qarasangiz — chakalakzorlar emas, balki
past bo'yli ulkan baobab daraxti ekan. Bu —
Afrika savannasining manzarasi. Afrikada
savanna bilan ch o 'lla r jam i m aydonning
80%ini egallagan.
Afrika — Yer yuzasidagi oltita materikdan
biri. Kattaligi jihatidan Yevrosiyodan keyin ik
kinchi o ‘rinda turadi. Maydoni orollari bilan
birga 30,3 million kvadrat kilometr.
Afrikaning ko‘p qismi tropik kengliklarda
joylashgan. Afrika shimoldan janubga tomon
8 ming kilometrga cho'zilgan. G'arbiy sohili-
dan sharqiy sohiligacha bo'lgan
masofa sal
kamroq. Afrikani ikki okean — Atlantika va
Hind okeanlari, ikki dengiz — O'rta va Qizil
dengizlar o'rab turadi. Unda Nil, Niger, Kon
go, Zambezi, Oranj, Limpopo kabi yirik dary-
olar oqadi. Afrikada Chad, Viktoriya, Nyasa,
Tanganika kabi katta ko'llar ham bor. Afrikan
ing qirg'oqlari ancha tekis. Eng katta yarim
oroli — Somali, eng yirik qo'ltig'i — Gvineya.
Dengiz sathidan o'rtacha balandligi 750 metr.
Eng baland joyi — Kilimanjaro vulkani (5895
metr), u Afrikaning eng baland joyi hisoblana
di.
Afrikada
ekvatorial iqlimli
zonasidan shimol va janubga
tomon subekvatorial, tropik va
subekvatorial iqlim zonalari joy
lashgan. Yozda o'rtacha tem-
peratura 30° gacha, yilning sal
qin mavsumida esa 25° issiq
bo'ladi, faqat tog'lardagina tem
perature 0° gacha tushadi.
A frika yeri konlarga boy.
Sahroi Kabirning g'arbiy va shi
moliy qismida fosforitlar, neft,
tabiiy gaz zaxiralari topilgan.
Afrika markazidagi Kongo hav-
zasida mashhur mis konlari va
uran sha xtalari bor. Janubi
kobalt, berill, litiy,
oltin va ol-
mosga boy.
K okos va m o yli palm a
mevalari, qimmatbaho qizil va
qora daraxtlar, po'kak va kau-
chuk daraxtlari — bularning hammasi Afrika
sahiy tabiatining insonga in’omidir. Afrikaning
unumdor yerida какао, kofe, banan, ananas,
apelsin, mango yetishtiriladi.
Afrikada noyob yow oyi hayvonlardan fil,
karkidon, begem ot, zebra, kiyik, arslon,
gepard, leopard kabilarni saqlab qolish
uchun qo'riqxonalar tashkil etilgan. Chaqadi-
gan setse pashshasi
odamlarga va chor-
vachilikka ancha zarar keltiradi.
Afrika xalqlari mehnatsevar, yerlari unum
dor va tabiati boy. Bu odamlarga baxt kelti-
rishi lozim edi, biroq aksi bo'ldi. Bunga mus
tamlakachilar sababchidir. 15-asrda dengiz
sayyohlarining izidan u yerga savdogar, tablig'
(missioner)lar va qalloblar galasi yopirildi.
Butun materikni tarixda misli ko'rilmagan ta-
lon-taroj qilish boshlandi.
Afrikaga mustamlakachilar kelguncha u
yerda yirik davlatlar bo'lgan, san’at va hunar-
m andchilik rivojlangan. M ustam lakachilar
mag'rur va iste’dodli xalqlarni bo'ysundirdilar.
Kelgindilar afrikaliklarning kuchidan foy-
dalanib, o'zlari uchun shaharlar va yo'llar,
Do'stlaringiz bilan baham: