Endokrin tizimi patofiziologiyasi


Buyrak usti bezlari mag‘iz qismi giperfunksiyasi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/22
Sana03.04.2022
Hajmi0,74 Mb.
#526569
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Endokrin tizimi patofiziologiyasi

Buyrak usti bezlari mag‘iz qismi giperfunksiyasi.
Buyrak usti bezlari 
mag‘iz qismi yaxshi sifatli o‘simasining katekolaminlarni ortiqcha sekresiya qilishi 


oqibatida feoxromotsitoma kasalligi kelib chiqadi. U arterial gipertenziya 
xurujlarini keltirib chiqaradi, bu vaqtda taxikardiya paydo bo‘ladi, qon bosimi 
ko‘tariladi, epigastral soxada o‘tkir og‘riq va terlash paydo bo‘ladi. Xurujlar 
adrenalin va noradrenalinni qonga massiv ravishda chiqarilishi natijasida, ruhiy 
yoki jismoniy stress va boshqa qo‘zg‘atuvchi ta’sirlari vujudga kelishi bilan paydo 
bo‘ladi.
JINSIY BEZLAR FUNKSIYaSI BUZILIShI 
Jinsiy 
bezlarning 
gipofonksiyasi.
Jinsiy 
bezlarning 
endokrin 
funksiyasining yetishmovchiligi (gipogonadizm) ularni jarrohlik yo‘li bilan olib 
tashlash (kastratsiya), yallig‘lanish jarayoni, toksinlar, ionlashtiruvchi nurlanish 
ta’siri, gipotalam-gipofizar regulyatsiyasi buzilishi yoki trop, gonadotropik 
gormonlarga jinsiy bezlarning befarqligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Alohida 
guruh xromosoma anomaliyalari, gen mutatsiyalari yoki patogen omillarning 
(gormonal muvozanat, stress, virusli infeksiya va boshqalar) homila neyroendokrin 
tizimiga ta’siridan kelib chiqqan jinsiy rivojlanishning tug‘ma kasalliklarini 
keltirib chiqaradi. Moyaklarning yorg‘oqqa tushishi buzilishi (kriptorxizm), 
gipoplaziya yoki moyaklar va tuxumdonlarning yo‘qligi, psevdogermafroditizm, 
kabi tug‘ma nuqsonlar gipogonadizm bilan birga keladi. Jinsiy bezlarning 
birlamchi shikastlanishlarida yoki gonadotropik yetishmovchilik tufayli 
ikkilamchi gipofunksiyada deyarli o‘xshash gipogonadizmning asosiy belgilari 
namoyon bo‘ladi. 
Eksperimental hayvonlardagi jinsiy bezlarning gormonal yetishmovchiligi 
kastratsiya, jinsiy bezlarda gormonlar hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi yoki 
ularning hujayra reseptorlarini to‘sib turadigan dorilarni yuborish yo‘li bilan xosil 
qilinadi. 
Xayvonlarni kastratsiya qilish, ularning tashqi ko‘rinishini o‘zgarishiga, 
suyaklarning cho‘zilishi va ingichkalashiga, mushak to‘qimalarining massasining 
kamayishiga va tanada ortiqcha yog‘ to‘planishiga olib keladi. Kastratsiya qadimgi 
vaqtlardan xozirgi kungacha chorvachilikda hayvonlar massasi oshirish, 
mahsuldorlikni oshirish uchun qo‘llaniladi. Jinsiy bezlarning endokrin 
funksiyasining yetishmovchiligi erkaklarda ikkilamchi jinsiy belgilar, jinsiy a’zolar 
(jinsiy olat, urug ‘pufakchalari va prostata bezi) rivojlanmaganligi, ayollarda 
bachadon va uning ortiqlari rivojlanmaganligi, reproduktiv tizimda siklik 
o‘zgarishlarning yo‘qligi, bepushtlik bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu buzilishlar 
jinsiy steroidlarning ta’sirini yo‘qligi bilan bog‘liq. 


Balog‘at yoshidan keyin amalga oshiriladigan kastratsiya asosan jinsiy 
a’zolarning metabolizmiga va funksiyalariga ta’sir qiladi, bunda ularning 
atrofiyasi, jinsiy instinktlarning yo‘q bo‘lib ketishini, bachadondagi siklik 
jarayonlarning to‘xtashi, sut bezlarini va ikkilamchi jinsiy belgilar involyutsiyasini 
keltirib chiqaradi. 
Balog‘at yoshidan oldin odamlardagi kastratsiya yoki gipogonadizm 
natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlar hayvonlardagi tajribalarda kuzatilganlarga 
juda o‘xshashdir. Erkaklardagi klinik sindrom evxoidizm deyiladi. Bu nafaqat 
moyaklardagi jinsiy gormonlar ishlab chiqarilishining yo‘qligi yoki ingibitsiyasi, 
balki to‘qimalarning testosteronga tug‘ma befarqligi (testikulyar feminizatsiya 
sindromi) yoki testosteronni faol metabolitga aylantirish uchun javob beradigan 
digidrotestosteron fermentdagi nuqsonning natijasi bo‘lishi mumkin.
Voyaga etgan odamda moyak funksiyasining etishmasligi 
kastratsiya 
sindromi
deyladi uning sababi, travma yoki jarrohlik aralashuvi shuningdek, xavfli 
o‘smalarni davolash uchun ishlatiladigan farmakologik vositalar yordamida 
moyaklar endokrin funksiyasini pasaytirish hisoblanadi. Erkaklarda impotensiya 
asta-sekin rivojlanadi, metabolizm buziladi, bu esa giperxolesterinemiya, yog 
‘to‘qimalari massasining ko‘payishiga olib keladi. Xuddi shu buzilishlar katta 
yoshdagi ayollarda ham ovarioektomiyadan so‘ng, tuxumdonlarning nurlanishi 
yoki kimyoviy zararlanishi tufayli yuzaga keladi. Ayollarda ham, erkaklarda ham 
organizmning estrogen va androgen to‘yinganligining pasayishi bilan bog‘liq 
ravishda qon tomirlar va psixoemotsional kasalliklar majmuasi vujudga keladi. 
Bunda simpatik asab tizimining mediatorlari tomonidan gipotalamusning nerv va 
neyroendokrin markazlarning haddan tashqari qo‘zgolishi va dezorganizatsiyasi, 
terlash, tana haroratining ko‘tarilishi, qon bosimi, umumiy zaiflik, taxikardiya, 
bo‘g‘inlar va suyaklardagi og‘riq, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik va boshqalarga olib 
keladi.
Urug‘don kanalchalarida normal spermatogenez uchun testosteron o‘ta zarur 
bo‘lganligi sababli moyaklardagi gormonal yetishmovchilik bu jarayonni to‘liq 
to‘xtash bilan buzilishiga olib keladi, ya’ni bepushtlikka olib keladi.
Sariq tananing (odatda gipotalamus genezli) gormonal yetishmovchiligi 
natijasida ayollarda progesteronning sintezini ingibitsiyasi, hayz ko‘rishni 
buzilishi, xomilani erta tushishining sababi bo‘lishi mumkin, chunki progesteron 
uning normal o‘sishi uchun zarurdir. Xomila tushish xavfi bo‘lgan hollarda 
progesteron preparatlarini qo‘llash homiladorlikni saqlab qolishgaga imkon beradi.


Yoshga bog‘liq jinsiy bezlarning gormonal faolligining pasayishi asosiy 
belgisi ayollarda menopauza va erkaklarda yoshga bog‘liq gipogonadizmdir. 
Klimakterik sindrom ba’zida patologik ko‘rinish oladi va davolanishga muhtojlik 
keltipib chiqaradi. Uning patogenezi asosiy belgilari ovariektomiyadan keyingi 
davrdagi buzilishlarga juda o‘xshashdir. Keksa yoshdagi ayollarda menopauzaning 
namoyon bo‘lishi va asoratlari (osteoporoz, arterial gipertenziya, neyrodegenerativ 
jarayonlar, psixotik buzilishlar) estrogen yetishmovchiligiga asoslanganligi 
sababli, ularni o‘rnini bosish maqsadida gormonal dorilarni tayinlash juda samarali 
xisoblanadi.
Erkaklarda yoshga bog‘liq androgenlar yetishmovchiligi sindromi (kech 
gipogonadizm) semirish yoki boshqa kasalliklar fonida rivojlanadi. Bu qonda 
testosteron darajasining sezilarli darajada pasayishi va neyropsixik va somatik 
o‘zgarishlar majmuasi libidoning zaiflashishi, ereksiya buzilishi, mushaklarning 
kuchsizlanishi, asabiylashish, uyqusizlik, arterial gipertenziya, yurak tomirlar 
tizimi kasalliklari, qandli diabet, osteoporoz va boshqalar bilan tavsiflanadi. 
Testosteron etishmasligi qorinda yog‘ toplanishiga olib keladi, bu esa o‘z 
navbatida androgen yetishmovchiligini oshiradi. Surunkali psixoemotsional 
stressda opioidlarning gipofiz lyuteinlovchi gormonini ingibitsiya qilishi tufayli 
testosteron sekresiyasi kamayib ketadi. Androgen yetishmovchiligi tufayli, 
miyokard infarktidan o‘lim uning yo‘qligiga nisbatan 5 baravar yuqori xisoblanadi. 
Simptomlarning qisman kamayishiga testosteronni almashtirish terapiyasi orqali 
erishish mumkin. 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish