Eragashev dostonbek pratovich porshen halqasi va silindr orasidagi tirqishni dvigatel ko



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/32
Sana14.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#799666
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
Bog'liq
porshen halqasi va silindr orasidagi tirqishni dvigatel korsatkichlariga

 
 


52 
III BOB. NAZARIY VA AMALIY TADQIQOTLARNING METOD 
HAMDA NATIJALARI. MUAMMONI BARTARAF ETISH UCHUN 
TAVSIYALAR 
3.1. Halqalarning va silindr devorining yeyilishining tahlili 
3.1.1.
Porshen halqalari yeyilish nazariyalarining tahlili 
Dvigatelning ishlash jarayonida porshen halqasi asosan o`zining 
qayishqoqlik kuchi ta`sirida silindr devorlariga jipslashib yonish kamerasining 
germetikligini ta`minlaydi. Jipslikka yongan gazlarning bergan yordami esa 
nihoyatda qisqa vaqt davom etadi, holos. Shuning uchun qayishqoqlik kuchini 
halqaning aylanasi bo`ylab tarqalishi uning uzoq ishlash muddatini belgilaydi. 
Lekin qayishqoqlik kuchini halqaning aylanasi bo`ylab tarqalishi halqaning 
yeyilish davomida o`zgaradi va shunday daqiqa kelishi mumkinki kuchlarning 
miqdori halqani aylanasi bo`ylab biron joyida nolga teng bo`lib qolishi mumkin. 
Halqa nazariyasida shu vaqtni ya`ni ish boshlangandan to shu kuchlarni 
(bosimni) halqani ng aylanasi bo`ylab biron yerida nolga teng bo`lguncha o`tgan 
vaqtni halqaning “shartli nazariy” uzoq ishlash muddati deb ataladi va bunga 
B.Y.Ginsburg asos soldi. Odatda barcha halqalar shu kattalik bo`yicha bir biriga 
qiyoslanadi. Bu kattalikni ko`paytirish ustida hozirgacha juda ko`p ish 
qilinmoqda. Yangi yangi ko`p quvvatli dvigatellarni yaratish bu muammoni 
aktualligini yanada oshirmoqda. 
Halqaning “shartli nazariy” uzoq ishlash muddatini oshirish hozirda ikki 
yo`nalish bilan amalga oshirilmoqda. Birinchisi yangi tipdagi halqalarni yaratish 
ularni materiallari va qoplamalarini tanlash bo`lsa ikkinchisi halqaning ishlash 
sharoitini hisobga olgan holda ularni kattaliklarini va ko`rsatkichlarini 
ko`ngildagidek miqdorini tanlash bo`lmoqda. Bu muammoni yechishda 
o`tkazilayotgan eksperimental ishlar bilan bir qatorda halqani “shartli nazariy” 
uzoq ishlash muddatini ta`minlay oladigan, halqani va silindrni yeyilishini 
hisobga olgan holda ularni aylanasi bo`ylab bosimni tarqalish qonuniyatini 
tanlash imkoniyatini beradigan nazariyani ishlab chiqish kerak bo`ladi. Lekin bu 


53 
muammoni yechish qiyin bo`lgani uchun bo`lsa kerak yaratilgan nazariyalar 
ham o`zining ahamiyati nuqtai nazaridan har xil. 
K.Ebihara va T.Kakubari[13] porshen halqalarining yeyilishi radial 
kuchlarning yeyilish davomidagi tarqalishi haqida habar beradilar. Ular porshen 
halqalarini aylanasi bo`ylab bir hil yeyilishi nazariyalarini yaratganlar. Lekin 
yangi halqaning diametri nominaldan kata yoki kichik bo`lgan silindrda ishlaydi 
deb faraz qilganlar. Bunday holda halqaning aylanasi bo`ylab bir hil yeyilish 
ro`y bermaydi. Shunki yangi halqani diametri nominaldan kata yoki kichik 
bo`lgan silindrga solinsa qulf zonasida ma`lum burchakda halqa silindrga 
temaydi: demak shu zonada yeyilish bo`lmaydi. 
Professor B.Y.Ginsburg o`zining fundamental ishida halqaning yeyilish 
nazariyasiga asos soldi [8]. U silndrni yeyilmaydi deb turib, halqani perimetri 
bo`yicha bosimi uning yeyilishi o`rtasidagi bog`lanishni differensial 
tenglamasini topdi va yuqorida aytganimizdek halqalarni bir biriga qiyoslash 
uchun halqani “shartli nazariy” ishlash muddati degan kattalikni kiritdi. Shu 
kattalik bo`yicha u yoki bu dvigatelga ko`ngildagidek bosim taqsimotiga ega 
bo`lgan halqa tanlanadi. Shu nazariyaning yaratilishi natijasida B.Y.Ginsburk 
dvigatellarda maksimal yeyilishni(qoplama qalinligi), ishlash sharoitini 
(silindrdagi bosim miqdorini), silindrni deformatsiyasini yoki yeyilishini 
yo`qligini hisobga oluvchi qulf zonasida bosimi yuqori bo`lgan (korrektirlangan) 
halqalarni qo`llanilishini taklif etadi. Hozirgacha halqalar shu nazariya asosida 
tayyorlanadi.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish