76
5-BOB. PABLIK RILEYSHNZ CHORA-TADBIRLARI
5.1. Pablik rileyshnz tushunchasi va uning mohiyati
Pablik rileyshnz (ingl. public relations, PR) – bilvosita, nufuzli reklama,
jamiyatdagi tendensiyalar va hodisalarni tahlil qilish, ularning oqibatlarini bashorat
qilish, muloqot doirasining va ayniqsa, jamoatchilik fikrini shakllantiruvchilar, ya’ni
ommaviy axborot vositalari vakillarining tovarga (ishlab chikaruvchiga) nisbatan
ijobiy munosabatini shakllantirish bo’yicha menejment funksiyasidir.
PR tarkibi maqsadli yo’naltirilgan axborot uzatishning kommunikatsiya
kanallari va psixologik ta’sir usullari orqali ko’rib chiqiladi.
PR yordamida o’zaro ishonch, tushunish va simpatiya, boshqa tomondan esa –
tashkilot ichida va tashqarisida bo’lgan guruhlar bilan o’zaro munosabatlar
shakllanadi, qo’llab-quvvatlanadi va mustahkamlanadi, uning mavjudligi va
rivojlanishini asoslab beradi.
Aksariyat tadbirkorlarning ko’plab muammolari shu bilan asoslanadiki, hech
kim uning mavjudligini bilmaydi, u yetarli darajada qiziqarli emas va ko’pchilik
mijozlarda boshqacha odatlar, stereotiplar, ustuvorliklar shakllangan.
Jamiyatdagi kayfiya haqida xabardorlikni ta’minlash PR ning muhim
funksiyasi hisoblanadi. Bu ro’y berishi mumkin bo’lgan hodisalarni bashorat qilishga
yordam beradigan erta ogohlantirish tizimi rolini bajarib, korxona ma’muriyatining
jamiyat manfaatlariga xizmat qilish hamda yuzaga kelayotgan va ro’y berayotgan
o’zgarishlardan samarali foydalanish majburiyatini belgilab beradi.
Zamonaviy tadbirkorlik olamida jamiyatdan, uning fikrlaridan, korxona ichida
va tashqarisija shakllanadigan o’zaro ishonch va tushunishlardan ayro bo’lish
mumkin emas. Jamiyat, uning ehtiyojlari nuqtai nazaridan, PR da uning ishtiroki
tufayli korxona muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi mumkin bo’lgan asosiy hamkor
sifatida ko’rib chiqiladi.
PR yordamida hamkorlar, korxona faoliyatiga aloqador barcha narsalar haqida
maksimal darajada xabardor bo’lgani holda, u bilan aloqadorlik, javobgarlik va
hamjihatlikni his qilishi lozim. biroq buning o’zi yetarli emas. Har bir tadbirkor
77
jamiyat oldidagi ish joylari yaratish va turmush sifatini oshirish, mahsulotga ehtiyojni
ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlari uchun esa – oziq-ovqat xavfsizligi
kafolatlanishida, mintaqaning samarali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun yangim
imkoniyatlar va atrof-muhitni himoya qilish yo’lidagi sa’y-harakatlarni qo’llab-
quvvatlashda namoyon bo’ladigan ijtimoiy javobgarlikni tushunib yetishi va
qo
’s
hilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: