2. Yerga ulash qurilmalari
Yerga ulash qurilmasi va yerga ulash turlari to`g`risida umumiy maxlumotlarni ko`rib chiqamiz.
Ximoya yerga ulashi - bu elektr qurilmasining biror qismini xavfsizlikni ta’minlash uchun yerga ulash qurilmaga ulash.
Ishchi yerga ulashi deb, tok o`tkazuvchi qismlarning biror nuqtasini yerga ulashga aytiladi.
Nullash (zanuleniye) deb, kuchlanishi bir kilovolptgacha bo`lgan elektr qurilmalarida normal rejimda kuchlanish ostida bo`lmagan qismlarini transformator-ning yoki generatorning to`g`ridan-to`g`ri yerga ulangan neytraliga ulashga aytiladi.
Yerga ulanib qolish - elektr qurilmasining kuch-lanish ostidagi qismlarini yerdan izolyatsiya qilin-magan qismlar bilan yoki yer bilan tasodifan ulanib qolishidir.
Yerga ulovchi va yerga ulash simlaridan iborat bo`lgan qurilma yerga ulash qurilmasi deyiladi. Yerga ulash qurilmaning elementlari va parametrlari bilan tanishib chiqamiz.
1). Yerga ulovchi (zazemlitelp) - yer bilan bevosita aloqada bo`lgan va o`zaro metall bog`lanishli o`tkazgichlar (elektrodlar) yig`indisiga aytiladi. Ular sun’iy va tabiiy yerga ulovchilarga bo`linadi. Sun’iy yerga ulovchi-yerga ulash uchun maxsus bajariladi. Tabiiy yerga ulovchi deb kommunikatsiyalar, binolar va inshootlarning yer ostida joylashgan, yer bilan bevosita kontaktda bo`lgan va yerga ulash maqsadida ishlatiluvchi metall qismlariga aytiladi.
2). Yerga ulovchi sim deb, yerga ulanishi lozim bo`lgan qismlarni yerga ulash qurilmasiga ulaydigan simga aytiladi.
3). Ximoya nul simi deb kuchlanishi 1 kV gacha bo`lgan elektr qurilmalarida nullanuvchi qismlarni transformator neytraliga ulovchi simga aytiladi.
4). Ishchi nul simi - elektr ishlatuvchilarni yerga ulangan neytral bilan ishchi maqsadlarda ulovchi simga aytiladi.
Kuchlanishi 1 kV gacha bo`lgan yerga to`g`ridan-to`g`ri ulangan neytralli tarmoqlarda ishchi nol simi ximoya nol simi funktsiyasini bajarishi xam mumkin.
5). Yerga ulash qurilmasidagi kuchlanish U deb tok yerga ulash qurilmadan yerga oqqanda xosil bo`lgan, tokni yerga ulash qurilmasiga kirish nuqtasi va nul potentsialli nuqta orasidagi kuchlanishga aytiladi. Yerga ulanish toki deb yerga ulanish nuqtasi orqali yerga o`tadigan I tokka aytiladi. Yerga ulash qurilmasining qarshiligi yerga ulash qurilmasidagi kuchlanish U ning yerga o`tish toki I ga nisbatiga aytiladi.
6).Ximoya uchun uzish (zao`itnoye otklyucheniya) deb, 1 kV gacha bo`lgan EI larda 3 fazali elektr tarmog`ining shikastlangan qismini avtomatik o`chi-rishga aytiladi.
7).Ikkilangan izolyatsiya - ishchi va qo`shimcha izolyatsiyadan iborat bo`lib, agar ulardan biri shikastlansa, ikkinchisi ximoya qiladi.
8). Ajratuvchi transformator (razdelitelg`nqy transformator) korxona elektr tarmoqlarini yerga ulash qurilmasidan va nullash tarmog`idan ajratish uchun kerak.
Odamlarni izolyatsiya shikastlanganda elektr tokidan ximoya qilish uchun quyidagi ximoya tadbirlaridan xech bo`lmasa bittasi kerak : yerga ulash, nullash, ximoya uzish, ajratuvchi transformator, kichik kuchlanish (36 V), ikkilangan izolyatsiya va potentsial-larni tenglashtirish.
Yerga ulash va nullash quyidagi xollarda ishla-tiladi:
1).O`zgaruvchan tokning kuchlanishi 380 V va undan yuqori bo`lsa, o`zgarmas tokning kuchlanishi 440 V va undan yuqori bo`lsa;
2).Agar xonalarda tok urish xavfi yuqori bo`lsa, xamda barcha tashqi qurilmalarda 42380 V va 42440 V kuchlanishlar bo`lsa.
Turli maqsadda ishlatiladigan, xar xil kuchlanishga ega bo`lgan va bir-biriga yaqin joylashgan elektr qurilmalari uchun bitta umumiy yerga ulash qurilmasi ishlatiladi.
To`rt simli 3 fazali tarmoqlarda va uch simli o`zgarmas tok tarmoqlarida neytralli yoki o`rta nuqtani nolga ulash majburiy xisoblanadi. Shu tarmoqlar uchun nullash xam majburiy. Ximoya uchun uzish qo`llash elektr asboblari uchun, yer bilan aloqali metall konstruktsiyalar ko`p bo`lgan turar joy va jamoat binolarida ishlatiladi. Yerga ulanishi zarur bo`lgan qismlarga quyidagilar kiradi:
1). Elektr mashinalarining, transformator-larining, elektr apparatlarining va yoritgichlarning korpuslari;
2). Elektr apparatlarining yuritmalari;
3). O`lchash transformatorlarining ikkilamchi cho`lg`amlari;
4). Kuchlanishi 42 V dan yuqori bo`lgan elektr qurilmalari o`rnatilgan shitlar, shkaflarning kar-kaslari va korpuslari;
5). Tarqatish qurilmalarining metall konstruk-tsiyalari, metall konstruktsiyalari, metall kabel muftalari, kuch va nazorat kabellarining metaldan qilingan qobiqlari va zirxlari, elektr simlari o`tkazilgan metall quvurlar, shinali o`tkazgichlarning qoplamalari (kojux) va metall konstruktsiyalari, kabelp va simlar o`tkazilgan lotoklar, koroblar, po`lat simlar va jixozlar o`rnatilgan boshqa metall konstruktsiyalar;
6). Ko`chib yuruvchi EI larning metall korpus-lari, yerga ulash va nullash ishlatilgan xonalarda va tashqi qurilmalarda joylashgan qurilish va ishlab chiqarish konstruktsiyalari, barcha quvurlar, texnik qurilmalar korpuslari, relpslarni yerga ulash yoki nullash tarmog`iga ulash lozim.
Yerga ulash qurilmalarining qarshiliklarini ko`rib chiqamiz. Yerga to`g`ridan-to`g`ri ulangan neytral-li, kuchlanishi 1 kV dan yuqori bo`lgan elektr qurilma-lari uchun qarshilik 0.5 Om dan oshmasligi kerak.
Agar yerga ulash qurilmasi bir vaqtda kuch-lanishi 1 kV gacha bo`lgan elektr qurilmalari uchun xam ishlatilsa, izolyatsiya qilingan neytralli, kuchlanishi 1 kV dan yuqori elektr qurilmalar uchun yerga ulash qurilmasi qarshiligi qo`yidagicha topiladi:
Agar yerga ulash qurilmasi faqat 1 kV dan yuqori elektr qurilmalari uchun ishlatilsa, Rz = Uz/Iz ga teng, ammo 10 Om dan ortiq bo`lmasligi kerak; yerga to`g`ridan-to`g`ri ulangan neytralli kuchlanishi 1 kV gacha bo`lgan tarmoqlarda yerga ulash qurilmaning qarshiligi 660, 380 va 220 V kuchlanishlarda tegishli ravishda 2, 4, 8 Om bo`lishi kerak. Bu qarshiliklar Rz bilan solishtirilib, kichikrog`i umumiy yerga ulash qurilmasi uchun tanlanadi. Mustaqil ravishda 110 kV li BPP va 610 kV TP yerga ulash qurilmalari xisobini [A-1] dan o`rganish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |