Ensiklopediyasi


Zebra va kiyiklar suvloqda



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

Zebra va kiyiklar suvloqda
www.ziyouz.com kutubxonasi


www.ziyouz.com kutubxonasi


shaxta va dengiz 
portlari qurdilar, bu 
yerning tabiiy boy- 
likla rin i o ‘z mam- 
la k a tla rig a ta sh ib
ketdilar. Ammo Afri­
ka xalqlari bosqin­
c h ila rg a
q a rsh i 
kurashni to'xtatmadi 
va, nihoyat, ozodlik 
k u n la rig a
y e tib
keldi— endilikda de­
yarli butun A frika 
mustaqillikka erish- 
gan. H o zir a frika
m a te rig i va unga 
yondosh orollarda 
53 ta d a v la t bor.
Aholisi 700 million- 
ga yaqin.
Afrikaning ko'p­
gina rivojlanayotgan 
yosh davlatlari yan- 
gicha hayot barpo 
etishga kirishdi.
Afrika Yer yuzida 
eng qadimgi mada­
niyat markazlaridan 
biri. Bundan 4— 5 
ming yillar awal bar­
po e tilg a n M isr 
e h ro m la ri buning 
dalilidir.
AFROSIYOB
Turistlar tushgan mashina Samarqand 
shahrining ichkarisi tomon yurib, qadimiy Siy- 
ob arigldan o'tganida, juda katta maydonda 
yastanib yotgan oqish tepaliklar namoyon 
boladi.

Bu yerda ko'hna A frosiyo b shahri 
bolgan, — deb hikoya boshlaydi ekskurso- 
vod. — Hozir siz ko‘rib turgan bu tepaliklar os­
tida inson qoli bilan yaratilgan noyob yodgor­
liklar yashirinib yotibdi.
Hammani a w a lo joyning nomi qiziqtiradi. 
Afrosiyob. Abulqosim Firdavsiyning mashhur
«S h o h n o m a » a s a rid a q a d im g i Eron 
shohlarining 0 ‘rta Osiyoga qilgan bosqinchi- 
lik yurishlariga qarshi kurashgan turonlik pod­
sho va sarkarda nomi shunday deb yuritilgan.
Afsonalarda hikoya qilinishicha, Afrosiyob 
ko'pgina shaharlarga asos solgan. Shu sa- 
babdan Samarqand va Toshkent shaharlari- 
ning bizning davrimizgacha tepa shaklida 
saqlanib qolgan qadimgi xarobalari Afrosiy­
ob nomi bilan yuritiladi, degan tushuncha 
keng tarqalgan.
Lekin bugungi kunda bir guruh olimlar Sa- 
marqanddagi ko‘hna tepalik nomini bu qahra- 
monga aloqasi yo‘q deb chiqmoqdalar. Ular 
fikricha, Afrosiyob aslida so‘g‘diycha nom
www.ziyouz.com kutubxonasi


b o 'lib , S iyo b , y a ’ ni Q o ra s u v b o 'y la ri 
ma’nosini anglatgan. Mashhur Siyob anhor- 
laridan biri Samarqand shahrining shimoli- 
dan oqib o‘tadi. Qadimda u o‘z suvini Zaraf- 
shon daryosiga quygan. Siyobga kelib tut- 
ashgan bir necha soylar uning quyi qismi­
da tik sohillarini yemirib, chuqur jarliklar ho­
sil qilgan. Bu yerlar nihoyatda bahavo ham­
da mudofaa uchun juda qulay bolgan. Bun­
dan 2750 yil muqaddam Siyob anhorining 
xuddi shu qism ida qadimgi Samarqand 
qad ko'targan. Respublikamiz hududidagi 
eng qadimgi bu shaharning jo'shqin hayoti 
va tarixiy voqealarga boy o'tmishi mana shu 
Siyob b o 'ylarida so d ir bo'lgan. 13-asr 
boshida Samarqand Chingizxon qo'shinlari 
tomonidan bosib olinib vayron etildi. Uning 
tepaga aylangan xarobalari esa 17-asrdan 
boshlab Afrosiyob (yuqorida aytganimizdek 
«Siyob bo'yi») nomi bilan yuritila boshladi.
S o 'g 'd d a v la tin in g p o yta xti b o 'lg a n
Afrosiyob qadimgi Samarqand xarobalari- 
ni o'z bag'rida saqlab kelmoqda. U bu 
ko'hna shaharning boy tarixini o'zida mujas- 
sam etgan ulkan arxeologik yodgorlik hisob­
lanadi. Afrosiyobda olimlarimiz juda katta il­
miy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Sha- 
haming turli davrlarida bunyod qilingan imo- 
rat va inshootlarning qoldiqlari qazib ochil- 
di, uning o'tmish tarixi asta-sekin tiklanmoq- 
da. Qazishlar natijasida ma’lum bo'ldiki, 
Afrosiyobning shimolida Siyobning tik sohil­
lari, sharq va g'arbida esa jarliklar yoqalab 
olti kilometrga cho'zilgan do'nglik — qadim­
gi shahar devorining qoldiqlari joylashgan. 
U bir necha yeridan qazildi. Y irik xom 
g'ishtlardan urib chiqilgan bu baland de­
vorning qalinligi 6 metr. Ichki qismi ravoqsi- 
mon uzun yo'lak tarzida bino qilingan. De­
vor tashqarisi bo'ylab shaxmat kataklariga 
o'xshatib nishon tuynuklari, u yer-bu yerida 
to'rt burchakli mula (tayanch va mudofaa 
inshoot)lar ishlangan. Bular miloddan a w a l 
329— 327-yillarda makedoniyalik Iskandar 
(Aleksandr Makedonskiy) qo'shinlari, 712- 
yilda Arab xalifaligi, 1220-yilda esa Chin­
gizxon boshliq m o 'g'ul istilo ch ila rin in g
yo'lida mustahkam g'ov bo lib bir qancha 
vaqt bosqinchilarni shaharga kiritmay, Sa­
marqand ostonalarida tutib turgan qadimgi 
m u d o fa a in s h o o tin in g q o ld iq la ri edi. 
Qadimda Afrosiyobning uchta darvozasi
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo'lgan. Shimoliy darvozasi Buxoro, janubiy 
darvozasi Kesh va g'arbiy darvozasi Navba- 
hor nomlari bilan yuritilgan.
A fro s iy o b n in g m a yd o n i 219 g e k ta r 
bo'lgan. Shaharni suv bilan ta’minlash og'ir 
bo'lganligidan janub tarafdan suv keltirilgan. 
Suvni keltirish uchun pishiq g'isht va suvga 
chidamli ganchdan ravoqsimon ulkan to'g'on 
qurilib, uning ustidan shaharga katta ariq 
o'tkazilgan. Bu ajoyib suv inshootining ichki 
qismi qo'rg'oshin bilan qoplanganligi sabab­
li u «Jo'yi arzis», ya’ni «Qo'rg'oshin ariq» 
nomi bilan mashhur bo'lgan.
A fro siyo bnin g shim olida m o 'g 'u lla rg a
qarshi kurashgan mudofaachilarning so'nggi 
qarorgohi — ark va jome masjid xarobalari 
joylashgan. Arxeologik qazishlar ular kuchli 
yong'indan vayron bo'lganligini ko'rsatdi, de- 
vorlarida sanchilgan kamon o'qining izlari, 
alanga ostida qolib ketgan navkarlarning jiba 
(harbiy kiyim)lari, yonib ko'mirga aylangan 
ustun va to'sin bo'laklari, chaqa tangalar ham­
da boshqa ashyolar topilgan.
Keyingi yillarda Afrosiyobda ilk o'rta asr- 
larga mansub kulolchilik korxonalari, hunar- 
mandlarning uy-joylari, tosh terilgan ko'chalar, 
gumbazli ganchkori saroy xarobalari qazib 
ochildi. Topilgan yodgorliklar orasida 7-asrga 
m ansub ta sviriy sa n ’at asarlari ayniqsa 
noyobdir. 1965-yilda esa, Samarqand ixshi- 
di (hokimi)ning saroyi kavlab ochildi. Saroyn- 
ing 11 metrli kvadrat shakldagi xonasining de­
vorlari rasmlar bilan bezatilgan edi. Ularda 
to'y marosimi tasvirlangan. Oq fil ustidagi tax- 
tiravonda malika va uning orqasida uch cha- 
vandoz ayol, ikki tuyakash, so'ngra bezatil­
gan ot yetaklagan kishi hamda bir nechta 
oqqush haydab kelayotgan o'spirinlar tasvir­
langan. Ularning yuz, qo'l va ko'proq kiyimlar- 
ida so'g'dcha yozuvlar bor. Devorning bir 
tarafida kemada sayr qilayotgan Xitoy elchi- 
lari, ikkinchi tomonida yirtqich hayvonlar bilan 
olishuv manzaralari tasvirlangan.
Arxeologlarning mashaqqatli mehnati tu­
fayli Afrosiyob hududidan tobora ko'proq 
arxeologik materiallar topilmoqda. Bugungi 
kunda Afrosiyobga borgan har bir kishi bu 
qadimiy shaharning ko'chalarida sayr etib,
q a s rla rid a n to p ilg a n a jo y ib b e za kla rn i, 
o'ymakor, ganchkor naqshlar-u devoriy rasm- 
larni maroq bilan tomosha qilishi, Samar- 
qandning qadimiy qiyofasini hamda uning 
moddiy va madaniy hayotini ko'z oldiga kelti- 
ra olishi mumkin. Olamga dong'i ketgan bu 
ajoyib ulkan obida Birlashgan Millatlar Tash- 
kilotining maorif, fan va madaniyat masalalari 
bilan shug'ullanuvchi xalqaro tashkiloti —
UNESKO muhofazasiga olingan.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish