Ensiklopediyasi



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

ABDULLAYEV
HABIB
MUHAMEDOVICH
(1912 — 1962)
Abdullayev Habib Muhamedovich tabiat va 
yer farzandi edi. U yerni ham dehqoncha 
mehr, ham olimona tuyg'u bilan sevardi. Shu 
sababli ulug' olimimiz butun umrini yer ilmiga 
b a x s h id a e td i. 
Bu y o 'ld a g i 
b a rch a
mashaqqatlarni sabot bilan yengdi.
Akademik Habib Abdullayev Oloy tog'lari 
etagida joylashgan xushmanzara qadimiy 
Aravon qishlog'ida (hozir shaharcha) o'zbek 
dehqoni — bog‘boni oilasida dunyoga keldi. 
Ehtimol, qishloq atrofining ajoyib tabiati, 
uning uyi yaqinida katta konlardan birining to- 
pilganligi Habibning qalbida geologiya fani- 
ga qiziqish uyg'otgandir. Ana shu qiziqish uni 
0 ‘rta Osiyo Industriya instituti (hozirgi Tosh­
kent Davlat texnika universiteti)ning geologiya 
fakulteti sari yetakladi. 0 ‘rta Osiyoning tog1 
toshlari, cho‘l dashtlariga da’vat etdi, yer 
qa’rida necha million yillardan buyon yashiri­
nib yotgan noyob qazilma boyliklarni ilm kali- 
ti bilan ochishga undadi.
U o‘zi yirik tadqiqotlar olib borishi bilan bir­
ga yosh avlodda, maktab o'quvchilarida ham 
geologiyaga qiziqish uyg‘otishga intilardi. 
Bolalar gazetalarida yoshlarga murojaat etib, 
oldindan belgilangan va alpinistik safarlarda, 
sayohatlarda qazilma boylik konlarini qanday 
izlash kerakligi haqida soddagina tavsiyalar 
berardi.
Faqat O'zbekistonda emas, balki umuman 
O'rta Osiyoda geologiya fani va amaliyotida 
erishilgan katta muvaffaqiyatlar Habib Mu- 
hamedovichning ilmiy faoliyati bilan uzviy 
bogliqdir. Uning tashabbusi bilan O'zbekiston 
Fanlar Akademiyasining hozir uning nomi bi­
lan ataladigan Geologiya instituti asosida
geologiyaning turli sohalari bo'yicha to'rtta il­
miy tadqiqot instituti tashkil etildi. Respublika- 
mizning faxri hisoblangan Yadro fizikasi insti- 
tutining tashkil etilishida ham Habib Muhame­
dovich fidokorlik ko'rsatdi. Urush yillarida be- 
vosita Habib M uham edovich ishtirokida 
O'zbekiston qora metallurgiyasining to'ng'ichi
— Bekobod metallurgiya zavodi barpo etildi. 
Mamlakatimizning mineral xom ashyo bazasi- 
ni tez sur’atlar bilan rivojlantirish, qazilma boy­
lik konlarini izlash va ularni zudlik bilan ishga 
solishda Abdullayev o'zining salmoqli hissas- 
ini qo'shdi. U yer osti boyliklarining tarixan tash­
kil topishi va qaysi qatlamlarda qanday qazil­
ma boyliklar yotishi mumkinligi haqidagi o'z 
nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga suyanib 
o'zbekistonlik va chet el geologlari ko'p yangi 
konlar ochdilar. Geologiya fani sohasida daho 
darajasiga ko'tarilgan olim Habib Muhamedo­
vich fan yo'lida har qanday qiyinchiliklardan 
qo'rqmaydigan fidoyi edi. Ana shu fidoyilik tu­
fa yli u ja h o n g a ta n ild i. U ning F ransiya 
geologlari jamiyati va Buyuk Britaniya qirollik 
m in e ra lo g iy a ja m iy a tin in g a ’zosi e tib
saylanganligi ham bejiz emas. Habib Abdul­
layev geologlaming chet ellarda o'tkazilgan bir 
qancha xalqaro kongresslarida faol qatnash- 
gan. Asarlari xorijiy tillarga, jumladan, nemis, 
xitoy va boshqa tillarga tarjima qilingan. Habib 
Muhamedovich jamoat va davlat ishlarida ishl­
agan chog'larida ham, O'zbekiston Fanlar ak- 
a d e m iya sig a ra h b a rlik q ilg a n id a ham 
geologiya sohasidagi tadqiqotlarini davom et- 
tirdi. U geologiya sohasidagi ilmiy ishlari uchun 
respublikada birinchi bo'lib o'sha davrning eng 
nufuzli davlat mukofotiga sazovor bo'ldi. Olim- 
ning geologiya faniga qo'shgan hissasi 1970- 
yilda Beruniy nomidagi O'zbekiston davlat 
mukofotiga loyiq deb topildi.
Habib Abdullayev davlat va jamoat ishlari 
bilan band bo'lishiga qaramasdan, huzuriga 
kelgan shogirdlari bilan suhbatlashishni kan- 
da qilmas, maslahatlar berar, ilmiy tadqiqot- 
larni davom ettirish uchun vaqt topar edi. Ab­
dullayev 130 dan ortiq ilmiy asar, shu jum ­
ladan 7ta m onografiya yozdi. U o'zining 
o'lmas asarlari, g'oyalari bilan geologiya fan-
www.ziyouz.com kutubxonasi


iga ulkan hissa q o 's h d i, a y n i v a q td a
0 ‘zbekiston sha’nini baland ko'tardi.
Habib Abdullayevning o ‘z farzandlariga 
murojaat etib aytgan gaplari ayni vaqtda re- 
spublikamizning barcha bolalariga aytilgan- 
dek tuyuladi:
«B olalarim , ham isha inoq b o 'lib yas- 
hang, bir-biringizdan hech qachon hech ni- 
mani ayamang. Har qanday sharoitda ham 
bir-biringizni suyang, qo‘llab-quvvatlang.... 
Men o ‘n ikki yasharligim dan mehnat qila 
boshlaganman. Mehnatsevar bo'ling, aziz 
bolajonlarim. Men o‘zimning butun umrimni 
xalqimizga va fanimizga baxsh etdim. Sizlar 
ham, qayerda va qaysi lavozimda ishlash- 
ingizdan qat’i nazar, o'z hayotingizni, meh- 
natingizni xalqqa bag'ishlang. Halol xizmat 
qilib, jonajon yurtimizning munosib farzand- 
lari bo'lib yetishing».
Olimning hayoti va ilmiy hamda jamotch- 
ilik fa o liy a ti haqida bir qa ncha o lim la r 
m u a lliflig id a « E s d a lik la r» c h iq a rilg a n . 
O'zbek xalqi ulug' olimning fanga qo'shgan 
hissasini munosib baholadi. Uning nomiga 
O'zbekiston FA Geologiya va geofizika in­
stituti hamda Toshkent shahridagi katta 
ko'cha, Toshkent metrosi stansiyalaridan 
biri, maktab va boshqa ob’yektlar qo'yilgan, 
yodgorlik taxtasi o'rnatilgan, Toshkentning 
«C hig'atoy» qa bristo nida gi qabri ustiga 
marmar byusti o'rnatilgan. 1992- yil Habib 
Abdullayev nomida medal ta ’sis etilgan. U 
tug'ilib o'sgan Aravon shaharchasida ham 
uy-muzeyi, uning nomida ko'cha va maktab 
bor.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish