4.Ishlab chiqarish xonalarida elektr qurish konstruktsiyalari
Bu xonalarda kabel va simlar kabel kanallarida, ochiq xolda fermalarda, balkalarda, potolokda, ustunlarda, lotoklarda, koroblarda, devorlar bo`ylab o`tkaziladi.
ShRA, ShMA, ShOS, ShTM komplekt shinali o`tkazgichlari mashinasozlik va to`qimachilikda keng ishlatilmoqda.
Yong`in xavfi bor xonalardagi elektr qurilmalari
Yong`in xavfi bor xonalarda elektr uchqunlanishi va xaroratni normaldan ortishiga yo`l qo`ymaslik kerak.
PUE bo`yicha dvigatellar quyidagiga bajarilgan bo`lishlari kerak :
P-I sinfiga kiruvchi xonalar uchun suv sachrashidan ximoyalangan, yopiq, yopiq xavo xaydaladigan (zakrqtoye obduvayemoye, produvayemoye); P-II sinfi uchun yopiq, yopiq xavo xaydaladigan; P-IIa sinfi uchun ximoyalangan (zao`io`yennoye); P-III sinfi uchun yopiq, yopiq xavo xaydaladigan. Barcha uchqunlanadigan qismlar maxsus qobiq (kojux) bilan yopiladi.
Elektr apparatlarining bajarilishi: P-I sinfi uchun chang o`tmaydigan (pqlenepronitsayemoye) yoki yog` to`ldirilgan (maslonapolnennoye ); P-II sinfi uchun chang o`tmaydigan; P-IIa sinfi uchun yopiq yoki yog` to`ldirilgan va P-III sinfi uchun yopiq konstruktsiyali bo`lishi kerak. Tarqatish shkaflari va yoritish shitlari imkoni boricha xonalardan koridorga, pillapoya maydonchalariga yoki maxsus elektr xonalariga chiqarilishi, bo`lmasa, ichiga chang kirmaydigan qilib zichlashtirish kerak.
O`tkazgichlar-metall qobiqli simlar, po`lat quvurlarda simlar va kabellar, metaldan, polivinilxloriddan yoki neyritdan qobiqli ishlatiladi. Ulanish joylari o`tga chidamli plastmassa yoki zichlashtirilgan po`lat qutilarda bajariladi (polietilen va viniplast quvurlar yonuvchi bo`lishgani uchun ishlatilmaydi). APV va APR simlari odam yetmaydigan balandlikda, yonuvchi materiallardan uzoqda izolyatorlarda o`tkaziladi.
P-I sinfidagi xonalarda ko`prik kranlari KRPT markali kabel yordamida ulanadi. Qolgan sinfidagi yong`in xavfi bor xonalarda ochiq trolleylar ishlatilishi mumkin, ammo ular trassasi ostida yonuvchi materiallar bo`lmasligi kerak.
Portlash xavfi bor xonalarning elektr qurilmalari va tarmoqlari
Portlash xavfi bor xonalarda eng katta xavfni elektrodvigatellar va yoritgichlar tug`diradi; elektr o`tkazgichlar xavfi kamroq.
PX xonalarida o`rnatiladigan qurilmalar konstruktsiyasi bo`yicha quyidagicha bo`ladi :
a) Portlashni o`tkazmaydigan (vzrqvonepronitsayemoye) - V bilan belgilanadi;
b) Kvarts to`ldirilgan - K;
v) Uchqunga xavfsiz (iskrobezopasnqe) - N;
g) Ishonchliligi oshirilgan – P (yer osti qurilmalari uchun), N (xonalar va tashqi qurilmalar uchun);
d) tok o`tkazuvchi qismlardan kuchlanishni avtomatik olish - A;
ye) Yog` to`ldirilgan - M;
j) Maxsus ( spetsialpnoye ) - S;
Yer osti shaxtalarida va rudniklardagi elektr jixozlari :
RV - rudniklar uchun, portlashda xavfsiz;
RP - rudniklar uchun, portlashga qarshi yuqori ishonlilikka ega;
RN - rudniklar uchun, me’yordagi konstruktsiyali.
V - I va V - Ia sinfidagi xonalarida mis o`zakli kabellar va simlar ishlatiladi: VBV kabeli zirxi ustidan qoplangan polivinilxlorid qobiq portlashga xavfsizlikni ta’minlaydi. PV va PRTO simlari po`lat quvurlarda o`tkazilishi kerak. Quvur bo`laklari maxsus portlashga xavfsiz fitinglar bilan birlashtiriladi.
V-Ia, V-Ib, V-II, V-IIa sinfidagi xonalarda va V-Ig tashqi qurilmalarda alyuminiy kabellar ishlatilishi mumkin. V-II xonada AVBV kabeli va po`lat quvurlarda simlar ishlatiladi.
Barcha xonalarda kranlarni ta’minlash uchun KRPT markali egiluvchan kabel ishlatiladi. Yer osti shaxtalarida ko`chib yuruvchi mexanizmlar uchun GRShS va GRShSN (yonmaydigan) markali maxsus egiluvchan shaxta kabellari ishlatiladi.
Portlashdan ximoyalangan yurgizgichlar (puskatellar), tarqatish shkaflari elektrotexnika sanoatida chiqariladi.
Neft-gaz kimyosi korxonalarida PX xonalari bilan yonma-yon maxsus elektr xonalari quriladi va ularda elektr apparatlari o`rnatiladi. Elektr dvigatellari, yurgizish tugmachalari va kalitlar xamda yoritgichlar esa PX da joylashtiriladi.
Yengil gazlar PX dagi ventilyatsiya bilan oson chiqariladi. Xavodan og`ir gazlar kabel kanallari tubiga cho`kishi, ulardan “sudralib“ qo`shni xonalar va podstantsiyalarga o`tishi mumkin. Shuning uchun elektr xonalari va podstantsiyalarning pollari PX xonadagi poldan 0,5-0,7 metr balandroq, kabel kanallarining tublari 0,15 - 0,2 metr balandroq bo`lishi kerak.PX xonada yoritgichlar portlash o`tkazmaydigan, kuchaytirilgan konstruktsiyali bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |