O'sha mashina, ya’ni elektrokar quvvatni
akkum ulyator deb ataladigan qurilm adan
oladi. «Akkumulyator» so'zi lotincha bo'lib,
«to'plagich», «yig'gich» degan m a’nolarni
bildiradi. Demak, akkum ulyator to'plagich
degani ekan. Lekin u pulni emas, balki ele
ktr energiyasini to'playdi. Eng oddiy akku
m ulyator sulfat kislotali bankaga botirilgan
ikki qo'rg'oshin plastinkadan iborat. Elektr
energiyasini to'plash uchun akkum ulyator
«zaryadlanadi», ya ’ni
u orqali elektr toki
o'tkaziladi. Shunda qo'rg'oshin plastinkan-
ing s irtq i q a v a ti b o s h q a m o d d a g a —
qo'rg'oshin oksidga aylanadi. Endi akku-
mulyatorga lampochka yoki elektr motorni
ulash m u m kin: q o 'rg 'o s h in oksid yana
qo'rg'oshinga aylana boshlaydi, to'plagan
energiyasini «qaytarib» beradi va lampoch
ka yonadi, elektr m otor ishlay boshlaydi.
Akkum ulyator o'zi to'plagan elektr energi
ya sin i « q a yta rib » b o 'lg a ch , y a ’ni kuchi
tugagach, qaytadan zaryadlanadi va yana
elektr to'plagich ishlay boshlaydi.
Elektr energiyasini
sim lar orqali uzatish
mumkin bo'lmagan joylarda akkum ulyator-
lardan fo yd alan iladi. Aytaylik, avtom obil
motori ishlay boshlashi uchun uni aylantirib
yuborish kerak. Bu ishni elektr dvigatel —
starter bajaradi; ana shu starter elektr en
ergiyasini akkumulyatordan oladi.
Suv osti kemalari (agar ular atom suv osti
kemalari bo'lm asa) eshkak vintlarini elektr
motorlar harakatga
keltirishi natijasida suv
ostid a suzadi. E le ktr m o to rla r o la d ig a n
energiyani esa har biri odam bo'yidek kel
adigan ulkan akkumulyatorlar beradi.
Kosmik kemalarda ham akkumulyatorlar-
siz ish bitmaydi. Ularda ham elektr energi-
yasiga muhtoj bo'lgan asboblar: priyom ni-
klar, uzatkichlar, har xil boshqarish mex-
anizmlari, elektr lampalar bor. Kosmik kema
Yerning Quyosh
yoritib turgan tom onida
uchayotganida u elektr energiyasini quyosh
batareyalaridan oladi, chunki quyosh ba-
tareyalari yo rug'likni ele ktr energiyasiga
aylantirib beradi. Kema Yerning qorong'i
tomoniga o'tganda quyosh batareyalaridan
z a ry a d la n g a n a k k u m u ly a to rla r is h la y
boshlaydi.
Akkumulyatorlarning elektr energiyasi juda
qimmat turadi. Agar akkumulyatorlar qimmat
turmaganida ulardan ko'proq foydalanilgan
bo'lar edi. Yana shunisi
ham noqulayki, hozir
cha akkumulyatorlar juda qo'pol va og'ir.
Hozir olimlar yengil va quwatli akkumulya-
torlarni yaratishga harakat qilishmoqda. Bun
day akkumulyatorlami, masalan, avtomobilning
benzin motori o'rniga o'rnatsa bo'lardi. Axir
motorda benzin yonganda zararli gazlar ajral-
adi-ku. Akkumulyatorli mashina shunday ga-
zlarni chiqarmagan bo'lardi va shahar havosi
buzilm ay, siz bilan biz tozaroq havodan
nafas olardik.
AKROPOL
Qadimgi yunon shaharlarining har birida
eng baland tepalik ustiga qurilgan va atrofi
qalin devor bilan o'ralgan qal’a — akropol
bo'lgan. Afina shahridagi Akropol ularning
eng mashhuri hisoblanadi. Uning mudofaa
devorlari miloddan a w a lg i 2-ming
yillikda
qurilgan. Keyingi da vrlarda qurilgan in-
shootlarni tarkibiga kiritgan Afina Akropoli
majmuasi miloddan a w a lg i 5-asrda tugal-
landi.
Akropolga Propileylar (maxsus qurilgan
kirish xonalari) orqali o'tilgan. U yerda Pina-
koteka — san’at asarlari muzeyi joylashgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Akropolning o'rtasida, Propiley qarshisida,
qo'lida nayza tutgan,
tem ir qalpoqli Afina -
donolik ma’budasining ulkan bronza haykali
qad ko'targan. U hushyorlik va salobat bi
lan atrofga nazar tashlab turgandek tuyula-
di. Haykalning orqasida o'ng tomonda Afi
na s h a ra fig a q u rilg a n m a rm a r u s tu n li
ko'rkam Parfenon ibodatxonasi bo'lgan.
Ibodatxona peshtoqining old tom onidagi
uchburchak qismi turli haykallar bilan beza-
Igan. Bir tomonda Afinaning dengiz xudosi
Poseydon bilan shaharga kim hukm ron
bo'lishi to'g'risidagi bahsi aks etgan. Ri-
voyatlarga ko'ra, Poseydon uch tishli nayz-
ani qoyaga otganida
nayza tekkan toshlar
orasidan buloqlar otilib chiqqan. Afina nay
za otganida, nayza tushgan joyidan zaytun
daraxti o'sib chiqqan. Afinaning sovg'asi
foydaliroq deb topilgani uchun, u shahar
homiysi bo'libdi.
Ustunlar ortida Parfenon devorlariga Afi
na bayrami kunida afinaliklarning Akropol
tomon tantanali yurishi aks ettirilgan bo'rtma
tasvirlartushirilgan.
Y u n o n la r ham m adan ham A fin a n in g
Parfenon ichidagi haykali bilan ko'proq
faxrlanishgan. Ma’budaning yuzi va qo'llari
fil suyagidan, kiyimi
va sochlari sof oltindan
yasalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: