Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B


Pablik rileyshnz xizmatining ommaviy axborot vositalari bilan ishlashi



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/272
Sana31.12.2021
Hajmi3,26 Mb.
#207540
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   272
Bog'liq
1502-Текст статьи-4094-1-10-20200627

Pablik rileyshnz xizmatining ommaviy axborot vositalari bilan ishlashi 

Muvaffaqiyatli  faoliyat  yuritish  uchun  korxona  va  tashkilotlar,  ayniqsa, 

faoliyat  hajmi  keng  bo’lgan  yirik  korxona  va  tashkilotlar  doimiy  ravishda 

jamoatchilik bilan o’z aloqalarini rivojlantirish va bunda ommaviy axborot vositalari 

bilan  ishlashiga  to’g’ri  keladi.  Ommaviy  axborot  vositalari  bu  –  har  xil  turdagi 

axborotlarni  keng  muloqot  doirasiga  tezkorlik  bilan  yetkazadigan  tashkiliy-texnik 

komplekslardir. Axborot vositalarga qarab og’zaki yoki yozma shaklda, vizual tarzda 



 

92 


yoki musiqa jo’rligida berilishi mumkin. 

Hozirgi paytda quyidagi ommaviy axborot vositalari keng tarqalgan: 

– axborot agentliklari; 

– matbuot; 

– radio; 

— televidenie;  

– Internet. 

Axborot agentliklari bu – qoidaga ko’ra, pullik asosda axborot to’playdigan va 

ommaviy  axborot  vositalarini  (gazeta,  jurnal,  radio,  televidenie),  davlat,  jamoat  va 

tijorat muassasalarini yangiliklar bilan ta’minlaydigan tashkilotlar. 

Masalan,  AQShning  Shiroko,  naprimer,  Associated  Press  (AR)  axborot 

agentligi juda  mashur. U dunyoning dunyoning turli  mamlakatlarida 80 dan ortiq  va 

AQShning  o’zida  140  ta  byuroga  ega.  Ushbu  agentlik  dunyo  bo’ylab  15  mingdan 

ortiq  mijozga  (gazeta,  jurnal,  tele  va  radiokompaniyalar,  davlat  tashkilotlari  va  h.k.) 

xizmat ko’rsatadi. 

AQShda  yiriklik  darajasi  bo’yicha  ikkinchi  o’rinda  turadigan  va  AR 

raqobatchisi  bo’lgan  United  Press  International  (UPI)  AQSh  da  146  ta  va  uning 

hududidan tashqarida 80 dan ortiq bo’inmaga ega. 

Moskvada  16  dan  ortiq  mahalliy  axborot  agentiklari  mavjud.  ularnin  gorasida 

eng  mashhurlari  RIA  «Novosti»,  ITAR-TASS,  «Praym»-TASS,  «Interfaks»  bo’lib, 

ularning axborotlaridan turli ommaviy axborot vositalari keng foydalanadi. 

Alohida  tashkilot  va  korxonalar  buyurtmasi  bilan  ommaviy  axborot  vositalari 

monitoringi bilan shug’ullanadigan axborot agentliklari  ham  mavjud. Monitoring bu 

–  matbuot,  radio,  televideniedagi  xabarlarni  kuzatib  borish,  tahlil  qilish  va 

baholashdir.  Bunday  agentliklar  istalgan  masala  bo’yicha  va  istalgan  kompaniya 

haqida  gazeta  va  jurnallarda  bosib  chiqarilgan  materiallar  taqdim  etishi  mumkin. 

Masalan, AQShda shunday agentlik mavjud – press-kliping byuro Burrel, u har kuni 

o’z mijozlariga 50 minggacha klip-podborka (clip – qirqib olingan parcha) yuboradi. 

Byuro 1700 ta kundalik va 8300 ta haftalik gazetaga, 6300 ta jurnalga obuna bo’lgan. 

Byuro  xizmatlarining  narxi  oyiga  200  dollarni  va  bundan  tashqari,  har  bitta  klip 




 

93 


uchun 1 dollarni tashkil qiladi. 

AQShda  asosiy  radio  va  telestansiyalarni  kunu-tun  monitoring  qilish  bilan 

shug’ullanuvchi kompaniyalar mavjud. 

Har  bir  korxona  o’zi  haqida  ijobiy  axborot  tarqatish,  jamoatchilik  fikrini 

yaratishga  intiladi.  Shu  bilan  birga,  korxona  uchun  boshqa  firmalar,  raqobatchilar 

faoliyati  haqidagi  axborotlar,  shuningdek,  OAVda  ular  haqida  chiqarilgan  barcha 

axborotlar qiziqish uyg’otadi. 

OAV  monitoringi  korxonalar  tomonidan  nafaqat  o’z  faoliyati  haqida 

jamoatchilik  fikrini  baholash  uchun  olib  boriladi.  U  boshqa  korxonalar  va 

raqobatchilarning  o’z  muammolarini  hal  qilishdagi  tajribasini  tahlil  qilish  va 

foydalanish, raqobatbardoshlikni oshirishda katta foyda berishi mumkin. 

Matbuot  bu  –  davriy  bosma  nashrlar  bo’lib,  ularning  qatoriga  gazeta  va 

jurnallar kiradi.  Faqat Moskva shahrining  o’zida 600 ga  yaqin davriy  nashrlar bosib 

chiqariladi.  «Argumentы  i  faktы»  haftalik  gazetasi  eng  ommaviy  sanalib,  hattoki 

1998  yilgi  iqtisodiy  inqiroz  sharoitlarida  ham  uning  adadi  3  mln.  nusxadan  ortiq 

bo’lgan. AQShda 1650dan ortiq kundalik gazeta chiqariladi. 

Dunyoning yetakchi gazetalari turli xorijiy mamlakatlarda o’z byurolariga ega. 

Masalan,  Moskvada  «Time»  haftalik  jurnali  (adadi  4  mln.  ekz.  hajmi  80-100  bet.), 

«Wall  Street  Jornal»  (2  mln.  ekz.),  «New  York  Times»  (1,2  mln.  ekz.),  «Business 

Week»  (1  mln.  ekz.)  gazetalari  va  h.k.  kabi  AQShning  yirik  nashrlariga  tegishli 

byurolar ishlab turibdi. 

Gazetalar  asosan  joriy  dolzarb  voqea-hodisalar  haqida  axborot,  tahliliy-

sharhlov  materiallari  chop  etadi.  Reklama-axborot  materiallariga  katta  joy  ajratiladi. 

Masalan,  amerika  va  nemis  gazetalari  50-70%ga  turli  tashkilotlardan  PR  bo’yicha 

mutaxassislar  yuborgan  materiallardan  iborat.  Gazeta  hajmi  turlicha,  2  betadn  100 

betgacha va hatto undan ko’p ham bo’ladi. 

Gazetalar quyidagicha farqlanadi: 

•  chiqish  davriyligi  bo’yicha  –  kundalik  (tonggi,  kechki);  yakshanbalik; 

haftalik; 

•  ko’lami  bo’yicha  –  markaziy  yoki  umummillik;  mintaqaviy;  mahalliy 




 

94 


(viloyat, tuman, shahar); korporativ (kompaniya, OTM va h.k.); 

• ixtisoslik bo’yicha (ommaviy; ixtisoslashgan; tarmoq). 

Qoidaga  ko’ra,  har  bir  gazeta  ma’lum  bir  sondagi,  ijtimoiy-demografik 

qatlamdagi  o’z  muloqot  doirasiga  ega  bo’ladi.  o’z  firmasi  haqida  reklama-axborot 

materiallari  tayyorlar  ekan,  PR  bo’yicha  mutaxassislar  ular  qaysi  ijtimoiy  guruhga 

qarab ish tutishi kerakligini bilishlari lozim. 




Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish