5.2. Korxonada pablik rileyshnz tashkil qilish
Pablik rileyshnz bu – jamoatchilik bilan aloqalar tizimi bo’lib, firma va
jamoatchilik o’rtasida o’zaro munosabatlarni rivojlantirish bo’yicha doimiy faoliyatni
ko’zda tutadi.
Pablik rileyshnz (PR) faoliyat ko’rsatayotgan korxona yoki tashkilot
menejmentining funksiyalaridan biri sifatida tushuniladi. Pablik rileyshnz ko’plab
ta’riflari mavjud bo’lib, ularning ichida qisqachasi quyidacha pablik rileyshnz –
tashkilot va jamoatchilik o’rtasida kommunikatsiya o’rnatish va qo’llab-quvvatlash
bo’yicha menejmentning mustaqil funksiyasi.
Kommunikatsiya bu – odamlar o’rtasida axborot almashinish. Axborot
almashinish shuningdek, tashkilot va odamlar o’rtasida, turli tashkilotlar o’rtasida
ham amalga oshiriladi.
Ommaviy kommunikatsiya bu – odamlarni xabardor qilish va ularning baholari,
fikri va xulq-atvoriga ta’sir etish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali
sistematik xabarlar tarqatishdir.
Shu bilan birga, pablik rileyshnz marketing bilan ham chambarchas bog’liq.
G’arb mamlakatlarida ta’kidlab o’tilishiga ko’ra, PR «product» (mahsulot), «price»
(narx), «promotion» (ilgari surish), «place» (joy) bilan bir qatorda marketing
majmuining beshinchi «R» («pi») elementi hisoblanadi. Biroq PR «ilgari surish»dan
shunisi bilan farq qiladiki, u jamoatchilik ongiga mahsulotning o’zidan ko’ra ko’proq
korxonani ilgari suradi (reklama qiladi). Mahsulotni (tovarni, xizmatni) ilgari surish
asosan iste’molchilar bilan, PR esa – keng jamoatchilik bilan amalga oshiriladi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, pablik rileyshnz bir vaqtning o’zida keng
78
jamoatchilikka ma’lum bir faoliyat bilan shug’ullanuvchi korxonani tanishtiradigan
reklama vositalaridan biri ham hisoblanadi. Quyidagi muhim bir xususiyatni hisobga
oli kerak: PR tovarni emas, firmani va bozorda emas, jamiyatda ilgari surishga
yo’naltiriladi. PR mahsulotni darhol sotish bilan bog’liq emas. Bu uzoq muddatli
reklama.
«Pablik rileyshnz» ifodasi so’zma-so’z olganda ommaviy, ijtimoiy jamiyatga
taalluqli munosabatlarni anglatadi. Hozirgi paytda mos keluvchi adabiyotlarda bitta
tushunchaning ikkita bir xil ahamiyatga molik nomi - «pablik rileyshnz» va
«jamoatchilik bilan aloqalar» ko’p uchramoqda.
PR faoliyatining asosiy yo’nalishi jamoatchilik ongini boshqarish, ya’ni
tashkilot muvaffaqiyatga erishishi uchun qulay bo’lgan ichki va tashqi ijtimoiy,
iqtisodiy, siyosiy, psixologik muhit yaratish hisoblanadi. Bu strategik maqsadga
firmaning ijtimoiy muhit: mijozlar, hukumat organlari, ommaviy axborot vositalari,
firma xodimlari bilan kommunikatsiyalarsiz erishib bo’lmaydi.
PR tizimi taklif etilayotgan mahsulot, tashkilot, korxona yoki biron-bir hodisa
borasida jamoatchilik fikrini shakllantirish, kuchaytirish yoki o’zgartirish maqsadida
jamoatchilik fikriga ta’sir ko’rsatishi lozim. Fikr bu – alohida shaxsning biron-bir
hodisaga munosabatidir. Bir guruh odamlar fikri jamoatchilik fikri sifatida
tavsiflanadi.
Jamoatchilik fikri bu – jamiyatda yuz berayotgan hodisalarga, turli guruhlar,
tashkilotlar, alohida shaxslar faoliyatiga munosabatdan (ochiq yoki yashirin) iborat
bo’lgan ommaviy ong holatidir. Bu voqelik haqida fikr-mulohazalar yig’indisidir.
Fikr ijobiy, salbiy, betaraf, mavjud emas bo’lishi mumkin.
Tijorat sohasida jamoatchilik fikri qoidaga ko’ra, bozor tadqiqotlari asosida
aniqlanadigan mahsulot (tovar, xizmat), bozor kon’yunkturasi, raqobatchilarning
bozor siyosati va h.k. haqida xususiy fikrlar sintezi sifatida aniqlanadi.
Firma o’z faoliyati jarayonida doimiy ravishda ishbilarmon jamoatchilikka,
ya’ni moliyaviy muassasalar, mahalliy va markaziy hukumat organlari, hamkorlar,
aksiyadorlar, xaridorlar va h.k. bilan duch keladi.
Oqilona tashkil qilingan PR tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish va tashkil
79
qilishdagi kamchiliklarni tezkorlik bilan aniqlashga yordam beradi. PR bilmasdan
turib jamoatchilik bilan samarali hamkorlik o’rnatib bo’lmaydi.
Jamoatchilik bu – vaziyat muammoliligini biladigan va unga bir xil tarzda
javob beradigan, ma’lum bir holatlar ta’siri ostida yuzaga kelgan odamlar guruhidir.
Ichki (yopiq) va tashqi (ochiq) jamoatchilik farqlanadi. Ichki jamoatchilik bu –
xizmat munosabatlari, an’analar, xizmat intizomiga bo’ysunadigan korporativ
jamoatchilik bilan birlashtirilgan korxona xodimlaridir. Bunday umumiylik ijtimoiy
umumiylik deb ataladi. Tashqi jamoatchilik bu – tovar va xizmatlar ko’p sonli
iste’molchilar guruhi, ommaviy axborot vositalari, siyosiy harakatlar, partiyalar va
fraksiyalar qatnashchilar. «O’z» jamoatchiligi bu – mazkur korxona o’z faoliyati
o’ziga xosliklari tufayli u ishlashi mumkin bo’lgan odamlar doirasi.
PR muhim elementi sanalgan ishbilarmonlik muloqoti firmaning tadbirkorlik
faoliyatidagi joriy va istiqbolli vazifalarni hal etishga qaratiladi. Ishbilarmonlik
muloqoti bu – biznes bo’yicha hamkorlar bilan kutilayotgan natijaga erishish uchun
aloqaga kirishishga imkon beradigan faoliyat.
«Pablisiti» degan tushuncha ham mavjud bo’lib, u bilan «pablik rileyshnz»
o’rtasida qalin aloqa bor. So’zma-so’z tarjima qilganda pablisiti (publicity) korxona
va uning faoliyati ommaviyligi, mashhurligini anglatadi. Bizda «imidj» tushunchasi
ham keng tarqalgan bo’lib, ingliz tilidan tarjima qilganda bu «qiyofa», ya’ni
jamoatchilik nigohida shakllangan korxona qiyofasini anglatadi. Ijobiy imidj
korxonaning raqobatbardoshligini oshiradi, iste’molchilar va hamkorlarni jalb qiladi,
faoliyat hajmi, demak, korxona daromadlarini ham ko’paytiradi.
Pablik rileyshnz bu – bir vaqtning o’zida turli mutaxassislar – psixologlar,
sosiologlar, iqtisodchilar, jurnalistlar va h.k. harakatlarini sintez qiladigan san’at va
fandir. Ular firma nufuzini rivojlantirish bo’yicha kampaniya ishlab chiqish va
amalga oshirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |