Qovuqning shikastlanishi.
Bolalarda
qovuqning shikastlanishi
nisbatan kam uchraydi. Shikastlanishga, asosan, transport,
sport va
turmushdagi noxush hodisalar sabab bo‘ladi. Qovuq shikastlanishida
nafaqat shikast beruvchi kuch, balki
shu vaqtda qovuqning siydik
bilan to ig a n yoki to ‘lmaganligi ham katta ahamiyatga ega. Ochiq
va yopiq shikastlanishlar farq qilinadi. Qovuq shikastlanishining
qorin parda ichi yoki tashqarisi hamda aralash turlari bo ‘lishi mum
kin. Qovuqning shikastlanish joyiga
qarab qovuq tanasi, qovuq tubi,
qovuq bo ‘yni, qovuq tepasi, qovuq uchburchagi
shikastlanishlari
tafovut qilinadi. Bunday shikastlanish ko‘pincha tos suyagi singanda
qayd etiladi.
К 1 i n i к a s i. Shikastlanishning dastlabki soatlarida, asosan, tos
suyaklarining sinishi va qorin bo‘shlig‘idagi a ’zolaming shikastlanishi
(agar bo ‘Isa) bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar shok bo‘lmasa, asosan, qorin
pastida doimiy kuchli og‘riq, to‘xtovsiz siydik qistashi, ammo buning
ilojini qila olmaslik singari belgilar aniqlanadi. Ayrim hollarda siy
dik oz miqdorda chiqishi yoki tomchilashi mumkin.
Siydikda doimo
qon bo ‘ladi. Biroq qon qisqa yoki uzoq muddat ketishi ham mumkin.
Qovuqning qorinpardadan tashqaridagi shikastlanishi bo ‘lsa, siydik
tos suyagi ichidagi biriktiruvchi to ‘qimaga tarqalib, qorin devorining
pastki qismida infiltrat yoki shish paydo bo‘ladi. T o‘g ‘ri ichak orqa
li tekshirganda yuqoridagi belgilar tasdiqlanadi.
Shikastlanishdan bir
necha soat o ‘tgach, bemoming oraliq qismida (yorg‘oq, diloq) shish
yuzaga keladi.
Qovuqning qorinparda ichki qismi shikastlanganda og‘riq qorin
sohasida b o ‘ladi. Siydikning qorin bo‘shlig‘iga
tushishi natijasida
bemorda siydik qistashi tuyg‘usi b o ‘lmaydi. Bolalaming umumiy ah
voli tezda og‘irlashib, siydik peritoniti belgilari yuzaga keladi. Qorin
devori taranglashib, paypaslanganda og‘riq Shyotkin-Blyumberg
simptomi aniqlanadi. Qorin b o ‘shlig‘ining yonbosh sohasi perkussiya
qilinsa, uyerda suyuqlik seziladi. Rektumni tekshirganda to‘g ‘ri ichak
devorining osilib turishi kuzatiladi. Agarda
qovuqda shikastlanish
teshigi kichik bo ‘lsa, u ichak halqalari yoki charvi bilan yopilishi
mumkin va peritonitning klinik belgilari unchalik aniq bo‘lmay-
di. Biroq bu vaqtinchalik holat bo‘lib, teshik takroran ochilishi va
peritonit rivojlanishi mumkin.
191
Do'stlaringiz bilan baham: