Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/272
Sana31.12.2021
Hajmi3,26 Mb.
#207540
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   272
Bog'liq
1502-Текст статьи-4094-1-10-20200627

Qabul  marosimlari  korxonalar  tomonidan  dam  olish  va  ko’ngilocharliklarini 

ishbilarmonlik  muloqoti  bilan  birlashtirgan  holda  mehmonlar  bilan  birgalikda  vaqt 

o’tkazish uchun tashkillashtiriladi. Qabul marosimlari mustaqil tadbirlar sifatida yoki 

boshqa  tadbirlar,  masalan,  marosimlar  bilan  birgalikda  o’tkazilishi  mumkin.  Qabul 

marosimlari odatda quyidagi hollarda tashkil qilinadi: 

- korxona tashkil qilingan tantanali sana yoki bironta yubiley; 

- korxonaga hamkorlar delegasiyasi tashrif buyurishi; 

- yirik bitim imzolanishi, jiddiy tadbir o’tkazilishi va h.k. 

Qabul 

marosimi 



ishbilarmonlik 

aloqalarining 

kengayishi 

va 


mustahkamlanishiga, 

ishbilarmonlik 

jamoatchiligi 

orasida 


korxona 

imidji 


yaratilishiga  xizmat  qilishi  lozim.  Bu  tadbir  puxtalik  bilan  tayyorlanishi  lozim. 

Tayyorgarlik quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

– qabul maqsadlarini belgilash; 

– qabul shaklini tanlash; 

– qatnashchilar tarkibini belgilash; 

– qabul ssenariysini tuzish; 

– taklifnomalar jo’natish; 

– menyu tuzish; 

– stollarni bezatish; 

– mehmonlarni stollarga o’tqazish rejasini tuzish; 

– mehmonlarga xizmat ko’rsatish tartibi; 

– nutq va tabriklarni tayyorlash. 

Qabul  marosimlari  turli  belgilarga  ko’ra  tasniflanishi  mumkin.  Qabul 

marosimlari  rasmiy  va  norasmiy,  qatnashchilar  o’tiradigan  joylar  oldindan 

belgilangan va belgilanmagan bo’lishi mumkin. 

Rasmiy  marosimlar  qatoriga  oldindan  tayyorgarlik  ko’riladigan,  taklif 

qiluvchilar  va  taklif  qilinuvchilar  belgilangan  taomillarga  amal  qiladigan  qabul 

marosimlari  kiradi.  Norasmiy  marosimlar  oldindan  tayyorgarlik  ko’rmasdan, 

do’stona  ishchi  vaziyatda  o’tkaziladi.  Ular  qoidaga  ko’ra,  kichik  korxonalarda 



 

91 


o’tkaziladi. Biroq ularga doimo tayyor turish talab etiladi. 

Kunduzgi qabul marosimlari qatoriga «nonushta» tadbirlari kiritiladi. 

«Nonushta»  ertalabdan  boshlab  soat  12  gacha  tashkil  qilinishi  va  1,5-2  soat 

davom etishi  mumkin. Dasturxondagi taomlar unchalik xilma-xil bo’lmaydi. Tushlik 

jarayonida  umumiy  mavzular  bilan  birgalikda  ishga  doir  masalalar  ham  muhokama 

qilinishi mumkin. 

Kechki qabul marosimlari – tantanalilik darajasi yuqoriroq bo’lgan tadbirlardir. 

Ular qatoriga «kokteyl», «furshet», «tushlik», «tushlik-bufet», «kechki ovqat». 

Kokteyl  (ingl.  Cocktail  –  xo’roz  dumi)  –  shakar,  maza  beruvchi  dorivorlar, 

meva  va  h.k.  qo’shiladigan  spirtli  ichimliklardan  iborat  bo’lgan  aralashma. 

«Kokteyl»,  «kokteyl  oqshomi»  odatda  soat 17-18  da  boshlanadi  va  ikki  soat davom 

etadi.  Ofisiantlar  suhbatlashib  turgan  odamlar  oldiga  ichimliklar  (qoidaga  ko’ra, 

kokteyl) va yaxna gazaklar olib keladi. 

«Furshet» (fr. Fourchette – sanchqi) amalda «kokteyl»dan katta farq qilmaydi. 

Bu  yerda  mehmonlarning  o’zi  bezatilgan  stollar  oldiga  kelib,  likopchalariga  o’zlari 

uchun  gazaklar  solib  oladi  va  suhbatlashayotgan  kishilar  oldiga  boradi.  Furshetda 

ham,  kokteylda  ham  an’anaviy  sanchqilar  deyarli  foydalanilmaydi,  ularning  o’rniga 

kichik plastmassa yoki yog’och sanchqilar ishlatiladi. 

«Tushlik»  va  «kechki  ovqat»  bir-biridan  faqat ularni  o’tkazish  vaqti  bo’yicha 

farq  qiladi.  Bu  tadbirlar  –  qabul  marosimlarining  eng  tantanali  shakllaridir.  Tushlik 

odatda  soat  17  atrofida  boshlanadi  va  2-3  soat  va  undan  ortiq  davom  etadi.  Kechki 

ovqat bundan kechroq boshlanadi. Tushlik va kechki ovqat qatnashchilar o’tiradigan 

joylar oldindan belgilangan holda o’tkazilishi mumkin. 


Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish