MAVZU : KO’P TUBLI,BARABANLI PECHLAR ULARNING TUZULISHI VA QO’LLANILISHI
REJA:
Metallurgik pechlar
Ko’p tubli pechlar
Barabanli pechning dizayni
Metallurgiyada xomashyoni eritib metall olishda yuqori haroratda ishlaydigan pechlar qo‘llaniladi. Bu pechlarda katta miqdorda issiqlik sarflanib tayyor mahsulot olinadi. Hozir metallurgik zavodlarda qo‘llanilayotgan pechlarning turlari ko‘p bo‘lib, ularni umumlashtirib to‘rtta guruhga, ya'ni xomashyoni quritish, kuydirish, eritish va metallarni tozalash pechlariga ajratish mumkin. Texnologik talablarga asosan metallurgik pechlar tuzilishi va ishlash tamoyili bo‘yicha ham turlichadir. Ushbu bobda rangli va qora metallurgiyada keng foydalaniladigan zamonaviy pechlar bilan tanishib chiqamiz.
Metallurgiyada qayta ishlanayotgan xomashyoga qo‘yiladigan texnologik talablarga, ko‘ra oksidlovchi, sulfidlovchi va xlorlov- chi kuydirish usullari mavjud. Bu jarayonlarni amalga oshirishda metallurgik zavodlarda ko‘p tubli va qaynar qatlamli pechlar hamda aglomeratsion mashinalardan foydalaniladi. Qaysi bir turdagi kuydirish dastgohini tanlash xomashyoning turiga, tarkibiga, olinadigan tayyor mahsulotning keyingi qayta ishlash jarayonidagi kerakli xususiyatlariga, dastgohning kam energiya sarf qilishiga va ishlab chiqarish unumdorligiga asoslanadi.
Qaynar qatlamli pechlardan — rangli metallurgiyada sulfidli ruda va boyitmalarni oksidlovchi kuydirishda keng foydalanilib kelinmoqda. Chunki bunday pechlarning ishlab chiqarish unumdorligi yuqori bo‘lib, tashqaridan issiqlik berilishi talab etilmaydi. Aksincha, pechning ishchi hajmidagi harorat xomashyo tarkibidagi sulfidli minerallarning shiddatli oksidlanishi- (yonishi)dan ajraladigan issiqlik (ekzotermik reaksiya) orqali amalga oshadi.
Qaynar qatlamli pechlar vertikal holatda silindr shaklida bo‘lib, diametri 5—7 m, balandligi 7—12 m va ostki qismining yuzasi 20—40 m2 ni tashkil etadi.Pechning bir sutka davomidagi ishlab chiqarish unumdorligi ostki qismining yuzasi bo‘yicha 3,5—6 t/m2 ni tashkil etadi. Pechning bunday nomlanishiga sabab, yirikligi 0,074—0,2 mm bo‘lgan boyitma pechning ishchi hajmida uning tagidan ma'lum bosimda berilayotgan havo hisobiga bamisoli qaynayotgan qatlamga o‘xshash harakatlanadi.Pech asosining qalinligi 10—16 mm bo‘lgan temirdan tayyorlangan bo‘lib, uning ichki qismi o‘tga chidamli loy va shamotli g‘isht bilan qoplangan.Pechning ishchi hajmini qizigan kislorodga to‘yingan havo bilan ta'minlash maqsadida uning tag qismining butun yuzasi bo‘ylab 800 dan 1000 tagacha naychalar joylashtirilgan.
Aglomeratxion maxhinalardan — qora va rangli metallurgiyada boyitma (konsentrat)larni kuydirib aglomerat qotishmalar tayyor- lashda keng foydalaniladi. Aglomeratsion mashinalar tasmali va aylana shaklda bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |