3. Sex podstantsiyalari kompanovkasi va konstruktsiyasi. Komplekt transformator podstantsiyalari.
Sex podstantsiyalari sifatida xona ichida o`rnatiladigan ichki KTP lar ishlatiladi. Bu KTP ning 0.4/0.23 kV li tarqatish qurilmasini kompanovkasi muxim rolp o`ynaydi. Ikki transformatorli KTP ning 6 - 10 kV li ta’minlovchi kabellar ulanuvchi YuK kirish shkaflarida ajratgich (raz’yedenitelp,St.n 630 kVA da) yoki yuklama uzgichi (vklyuchatelp nagruzki) o`rnatiladi. YuK shkaflarini ba’zi sxemalarida 610 kV li kabellar to`g`ridan-to`g`ri transformatorlarga ulanadi. Past kuchlanishli RP da quyidagi shkaflar mavjud: kirish avtomati o`rnatilgan kirish shkaflari (1ta yoki 2 ta - transformatorlar soniga teng); sektsiyalararo avtomat o`rnatilgan sektsion shkaf (2 transformatorli KTP da); chiziqli avtomatlar o`rnatilgan chiziqli shkaflar. Bitta chiziqli shkafda 2 tadan 8 tagacha avtomatlar bo`ladi. Bu avtomatlarning va KTP RP sidagi chiziqli shkaflarning soni tsex elektr ta’minoti sxemasiga qarab tanlanadi. Radial sxema uchun avtomatlar soni yoritish shkaflariga, kondensator batareyalariga, kuch tarqatish punktlarga va quvvati 80100 kVt dan ortiq elektr ishlatuvchilariga ketuvchi kabellar (liniyalar) sonlari yig`indisiga teng bo`lishi kerak. ETS sxemasini tuzishda KTP dagi transformatorlar ta’minan teng yuklanadigan qilib tanlanishi kerak. Ximoya va kommutatsion apparatlarini tanlashda o`rnatiladigan KTP ning PK RP sidagi kirish, sektsiyalararo va chiziqli avtomatlar tanlanishi kerak. Masalan, agar tsex uchun 2 x 2500 kVA quvvatli KTP tanlangan bo`lsa, uning PK RP sida E40 kirish avtomati, E25 sektsiyalararo avtomati, E06 va E16 turidagi chiziqli avtomatlari bo`lgan shkaflar mavjud. Ximoya apparatlarini tanlashda yuqoridagi avtomatlar uzuvchilarning nominal toki Ix.n, ustavka toklari Iu.o`yu, va Iu.k aniqlanadi.