafsil javob 

berishlari  kerak.  Taqdimot  jarayonida  tabriklar,  istaklar,  firma  faoliyatini  yanada 

takomillashtirish bo’yicha kostruktiv takliflar bildirish uchun mehmonlarga ham so’z 

berilishi mumkin. 

Bu  kichik  so’zga  chiqishlar  jarayonida  yoki  ulardan  so’ng  firma  va  uning 

mahsulotlari  haqida  10  daqiqalik  reklama  videofilmi  namoyish  etilishi  mumkin. 

Zalda  taqdimot  qatnashchilari  uchun  yirik  fotosuratlar  joylashtirilishi  yoki  tasvirli 

diapozitivlar o’rnatilishi mumkin. 

Taqdimot  tashkilotchilari  o’z  dasturida  reklama  va  esdalik  suvenirlari 

topshirishni  ham  ko’zda  tutishi  mumkin.  Bundan  tashqari,  reklama  prospektlari, 

bukletlar, kataloglar tarqatish ko’zda tutilgan bo’lishi mumkin.  

Taqdimotning  norsamiy  hisoblangan  ikkinchi  qismi  shu  binoning  o’zida  yoki 

boshqa binoda bo’lib o’tishi mumkin. Qoidaga ko’ra, bino devorlari oldida spirtli va 

spirtsiz  ichimliklar,  shuningdek,  buterbrod,  salat  va  h.k.  ko’rinishidagi  yengil 

yeguliklar qo’yilgan stollar joylashtiriladi. 

Furshet  ahamiyatiga  ko’ra  taqdimotning  rasmiy  qismidan  ko’ra  muhimroq 

bo’lishi  mumkin.  Bu  yerda  taqdimot  qatnashchilari  erkin  holatda  kichik  guruhlarga 

birlashishi,  bir  guruhdan  boshqasiga  o’tishi,  tanishishi,  bir-biriga  tashrif  qog’ozlari 

berishi,  qaysidir  masalalarni  muhokama  qilishi,  biznesda  o’zaro  qiziqarli  manfaatlar 




 

86 


topishi,  kelgusi  ishbilarmonlik  uchrashuvlari  haqida  kelishib  olishi  mumkin. 

Korxonalar rahbariyati mahalliy hukumat organlari vakillari bilan do’stona, norasmiy 

aloqalar o’rnatishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ommaviy axborot vositalari vakillari 

uchun  reklama  prospektlaridan  tashqari,  firma  haqida  batafsil  ma’lumotlar  oldindan 

tayyorlab qo’yilishi lozim. 


Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish