Elektr apparatlarini 3 fazali va 1 fazali qisqa tutashuv toklari bo`yicha tekshirishni ko`ramiz
Avtomatlar va saqlagichlar q.t. toklari bo`yicha katta zaxira (zapas) ga ega qilib ishlab chiqariladi. Shuning uchun ularni 3 fazali q.t. toklarini uzish qobiliyati va zarb toki bo`yicha tekshirish yetarlidir.
PUE bo`yicha 1 fazali qisqa tutashuv toki ximoya apparati bo`lgan saqlagichning eruvchan qo`yilmasi tokidan kamida 3 marta katta bo`lishi kerak ( normal sharoitli xonalarda ) va PX xonalarda 4 marta katta bo`lishi kerak.
> 3 Iâ va > 4 IV Tok qiymatiga teskari bog`liq xarakteristikali avtomat bilan ximoyada > 3 In.uz (normal sharoitda) va > 6In.uz (portlash xavfi bor xonalarda) bo`lishi kerak.
Agar ximoya faqat tez ishlovchi elektromagnit uzuvchi bilan amalga oshirilsa, YoX va PX xonalari uchun >1.4Iu.uz (In.r100 A bo`lsa) >1.25Iu.e (In.uz >100 A da ) bo`lishi kerak.
Bir fazali tokni uzish masalasi muxim bo`lgani uchun PUE bo`yicha quyidagilarga amal qilish kerak:
1.PX xonalarida yerga ulovchi sifatida po`lat quvurlarni va qo`rg`oshin qobiqlarni ishlatish taqiqlanadi.
2.Quvurlarda yotqizishda nul sim albatta, quvur ichida faza simi bilan birga o`tkazilishi kerak.
3.Qo`rg`oshin qobiqli kabellar 4 ta tomirli bo`lishi kerak.
4.Alyuminiy qobiq nul sifatida ishlatilsa, Xfo kichik bo`ladi, faqat kabelning ikkala uchida qobiq bilan yerga ulash zanjiri o`rtasida yaxshi kontakt bo`lsa, kifoya.
5.Yoritish tizimidagi magistral va ta’minlovchi tarmoqlarda nul sim quvurda faza simlari bilan birga o`tkazilishi, alyuminiy qobiqli yoki 4 tomirli kabel ishlatilishi kerak; po`lat konstruktsiyalar faqat yoritgichlar guruxlari uchungina ishlatiladi.
Nazorat uchun savollar O`ta yuklanishdan qaysi elementlar ximoya qiladi?
Ichki qisqa tutashuvlardan qaysi elementlar ximoya qiladi?
Tarmoqdagi kuchlanish pasayishidan qanday ximoya qilinadi?
Sinxron dvigatel uchun qanday qo`shimcha ximoya turlari mavjud?
Issiqlik relesi va dvigatel o`zaro qanday joylashuvi kerak?
Saqlagich tanlashning shartlarini aytib bering.
Avtomatlar qanday shartlarga asosan tanlanadi?
"Faza-nul" xalqasi qarshiligi nul simning konstruktsiyasiga qanday bog`liq?
Tanlangan nul simining qarshiligi keragidan katta bo`lsa nima qilish kerak?
Ximoya apparatining ishlab ketish toklari va qisqa tutashuv toklari orasida qanday kerakli nisbatlar - karraliklar mavjud?