Agar UA=UB=UC va fazalar kuchlanishlari vektorlari orasidagi burchak 1200 ga teng bo`lsa, simmetrik tizimga ega bo`lamiz. Agar yuqoridagi shartlar buzilsa, nosimmetrik tizim xosil bo`ladi. Kuchlanish nosimmetriyasi 2 ta fazaga yoki faza kuchlanishiga ulanadigan katta quvvatli 1 fazali EI larning ishi natijasida paydo bo`ladi. Bunday EI larga elektr payvandlash mashinalari, qarshilik pechlari, 1 fazali induktsion pechlar, elektrlashtirilgan temir yo`l transportlari va boshqalar kiradi. Nosimmetriya quyidagi ko`rinishda bo`ladi :
Faza kuchlanishlarining o`zaro teng emasligi. Bu bir fazali qarshilik pechlarining ishidan xosil bo`ladi.
Faza kuchlanishlari o`zaro teng emas va ularning vektorlari orasidagi burchak 1200 dan farqli.
Nul nuqtasining siljishi. 2 va 3 punktlardagi nosimmetriya. payvandlash va induktsion pechlar ishlaganda xosil bo`ladi.
Nosimmetriya natijasida kabel va simlarning tok o`tkazish qobiliyatidan to`la foydalanilmaydi, kuch transformatorlarining yuklanish koeffitsiyent-lari kamayadi,rele ximoyasi va avtomatika xamda elektr aloqa kanallarining ishi yomonlashadi.
Nosimmetriyani matematik taxlil qilish uchun simmetrik tashkil etuvchilarga ajratish usulidan foydalanamiz. Bunda xar qanday nosimmetrik tizim-ni uchta simmetrik tashkil etuvchidan iborat qilib ajratish mumkin :
1).To`g`ri ketma-ketlikka ega bo`lgan simmetrik tashkil etuvchi:
Ut=
bu yerda: - operator
2.Teskari ketma-ketlikka ega bo`lgan simmetrik tashkil etuvchi:
Utes=
3. Nolь ketma-ketlik tashkil etuvchi
)
Nosimmetriya o`lchovi sifatida kuchlanish nosimmetriyasi koeffitsiyenti KnSD,u va kuchlanish muvozanatsizligi koeffitsiyenti K0.u. ishlatiladi:
Ko,u=
KnSD.u 2% ga yo`l qo`yiladi
Nosimmetrik tizimda teskari ketma-ketlik tashkil etuvchisi xosil qiladigan tok Ites to`g`ri ketma-ketlik toki It ga qo`shilib, ETS elementlarida o`ta yuklanishi xosil qilishi mumkin. Shuning uchun Utes2% yo`l qo`yiladi. Amaliy maqsadlarga ba’zan nosimmetriya koeffitsiyenti topiladi :
bu yerda:
SBYu - 1 fazali EI lar yuklamasi;
SK - podstantsiya shinasidagi qisqa tutashuv quvvati.
Quvvatlar orqali nosimmetriya koeffitsiyenti-ning yo`l qo`yiladigan qiymati: 5%
Nosimmetriyani kamaytirish yo`llari quyidagi-lar :
1. Imkon bo`lsa, katta quvvatli bir fazali EI larni aloxida liniyalar bilan manbaga ulash. Manba sifatida BPP yoki rayon podstantsiyasi bo`lishi mumkin.
2. Bir fazali EI larni fazalarga teng taqsimlash.
3. Maxsus simmetriyalovchi qurilmalar o`rnatish.
26.2 – rasm. Bir fazali yuklamani simmetriyalash sxemasi (Shteynments sxemasi).
Agar katta quvvatli bir fazali EI lar nosimmetriya xosil qilsa, ular uchun maxsus simmetriyalovchi qurilmalar ishlatiladi (24.1-raSD). Qurilmalardagi kondensator va reaktorlarni tanlash shartlari :
Qc = QL =
bu yerda R0 - 1 fazali yuklamalarning aktiv quvvati.
Do'stlaringiz bilan baham: |