Ensiklopediyasi


Farg'ona shahrida o'rnatilgan Ahmad Farg'oniy haykali



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

Farg'ona shahrida o'rnatilgan Ahmad Farg'oniy haykali
Ahmad Farg'oniy «Asturlob bilan amal tu- 
tish kitobi», «Al-Farg'oniy jadvali», «Jady di­
ametri uchun al-Farg'oniy jadvali», «Oy Yer 
ustida va ostida bo'lgan vaqtida vaqtni 
aniqlash haqida risola», «Yetti iqlimni hisob­
lash», «Quyosh soatini yasash haqida kitob» 
singari asarlarni ham yozgan.
Ahmad Farg'oniy nomini abadiylashtirgan 
yana bir narsa — Nil daryosi ustiga qurilgan 
suv o 'lch a sh in sh o o ti — «M iqyosi Nil» 
(Nilometr)dir. Bu inshoot 861-yildan 865-yil- 
gacha bo'lgan vaqt oralig'ida qurilgan, deb 
h is o b la n a d i. O 'n bir asrdan o rtiq va q t 
m obaynida xalq xizm atida bo'lgan bu in­
shoot, Asvon to'g'oni qurilgach, o'z ishini 
to'xtatgan va hozir muzeyga aylantirilgan.
Ahmad Farg'oniy — jahonga dong'i ket­
gan astronom, matematik, muhandis, gidro- 
texnik. Yevropada u Alfraganus nomi bilan 
mashhur.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ahmad Farg'oniy Q ohiraga yaqin yerga 
dafn etilgan. 1998-yilda jah on ilm iy jam o- 
atchiligi olimning 1200 yilligini keng nishon- 
ladi. Uning asarlaridan namunalar, o'zi ha­
qida ilm iy va om m abop asarlar chop e til­
di.
Respublikamizda ko'plab joylar va muas- 
s a s a la r u n in g n o m i b ila n y u r it ila d i. 
Farg'onada allom aning mahobatli haykali 
qad ko'tarib turibdi.
AKADEMIK LITSEY VA KASB-HU-
NAR KOLLEJI
Respublikam izda o'quvchilar to'qqiz yil­
lik (1— 9-sinflar) umumiy o'rta ta’lim makta- 
bini tugatgach, o'z xohishi bo'yicha o'rta 
maxsus, kasb -hu nar ta ’limi yo 'n alishi —
akadem ik litsey yoki kasb-hunar kollejida 
o'qishni davom ettirishi mumkin.
Akadem ik litsey yoshlarga egallagan ix- 
tis o s i 
b o 'y ic h a
is h la s h
h u q u q in i 
ta ’m in la yd ig a n ham da bunday ish yoki 
ta ’limni navbatdagi bosqichda davom etti- 
rish uchun asos bo'ladigan o'rta maxsus 
ta ’lim beradi. Akadem ik litsey yoshlarning 
imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan 
holda ularning jadal intellektual rivojlanishi- 
ni, chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtiril- 
gan va kasbga yo'naltirilgan ta ’lim olishni 
ta ’minlaydi. Akadem ik litseyda tanlab olin­
gan ta ’lim yo'nalishi bo'yicha (gumanitar, 
texnika, ag rar va boshqa sohalar) bilim 
saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur 
o'rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar 
ko'nikmalarini shakllantirish imkoniyati mav­
jud. Bu ko'nikmalarni o'qishni muayyan oliy 
ta ’lim m uassasalarida davom ettirib yoki 
m e h n a t fa o liy a tid a ro 'y o b g a c h iq a ris h
mumkin.
A kadem ik litseyda ta ’lim olish bilim ni 
chuqurlashtirish va tanlangan ixtisosga ega 
bo'lishni ta ’minlaydi. 3 yil ichida akademik 
litseyda o'q ish n i tugatgach, bitiruvchiga 
davlat tomonidan tasdiqlangan namunada- 
gi diplom beriladi. Bu diplom ta ’lim ning 
keyingi bosqichlarida o'qishni davom etti- 
rish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar
9i Sib 1-
bo'yicha mehnat faoliyati bilan shug'ullanish 
huquqini beradi.
Kasb-hunar kollejida ham o'qish muddati 
3 yil bo'lib, o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
beradi. Kasb-hunar kollejida muayyan kasb- 
hunar bo'yicha bilim va ko'nikm alarni chu­
q u rla sh tirish , tanlab olingan kasb-hu nar 
bo'yicha bir yoki bir necha ixtisosni egal- 
lash mumkin.
Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik dara- 
jasi, pedagogik tarkibining tanlanganligi, 
o'quv jarayonining tashkil etilishi jihatidan 
yangi tipdagi ta ’lim muassasasi hisoblana­
di. Ular bir yoki bir necha zam onaviy kasb- 
hunarni egallash hamda tegishli o'quv fan- 
laridan chuqur nazariy bilim olish imkonini 
beradi.
K a s b -h u n a r k o lle jla rid a t a ’lim o lis h
yoshlarga o'z bilimlarini chuqurlashtirish va 
ixtisosga ega bo'lish imkonini beradi. Kasb- 
hunar kollejini tugatgan bitiruvchiga ham 
davlat tomonidan tasdiqlangan namunada- 
gi d ip lo m b e rila d i. Bu d ip lo m ham
ta ’lim ning keyingi bosqichlarida o'qishni 
davom ettirish yoki egallangan ixtisos va 
kasb-hunar bo'yicha mehnat faoliyati bilan 
shug'ullanish huquqini beradi.
O'zbekiston Respublikasi hukumati aka­
demik litseylar va kasb-hunar kollejlariga 
alohida aham iyat bermoqda. O'zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998-yil 
24-fevralda «Akademik litseylar va kasb- 
hunar kollejlarini tashkil etish va ularning fa- 
o liya tin i boshqarish to 'g 'risid a » maxsus 
qaror qabul qildi. Qarorda akademik litsey­
lar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish, 
ularning faoliyatini yo'lga qo'yish va mu- 
vofiqlashtirish, ularda barkamol, chuqur bil- 
imlarga ega bo'lgan malakali kadrlar tay- 
yorlashini ta ’minlash maqsadi bayon etil­
gan.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish