Nazorat savollari
ETS da kuchlanishga ta’sir etuvchi faktorlarni ko`rsating.
Kuch transformatorlarida kuchlanishni roslovchi qanday qurilmalar bor ?
Paralell ulanuvchi kondensatorlar kuchlanishini qanday rostlaydi ?
Ketma-ket ulanuvchi kondensator qayerda o`rnatiladi va nima uchun?
SD yordamida kuchlanish qanday rostlanadi ?
2 shoxli reaktor qayerda ishlatiladi ?
Kuchlanishli yuklama ostida rostlovchi qurilma (RPN) qanday ishlatiladi?
Qo`zg`otishsiz qayta ulovchi (PBV) rostlovchi qurilmasi qanday ishlaydi?
Tez o`zgaruvchan yuklamali EI lar mavjud bo`lganda kuchlanishni qaysi usuli bilan rostlanadi?
10.Sinxron kompensator kuchlanishni rostlaydimi?
26-MA’RUZA ELEKTR TA’MINOTI TIZIMIDA NOSINUSOIDALLIK VA NOSIMMETRIYA HAQIDA TUSHUNChA
M a ‘ r u z a r e j a s i
1. Kuchlanishlar nosinusoidaligi
2. Kuchlanishlar nosimmetriyasi
3. Chastota og`ishi va tebranishi
Tayanch so`z va iboralar:
Sinusoidal grafik, nosinusoidal grafik, yuqori tartibli garmonikalar, garmonika takibi, chiziqsiz volptametr xarakteristika, boshqariluvchi to`g`rilagich, elektr yoy pechlari, elektr payvandlash, to`g`rilash fazalari soni, 1 fazali elektr ishlatuvchilari, faza kuchlanishi, fazalararo kuchlanish, O nuqtaning siljishi, fazalar yuklamalarining xar xilligi. Aktiv quvvat kamchiligi, chastota og`ishi, chastota tebranishining yo`l qo`yiladigan qiymatlari, simmetriyalovchi qurilma, filьtrlar.
Kuchlanishlar nosinusoidaligi (NS)
Elektr stantsiyasidan elektr energiyasi kuchlanishi oniy qiymatining vaqt bo`yicha o`zgarishi sinusoida ko`rinishida chiqadi. Kuch transformatorlari, dvigatellar, to`g`rilagichlar va barcha o`zgaruvchan EI lari sinusoidal kuchlanishda ishlashga mo`ljal-langan. Ba’zi xollarda, agar korxonada volpt-amper xarakteristikasi chiziqli bo`lmagan (nochiziqli) EI lar mavjud bo`lsa, elektr tarmoqlaridagi kuchlanish grafigi sinusoidadan farqli bo`lib qoladi. Bularga elektr yoyli pechlar, elektr payvandlash mashinalari, boshqariluvchi va boshqarilmaydigan to`g`rilagichlar, elektrovozlar kiradi.
Kuchlanishning nosinusoidal grafigi Furpe qatoriga yoyilsa, uni -tartibli garmonika sinusoidalar yig`indisidan iboratligini ko`ramiz. =1 garmonika asosiy garmonika deyiladi. Tartibi >2 bo`lgan garmonikalar-yuqori tartibli garmonikalar deyiladi. Ko`prik sxemali boshqariluvchi to`g`rilagichlar ulangan tarmoqlarda paydo bo`ladigan yuqori garmoni-kalar tartibi quyidagicha topiladi:
= mk 1
bu yerda = 0,1,2,...n - natural sonlar qatori; m-to`g`rilash fazalari soni; Larionov sxemasi bo`yicha ulangan 3 fazali to`g`rilagich uchun m=6,12 ta tiristorli 2 ta ko`prikli sxema uchun m=12 va xokazo.
Kuchlanish nosinusoidalligi quyidagicha salbiy ta’sir ko`rsatadi:
1).Elektr tarmoqlaridagi yuqori tartibli garmonikalar qo`shimcha quvvat isroflari xosil qiladi va elektr qurilmalarining ishlash muddati qisqaradi;
2).Avtomatika vositalarining ishi buziladi, elektr o`lchovlari qiyinlashadi;
3).Elektr aloqa kanallarida xalaqitlar paydo bo`ladi;
4).Kondensator batareyalari qizishi va ishdan chiqishi mumkin. Chunki, kondensatorning yuqori garmonikalarga qarshiligi garmonika tartibiga proportsional ravishda kamayadi, bular nosinusodallikni kamaytirish uchun turli tadbirlar mavjud. Bularga quyidagilar kiradi:
a). to`g`rilagichlardagi m ni oshirib m = 12, 24, 36 sxemalariga o`tib, 5,7,11,13,23,25,35,37 va xakazo garmonikalarni yo`q qilish mumkin.
b). Eng yaxshi natija L-C filptrlarni qo`llab olinadi (24.1-rasm). Bu filptrlar tarmoqqa ketma-ket ulanuvchi past kuchlanishli reaktordan va parallel ulanuvchi kondensator batareyasidan iborat bo`lib, maxlum tartibli garmoniklarni yo`qotishga mosla-nadi.
26.1-rasm. 5,7,11 va 13-garmonikalar filptrlarini ulash sxemasi
L-C filptrlarning afzalligi ularning nosi-nusoidallikni kamaytirishdan tashqari reaktiv quvvatni o`rnini qoplash uchun xam ishlatiladi. Kamchiligi katta gabarit o`lchamlarga ega, og`irligi katta va narxi ancha qimmat.
Nosinusoidallik darajasi maxsus nosinusodallik koeffitsiyenti orqali belgilanadi :
Kns = 100 %
bu yerda U - tartibi 2 bo`lgan kuchlanishlar, U1 - asosiy garmonika
Kns5% bo`lsa, nosinusoidalning ta’siri kam bo`ladi va yuqori tartibli garmonikalarni yo`qotish tadbirlari ko`rilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |