Jamoatchilik fikriga ta’sir borasida faoliyat sohasi, bilimlar sohasining vujudga
kelishi qadimgi zamonlarga borib taqaladi. XX asrda inson faoliyati turlarining
o’sishi, axborot tarqatishning texnik vositalari rivojlanishi bilan jamoatchilik fikriga
ta’sir ko’rsatish usullari tobora mustaqil jihatlarga ega bo’ldi va «pablik rileyshnz»
80
PR faoliyati jamiyatni boshqarish elementlaridan biri sifatida butun insoniyat
tarixi davomida mavjud bo’lib kelgan. PR xizmati alomatlarini Qadimgi Sharqda
ham, Qadimgi Misrda ham, Qadimgi Gresiya va Rimda ham kuzatilgan. «Public
relations» iborasi ilk marta 1807 yil AQSh prezidenti Tomas Djefferson tomonidan
«Kongressga yettinchi murojaat»da qo’llangan.
«Pablik rileyshnz» mustaqil faoliyat turi va fanining yuzaga kelishi XX asr
boshlariga borib taqaladi. 1900 yil AQShning Garvard universiteti pablisiti
byurosidan foydalandi, Pensilvaniya shtati universitetida esa 1904 yil o’z pablisiti
ofisi tashkil qilindi. Dastlabki PR yirik byurosi 1912 yil Amerika telefonn-telegraf
birlashmasida tashkil etildi. 1918 yil PR fani Illinoys shtati universitetida, 1922 yil
esa - Nyu-York universitetida o’quv rejasiga kiritildi. 1923 yil 3.Freydning jiyani
E.Bernauz o’zining PR haqida dastlabki «Crystalling Public Opinion» «Jamoatchilik
fikrini kristallab» kitobini bosib chiqardi. 1930 yillarning boshlarida AQShda pablik
rileyshnz menejmentning mustaqil funksiyasi sifatida yuzaga kelib, mamlakatning
yirik kompaniyalarida keng tarqaldi.
Hozirgi paytda 5400 dan ortiq amerikalik kompaniya PR bo’linmalariga ega.
Hozir AQShda 5080 dan ortiq PR agentliklari mavjud bo’lib, PR biznesida 9000 ga
yaqin kommunikatsiya bo’yicha mutaxassislar ishlamoqda. Ikki yuzdan ortiq
universitet va kolledjda talabalar PR bo’yicha saboq olmoqda. 1948 yil AQShda PR
jamiyati tashkil etildi.
1948 yil Buyuk Britaniyada Jamoatchilik fikri Instituti (Institute of Public
Relations - IPR) ochildi. Hozirgi paytda institutda 3000 dan ortiq kishi ishlamoqda.
1955 yil Londonda Xalqaro bыla pablik rileyshnz uyushmasi - International Publik
Relation association (IPRA) ta’sis etildi, u hozirda 65 dan ortiq mamlakat
mutaxassislarini birlashtirib turibdi. Buyuk Britaniyada PR yirik tashkiloti –
Markaziy axborot agentligi muhim rol o’ynaydi, u davlat tashkilotlari va
muassasalariga jamoatchilik fikrini shakllantirish borasida turli maslahat xizmatlari
ko’rsatadi.
1970 yillarda PR butun dunyo bo’ylab keng tarqaldi. Jamoatchilik bilan
aloqalar bo’yicha mustaqil bo’linmalar Xalqaro valyuta fondi va yevropa tiklanish va
81
taraqqiyot bankida ham mavjud.
Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitlarida PR imkoniyatlariga
tobora katta e’tibor qaratila boshladi. Ko’plab davlat va tijorat tashkilotlari va
korxonalarida PR usullaridan foydalanish zarurati yuzaga keldi. Hozirgi paytda yirik
sanoat firmalari va kompaniyalari PR xizmatiga ega bo’lib bormoqd. Bu yo’nalishda
Savdo-sanoat palatasining xizmatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: